Natijalar to’g’risidagi axborotni baxolash. Bu bosqichda menejer olingan ma’lumotni qay darajada kerakligi va muximligini aniqlab olishi kerak. Muhim ma’lumot deganda, xolatni aniq aks ettiradigan va to’g’ri qaror qabul qilishda muhim o’rin egallaydigan ma’lumot tushuniladi. Bu turdagi baxolashning asosiy maqsadi biron bir chora ko’rish kerakmi, kerak bo’lsa, unda nima qilish kerak degan savollarga javob berishdir.
Kerakli o’zgartirishlarni kiritish. Menejer quyidagi 3 yo’nalishdan birini tanlashi kerak: o’zgartirish kiritmaslik, og’ishlarning oldini olish yoki standartlarni qayta ko’rib chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |