Mehnatga vaqtbay haq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt -
kalendar vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.
Vaqtbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan
tashqari, ushbu ish haqiga ma’lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi.
Mehnatga akkord haq to‘lash tizimi mehnatga ishbay haq to‘lashning bir turi
bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra, bunda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni muddatini
ko‘rsatgan holda baholash amalga oshiriladi.
Tarif stavkasi
turli guruh va kategoriyadagi ishchilarning vaqt birligidagi mehnati
uchun to‘lanuvchi haqning mutlaq (absolyut) o‘lchamidir. Minimal tarif stavkasi yoki
birinchi razryadli stavka boshlang‘ich hisoblanadi. U eng oddiy mehnat turiga to‘lanuvchi
haq darajasini belgilab beradi.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |