1-ilova
№___ ___ ___201_y.
______________
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
“MENEJMENT” KAFEDRASI
“MENEJMENT” BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA TANISHUV AMALIYOTI
H I S O B O T I
Bajardi: 2-kurs, IM-50 guruhi talabasi Nabiyeva Z.
Rahbar: Xodjayeva Sh.
Toshkent-2020
Reja:
Kirish
1. “Tano” fermer xo’jaligining iqtisodiy tasnifi hamda tashkiliy tuzilmasi.
2. “Tano” fermer xo’jaligining faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar.
3. “Tano” fermer xo’jaligi xodimlari tarkibi, soni.
4. “Tano” fermer xo’jaligi ish faoliyatida qo'llanilayotgan dasturiy ta'minotlar, ularning funksiyalari va afzalliklari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Ilova
Kirish
Mustaqil O‘zbekiston davlatini har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash ko‘p jihatdan zamon talabiga javob beradigan rahbar va mutaxassislarnining bilimi, boshqaruv ko’nikmalari va ularni amaliyotga tatbiq qila olish mahoratiga bevosita bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yetuk menejerlar (boshqaruvchilar) bo’lib yetishishda boshqaruvning ham nazariy, ham amaliy ilmlari, alohida o‘rin egallaydi.
Shu sababdan ham yetuk mutaxassislarni tayyorlashda oliy o’quv muassasalari talabalarning nafaqat nazariy, balki amaliy bilim va ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida amaliyot mashg’ulotlarini o’tashni tashkillashtirish va nazorat qilishni o’z zimmasiga oladi.
Amaliyot mashg’uloti mamlakatimizdagi davlat va xususiy korxonalar, mchj va boshqa korxonalarda o’tkazilishi va bu orqali xo’jalik faoliyati bilan tanishish, uni o’rganish, tahlil qilish, olingan bilimlarni amaliyotga joriy etish orqali sohani yanada rivojlantirish nazarda tutiladi.
Hozirda mamlakatimizda fermer xo’jaliklari faoliyatini takomillashtirish hamda fermerlarni qo’llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish kabilarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat fermer xo‘jaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
-ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari bo‘lmagan hududda fermer xo‘jaliklari tashkil etilganida mazkur hududni birlamchi obodonlashtirishni (yo‘llar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurishni, suv bilan ta’minlashni, gazlashtirishni, telefonlashtirishni, radiolashtirishni, yer tuzishni, yerlarni melioratsiyalashni) amalga oshiradilar;
-fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari beradilar hamda ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylar barpo etishda yordam ko‘rsatadilar;
-fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish obyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga ko‘maklashadilar;
-foydalanilmayotgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar ko‘rsatishni) tashkil etish uchun ijaraga beradilar;
-fermer xo‘jaliklari boshliqlari va xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga ko‘maklashadilar;
-qishloq xo‘jalik ekinlarining navli urug‘lik hamda ko‘chatlari, organik va mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalardan, kasalliklar hamda begona o‘tlardan himoya qilish vositalari yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati ko‘rsatish tizimi orqali xizmatlar, shuningdek texnikaviy xizmat ko‘rsatadilar;
-qishloq xo‘jaligi texnikasi, asbob-uskunalar va inventarlarni lizing asosida sotib olishga ko‘maklashadilar;
-zotdor chorva mollar va parrandalar, shuningdek omixta yem sotib olishda ko‘maklashadilar;
-fermer xo‘jaliklarining chorva mollariga veterinariya xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratib beradilar;
-fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda ko‘maklashadilar;
-noqishloq xo‘jalik yo‘nalishidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etayotgan fermyerlarni rag‘batlantiradilar;
-konsalting, axborot yo‘sinidagi va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatadilar1
“
Do'stlaringiz bilan baham: |