Standartlarni belgilash. Standartlar – bu aniq maqsadlar bo’lib, o’lchash imkoniyatiga egadir. Nazoratda standart ko’rinishida qo’llaniladigan maqsadlar 2 ta xususiyati bilan boshqa maqsadlardan farq qiladi. Birinchidan bu vaqt bilan chegaralanganligi, ya’ni aniq vaqt ichida bajarilishi kerak bo’ladi va ikkinchidan ishning bajarilganlik rejasini baxolay oladigan aniq mezondir.
Foyda, sotish xajmi va boshqa ko’rsatkichlar belgilash oson, chunki ularni miqdoriy o’lchash mumkin. Ammo ba’zi bir tashkilotning muxim maqsad va vazifalarini sonlarda ifodalash mumkin emas (masalan: ruxiy kayfiyatni ko’tarish).
Do'stlaringiz bilan baham: |