Tano” fermer xo’jaligining faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar.
Fermer xoʻjaligi ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.
Fermer xoʻjaligining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Fermer xoʻjaligi ustavining mazmuni:
Fermer xoʻjaligining ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
-fermer xoʻjaligining nomi;
-fermer xoʻjaligi boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
-fermer xoʻjaligining joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va pochta manzili;
-fermer xoʻjaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari;
ustav fondining miqdori.
Fermer xoʻjaligining ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
Fermer xo’jaligi tuman xokimligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o’z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo’lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo’lish, shuningdek, bank muassasasida xisob raqam ochish, muxr, shtamp, va boshka rekvizitlarga ega bo’lish huquqini oladi, ssuda daʼvogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Fermer xo’jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo’jaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Fermer xo’jaligi o’z majburiyatlari bo’yicha qonun xujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo’jaliklarining xo’jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning aralashuviga yo’l qo’yilmaydi. Qonun xujjatlarida nazarga tutilgan xollar bundan mustasno. Fermer xo’jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qo’yilishiga yo’l qo’yilmaydi, Qonun xujjatlarida nazarga tutilgan xollar bundan mustasno.
Fermer xo’jaligining ustavi qonunda belgilangan tartibda o’zgartirilishi mumkin hamda tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar bilan tuman xokimligida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim.
Fermer xo’jaligi yuridik shaxs sifatida mustaqil xo’jalik yurituvchi subyektning barcha xuquqlariga ega bo’ladi. Fermer xo’jaligi tadbirkorlik shakllaridan biri bo’lib, tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga xaqlidir. Fermer xo’jaligi xo’jalik yuritishning boshqa shakllardagi korxonalar bilan teng xuquqlarga ega.
Fermer xo’jaligi quyidagi xuquqlarga ega:
• Ustavda nazarda tutilgan doirada va ijara shartnomasida belgilangan ixtisoslashuvga muvofiq fermer xo’jaligining ishlab chiqarish faoliyatini o’ziga berilgan yer uchastkasida mustaqil tashkil etish;
• Yetishtirilgan maxsulotni sotish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan davlat extiyojlari uchun sotish yuzasidan qonun xujjatlariga muvofiq xo’jalik shartnomalari tuzish;
• Xarid qilinadigan maxsulotga oldindan xaq to’lanadigan fyuchers bitimlari tuzish;
• O’zi yetishtirgan maxsulotga egalik qilish, shu jumladan uni o’zi xoxlagan isteʼmolchilarga sotish;
• Yetishtirilayotgan maxsulotga va xizmatlarga shartnoma shartlarida mustaqil ravishda narx belgilash;
• Qishloqqa xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar bilan elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’gitlar, o’simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalari yetkazib berish, xizmatlar ko’rsatish yuzasidan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish;
• Tadbirkorlikdan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
• Olingan daromad (foyda)dan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish, bank xisob raqamidagi o’z mablag’larini mustaqil ravishda tasarruf etish;
• Aksiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotib olish;
• Kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xamda pul mablag’larini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlariga muvofiq jalb qilish xamda ularni ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishga yo’naltirish;
• Kredit olish uchun yer uchastkasidan foydalanishni ijaraga berish xuquqini va yetishtirilgan maxsulotni garovga qo’yish;
• O’rta, kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanish;
• Qonun xujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni ishga yollash (doimiy va vaqtinchalik asosida) va ular bilan tuzilgan mexnat shartnomalarini bekor kilish;
• Zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ijaraga olish, bino va inshootlar qurish xamda ularni taʼmirlash, shuningdek ulardan mustaqil foydalanish;
• Ixtiyoriy ravishda birlashish, shu jumladan ulush (pay) asosida birlashish, jamiyatlar, ittifoqlar, uyushmalar xamda boshqa birlashmalarga kirish;
• O’z xuquqlarini ximoya qilish uchun o’z faoliyatining xar qanday masalalari bo’yicha sudga murojaat qilish.
• Fermer xo’jaligi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xuquqlardan xam foydalanadi.
Fermer xo’jaligining majburiyatlari:
• Yer uchastkasidan ijara shartnomasida belgilangan maqsad va shartlarda maqsadli, samarali va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
• Ekologiya talablariga va atrof muxitni muxofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etish;
• Yerning meliorativ xolatini yaxshilash va yer uchastkasining unumdorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, biznes rejalarda ushbu maqsadlar uchun mablag’lar ajratilishini nazarda tutish;
• Yer uchastkasidan, basharti ijara shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo’lmasa, bir yil mobaynida foydalanish;
• Paxta va g’allani navlar bo’yicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilish;
• Suvdan limit asosida foydalanish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanish;
• Xo’jalik ichki melioratsiya tarmog’ini tozalash va taʼmirlash;
• Servitutlarga rioya etish;
• Fermer xo’jaligining majburiyatlari va qarzlari yuzasidan to’liq javob berish;
• Qonun xujjatlarida belgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’lash;
• Yetkazib berilgan elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalari, ko’rsatilgan xizmatlar uchun o’z vaqtida xisob-kitob qilish;
• Qishloq xo’jaligi maxsulotlari va boshqa mahsulotlar yetishtirishda standartlar talablariga rioya qilish;
• Qishloq xo’jaligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash olib borish;
• Fermer xo’jaligi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni xam o’z zimmasiga oladi.
Fermer xo'jaligining ustav fondi, mol-mulki va uni shakllantirish manbalari:
Ustav fondi 1 232 500 000 (bir milliard ikki yuz o’ttiz ikki million besh yuz ming) so’m bo’lib, shundan:
- 1 220 000 000 (bir milliard ikki yuz yigirma million) so’m fermer xo’jaligining ko’chmas mulki, pul mablag’lari;
- xamda 12 500 000 (o’n ikki million besh yuz ming) so’m bo’lgan transport vositalaridan iborat.
Ustav fondi boshqa mol-mulk, fermerning mulkiy xuquqlari xamda yer maydonidagi ekilgan qishloq xo’jalik va chorvachilik maxsulotlaridan olingan daromad va boshqa tadbirkorlik faoliyati manbalari xisobiga shakllantiriladi.
Agar fermer xo’jaligi raxbari fermer xo’jaligining ustav fondini shakllantirishda uning oilasining umumiy ulushli yoki birgalikdagi mol-mulkini fermer xo’jaligiga bergan taqdirda ushbu mulk barcha egalarining notarial tasdiqlangan roziligini olish talab qilinadi.
Fermer xo’jaligi:
• O’ziga qarashli xo’jalik imoratlari qishloq xo’jaligi ekinzorlari va ko’chatzorlari, dov-daraxtlar, maxsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo’jaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag’lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer xo’jaligi balansida bo’lgan boshqa mol-mulkning;
• Ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan maxsulotning;
• Olingan daromad (foyda)ning;
Qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi xisoblanadi.
Quyidagilar fermer xo’jaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari bo’lishi mumkin:
• Fermerning pul va moddiy mablag’lari;
• Tovarlarni sotishdan, ishlarni bajarishdan, xizmat ko’rsatishdan, shuningdek faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromad (foyda);
• Qimmatli qog’ozlardan olingan daromadlar;
• Yuridik va jismoniy shaxslarning beg’araz, xayriya va boshqa badallari, exsonlari;
• Qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Fermer xo’jaligining mol-mulki fermerga tegishlidir, u qonunga muvofiq ushbu mol - mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Fermer xo'jaligida yerdan va suvdan foydalanish huquqi:
Fermer xo’jaligini yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga beriladi. Ijara muddati qonun xujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Yer uchastkasining ijara muddati tamom bo’lgandan keyin fermer xo’jaligi ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatni cho’zish) xuquqiga egadir.
Fermer xo’jaligi raxbari vafot etgan taqdirda, yer uchastkasi ijara xuquqi va ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatni cho’zish) xuquqi qonun xujjatlariga muvofiq meros bo’yicha o’tadi.
Fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish xuquqi O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo’jaligi to’g’isida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarining o’lchami va chegaralari yer ijarasi shartnomasiga o’zgartirishlar kiritilgandan keyingina o’zgartirilishi mumkin.
Yer uchastkasi ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko’ra, tomonlar kelishuvga kirishmagan taqdirda esa – sud tomonidan o’zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Fermer xo’jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, xadya, ayirboshlash, garov obyekti bo’lishi, shuningdek, ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
Fermer xo’jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo’jaligi yerlari maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan, shartnomada nazarda tutilgan qishloq xo’jaligi ekinlari o’rniga boshqa ekinlar ekilishi ijara shartnomasini qo’pol ravishda buzish xisolanadi, bu qonun xujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Fermer xo’jaligi tugatilgan taqdirda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga qaytariladi.
Fermer xo’jaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun to’lanadigan xaq yagona yer solig’i tariqasida undiriladi.
Fermer xo’jaliklarining suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
Yer resurslarini, fermer xo’jaligiga beriladigan suvning sarfini xisobga olish xamda undan foydalanish, suv yetkazib berish xizmatlariga xaq tulash, shuningdek, imtiyozlar berish tartibi qonun xujjatlarida belgilanadi.
Fermer xo'jaligida mehnat shartnomasi:
Fermer xo’jaligining faoliyati fermerning va mexnat shartnomasi bo’yicha unda ishlovchi shaxslarning shaxsiy mexnatiga asoslanadi.
Fermer xo’jaligida mexnat shartnomasini tuzish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fermer xo’jaligida mexnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mexnat faoliyati xisobini yuritish fermer xo’jaligi raxbari tomonidan tashkil etiladi.
Fermer xo’jaligida mexnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mexnatiga xaq tulash qonun xujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish xaqidan oz bo’lmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan xam pul tarzida, xam natura tariqasida to’lanadi.
Fermer xo’jaligida ishlangan vaqt mexnat stajiga qo’shiladi.
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar va pensiyalar taʼminlash xamda to’lash qonun xujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Fermer xo'jaligining mablag'lari va hisob-kitoblari:
Fermer xo’jaligi pul muomalasini yuritish xamda pul mablag’larini saqlab turish va bu mablag’larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida xisob raqamlari ochish xuquqiga ega. Fermer xo’jaligining xisob raqamidan mablag’larni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda xisobdan chiqarish mumkin.
Qishloq xo’jaligi ekinlari xosili uchun sarflangan barcha xarajatlar fermer xo’jaligining qishloq xo’jaligi maxsulotlari sotishdan olingan daromadlari xisobiga qoplanadi.
Fermer xo’jaliklari elektr energiyasi, yoqilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’itlar yetkazib beruvchilar va fermer xo’jaliklariga xizmatlar ko’rsatuvchilar bilan o’z vaqtida xisob-kitob qilishlari shart.
Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi:
Fermer xo’jaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yig’imlar xamda boshqa majburiy to’lovlar to’langandan, elektr energiyasi, yoqilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmatlar ko’rsatuvchilar bilan o’z vaqtida va to’lik xisob-kitob qilingandan keyin butunlay fermer xo’jaligining ixtiyoriga o’tadi.
Fermer xo’jaligiga yetkazilgan zarar uning mol-mulki va qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar xisobidan qoplanadi.
Fermer xo'jaliklarining birgalikdagi faoliyati:
Fermer xo’jaliklari ixtiyoriylik asosida birlashish, shu jumladan, ulush (pay) asosida birlashish, maxsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy – texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xo’jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslaxat berish usulidagi va boshqa xil xizmat ko’rsatish bo’yicha jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga xamda boshqa birlashmalarga kirish xuquqiga ega.
Fermer xo'jaligi faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish:
Fermer xo’jaligi o’z faoliyatining natijalarini xisobga olib boradi xamda maxalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda xisobot taqdim etadi.
Fermer xo’jaligi tekshirish xuquqini beruvchi tegishli xujjat ko’rsatilishini talab qilish, tekshiruvchilarning o’z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha talablarni bajarmaslik va ularni tekshirish mavzusiga tegishli bo’lmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka xaqlidir.
Fermer xo'jaligini qayta tashkil etish va tugatish:
Fermer xo’jaligini qayta tashkil etish va tugatish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fermer xo’jaligi quyidagi xollarda:
• Yer uchastkasini ijaraga olish xuquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;
• Xo’jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo’lgan merosxo’r bo’lmaganida;
• Fermer xo’jaligi bankrot deb eʼlon qilinganida, shu jumladan, elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmatlar ko’rsatuvchilar bilan muntazam ravishda, kamida 3 yil o’z vaqtida to’liq xajmda xisob-kitob qilmaganida;
• Yer uchastkasi davlat extiyojlari va boshqa jamoat extiyojlari uchun olib qo’yish zarur bo’lgan yoxud yer to’g’risidagi qonunlar fermer xo’jaligi tomonidan buzilgan taqdirda yer uchastkasining ijara shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinganda, fermer xo’jaligi tomonidan yer uchastkasidan maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan davlat extiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan ekinlar ekilganda tugatiladi.
Fermer xo’jaligi:
• Fermer xo’jaligi raxbari (fermer)ning qaroriga binoan;
• Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
Fermer xo’jaligini tugatish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |