117
26-MAVZU: KREDIT VA BANK TIZIMI.
REJA:
1. Kreditning
mohiyati, vazifalari va manbalari.
2. Kredit turlari va tamoyillari.
3. Foiz va unga ta’sir etuvchi omillar.
4. Kredit va bank tizimi.
5. Pul multiplikatori.
6. Markaziy bank va uning asosiy vazifalari.
1
.
Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari.
Kredit so’zi lotincha credit - ishonch degan ma’noni anglatib,
tovar yoki
pulni ma’lum bir muddatda qaytarish sharti bilan qarzga berishni bildiradi. Birov
pulini qaytarib olishga ishongani uchun qarz beradi.
Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab
natura shaklida (g’alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan
qarzga berish
rasm bo’la boshlagan. Keyinroq pul shaklida ham beriladigan bo’ldi. Qarzga pul
berishning dastlabki shakli sudxo’rlik bo’lib, u nihoyatda yuqori darajada
protsent bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qiladi.
Qadimgi Gretsiyada
eramizgacha IV- asrda oyiga 42 %, yiliga 570 % gacha foiz to’langani tarixiy
manbalarda qayd etilgan. Bundan tashqari sudxo’r qarz oluvchidan qo’shimcha
imkoniyatlar yaratilishini ham talab qilgan. Badiiy adabiyotda birinchi bo’lib,
frantsuz yozuvchisi O. Balzak sudxo’r obrazini yaratgan. S.Ayniyning “Sudxo’rning
o’limi“ asari o’zining mazmuni, obraz ifodasi jixatdan Balzak asaridan ham o’tib
ketgan desak xato qilmaymiz.
Sudxo’rlik qarzi bir tomondan kuchayib mayda ishlab chiqaruvchilarni
xonavayron qilgan, ikkinchi tomondan kapitalning dastlabki jamg’arish
uchun
zarur mablag’larni shakllanishga yordam bergan. Industrial ishlab chiqarish va
klassik kapitalizmning vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini
yuritish qiyinlashib qoladi.
Kapital bir xo’jalikda
pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida bo’lib, turli
sohalarda harakati bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Kapital harakatining
alohidalashgani tufayli bir xo’jalikda
pul etishmasa, ikkinchisida bo’sh pul
mavjud bo’ladi. Natijasida mablag’i yo’q xo’jaliklar, bo’sh pul mablag’i
borlardan qarz olishga majbur bo’ladilar. Bo’sh pul mablag’i borlar o’z pullarini
ma’lum
muddatga qarzga berar ekanlar, pularini boshqa birovni qo’liga topshirib,
xatarli tavakkal qilganlari uchun ma’lum miqdorda haq oladilar. O’z mablag’i
etarli bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarga bo’lgan
ehtiyojini kredit orqali qoplaydi. Takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom
etishini ta’minlash zaruriyati kredit munosabatini ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.
Chunki
tovarlar ishlab chiqarish, uni sotish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur
resurslarni sotib olish bir vaqtning o’zida yuz bermaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bo’sh pul mablag’larini o’lik boylik,
xazina
sifatida saqlash befoyda. Jamiyat taraqqiy etishi bilan kredit munosabatlari
118
rivojlanib, yangi-yangi imkoniyatlar vujudga kela boradi. Hozirgi iqtisodiyotni
kreditsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: