Bank foydasi (marja) – olingan va to’langan foiz summalari o’rtasidagi farq.
Bank foyda normasi – bank sof foydasining uning o’z kapitaliga nisbatining
foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Pul muomalasining mazmunini tushuntiring.
2. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori qanday omillarga bog’liq?
3. Inflyatsiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring.
4. Katta giperinflyatsiya qanday qilib turg’unlikka olib kelishi mumkinligini
tushuntiring.
5. Kreditni nima zarur qilib qo’yadi? Kredit tushunchasining mazmunini bayon
qiling.
6. Kreditning asosiy turlarini sanab ko’rsating va ularning tavsifini bering. Kredit
qanday vazifalarni bajaradi?
7. Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko’rsating.