O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
KURS ISHI
Mavzu: SAMARALI NAZORAT VA UNING TURLARI
Bajardi: XATAMOV ZARIFJON, IM-50 TALABASI
Ilmiy rahbar: G. BAZAROVA
REJA:
Kirish.
Asosiy qism
Nazorat – menejmentning to’rtinchi funksiyasi sifatida.
Nazorat turlari va ularga tavsif
Nazoratning asosiy bosqichlari va tamoyillari
Korxona menejmentida sammarali nazoratni tashkil etishning zaruriyati
Xulosa
Foydanalingan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash murnkin. Menejment jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish murnkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. Texnikaviy jihatdan — bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish; ishlab chiqarishda — bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya'ni bo'linma, sex. korxonalar o'zaro ta'sirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy rnunosabatlar tizimiga rahbarlik qilish, ijtimoiy jihatdan — bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Menejment jarayoni texnologiyasi menejment xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.
Shunday qilib, menejrnent jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maqsadli harakat qilishidir. Menejment faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko'ra uni quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilish.
Har bir ta'sir etishni amalga oshirishdan avval uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv ma'lum maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi boshqaruv jarayonidagi vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo'llarini izlash yoki undagi salbiy hislatlarni bartaraf qilish bilan bog'liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatini uning rivojlantirish rnaqsadiga nisbatan qarama-qarshiliklarini aniqlash ko'zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o'tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta'sir o'tkazila boshlanadi.
Menejment operatsiyasini amalga oshirish usullari axborottahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig'ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash, tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat. Tashkiliy faoliyatga tushuntirish, ishontirish, rag'batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.k.lar kiradi. Menejment uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur.
Nazorat, menejmentning alohida bitta funksiyasi sifatida, biror korxona miqyosida bu korxonaning rivojlanishi uchun juda katta hissa qo’shadi. Nazorat funksiyasining vazifasi ish natijalarini miqdoriy va sifat jixatdan baxolash va xisobga olishdir. Uning asosiy dastaklari – kuzatish, firma xamma soxalarini tekshirish, xisob va taxlil. Nazorat teskari aloqa elementi sifatida namoyon buladi. Nazorat ma’lumotlari asosida kabul qilingan qarorlarga, rejalarga, norma va normativlarga tuzatishlar kiritadi. Korxonada bajarilgan, bajarilayotgan va bajarlishi ko’zda tutilgan ishlarni tartibga solish va ularni samarali yakunlanishini ta’minlash aynan nazoratga bog’liq hisoblanadi. Nazorat orqali biz korxonadagi ishlar reja asosida ketishini va uzoq ko’zlangan korxona strategik muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlashimiz mumkin. Nazorat nafaqat korxona miqyosida balki boshqa boshqaruv soxalarida ham ahamiyatli hisoblanadi. Nazorat -rejalashtirish funksiyasi bilan bevosita bog‘liq. Strategik rejalar ham tashkilotning ichidagi hamda uning tashqaridagi o‘zgarishlarini aks ettiradi va nazorat jarayoni ular qabul qilgan strategiya amal qilayotganligi yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi. Korxonada nazorat doimiy ravishda amalga oshirilsa, xatolarni ertaroq sezish va muammoni hal qilish uchun o‘z vaqtida zarur choralarni ko‘rish orqali yuz berishi mumkin bo‘lgan jiddiy zararning oldini olish mumkin. Samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida korxonaning ishini baholovchi standartlar, ya’ni mezonlar o‘rnatiladi. Ular strategik maqsadlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak, aks holda noto‘g‘ri vazifalarning bajarilishi nazorat qilinishi mumkin.
Nazorat – menejmentning to’rtinchi funksiyasi sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |