NAZORAT SAMARADORLIGI. Nazorat samarali bo'lishi uchun, u strategik xarakterga ega bo'lishi, ya’ni tashkilotning umumiy qadr-qimmatini aks ettirish va uni qo'llab-quvvatlashi kerak.
Nazoratning yakuniy maqsadi ma’lumot to’plash, standartni belgilash va muammoni aniqlash emas, balki tashkilot oldida turgan muammoni yechishdir. Nazorat nazorat qilinayotgan faoliyat turiga mos kelishi kerak, ya’ni muhim bo’lgan narsalarni obyektiv o’lchash va baholash kerak. Agar nazorat mexanizmi faoliyat turiga mos kelmasa, u muhit bo’lgan axborotni to’plamaydi, balki uni yashiradi.
Nazorat o‘z vaqtida bo‘lishi kerak. Nazoratning o‘z vaqtida bo‘lishi faqatgina obyektiv va nazorat tezligiga bog‘liq emas, undan tashqari standartni o‘lchash va baholash orasidagi vaqt intervaliga xam bog‘liq. Vaqt intervali esa asosiy rejaga ajratilgan vaqtga, o‘lchash shtatiga va olingan natijalarni baxolash va tarqatishga nisbatan aniqlanadi.
Nazorat ham reja kabi o‘zgarishlarga moslashishi kerak, chunki ba’zida rejada ozgina o‘zgarish bo‘lishi natijasida, butun nazorat tizimini qayta qurishga olib kelishi mumkin. Agar nazorat tizimi o‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘lmasa, u o‘z funksiyasini samarali bajara olmaydi. Masalan: yangi qonunga binoan xarajatning yangi turi vujudga kelsa, toki bu yangi omil nazorat tizimiga kiritilmasa, u ishlab chiqarish xarajatlarini nazorat qila olmaydi.
Nisbatan samarali nazorat – bu maqsadlar uchun ishlab chiqilgan oddiy nazoratdir. Nazorat qancha oddiy bo‘lsa, shuncha u kam xarajat va sa’y-xarakat talab etadi. Ammo eng asosiysi nazorat qanchalik murakkab bo‘lsa, odamlar bir-birini tushunmaydi va qo‘llab-quvvatlamaydi, bu esa samarali nazorat xisoblanmaydi. Nazoratning eng asosiy qoidalaridan biri bu nazoratning samarasi uning qimmatligi yoki murakkabligida emas, balki funksiyasini qay darajada bajarilishiga bog‘lik.
Nazorat samarali bo‘lishi, ya’ni tashkilotning maqsadlariga erishishini ta’minlay olishi uchun u quyidagi tamoyillarga mos kelishi lozim:
strategik yo‘naltirilganlik, ya’ni nazorat tashkilotning umumiy ustuvorliklarini ifodalashi va ularni qo‘llab - quvvatlashi kerak;
natijalarga yo‘naltirilganlik, ya’ni qo‘yilgan maqsadlarga erishishga va kelajakda tashkilot faoliyatining davom etishini ta’minlovchi yangi maqsadlarni ifodalashga ko‘maklashishi kerak;
o‘z vaqtida bajarishlik, ya’ni asosiy rejaning parametrlardagi o‘zgarishlar tezligini o‘lchash, olingan natijalarni tarqatishga sarflanadigan xarajatlarni hisoblash, inobatga oladigan eng qulay vaqt intervalini aniqlash, ko‘rsatkichlardagi tafovutlar hajmi kattalashib ketmay turib, ularni bartaraf etish imkoniyatlarini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |