Natijalarni o’lchash. Ishni boshlashdan oldin natija va standartni taqqoslash uchun ularni yagona o’lchov birligiga keltirish kerak.
Axborotni uzatish va tarqatish nazoratni samarali olib borishda asosiy o’rin egallaydi, chunki ishchi yoki xodim belgilangan standart va erishilgan natija xaqidagi kerakli ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Bu turdagi axborotlar aniq, o’z vaqtida va javobgar kishiga yetkazilishi kerak, natijada kerakli xatti-xarakatlar va qarorlar oson qabul qilinadi. Nazorat axborotlarini to’plash va tarqatish yo’lidagi asosiy qiyinchiliklar turli kommunikatsion muammolar bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |