173
emas. Bu axloqiy komillikka etishishning tygallangan konsepsiyasi “Sochlarining fatilasi, sulolasi yoki zoti
tufayli brahman bulmaydi. Kimdaki xaqiqat va dhamma bo‘lsa, o‘sha baxtli va o‘sha brahman”, - deyladi
buddhachilik axloqiy qoidalari jamlangan kitobda. SHunday qilib, buddhachilik tomonidan vedalar obrusi,
braxmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo‘lish qoralandi. Shubxasiz, bu axloqiy
taraqqiyot ko‘rinishlaridan biri edi.
Buddhachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi Xitoyda xam o‘ziga xos mavqe egalladi.
Lekin u erda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi katta amiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri
daochilik.
Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI - V asrlar) yipik namoyondasi Chjuan-szi
(miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Lao-sziga nisbat beriladigan “Dao de szin” kitobida
daochilikdagi asosiy yunalishlarning moxiyat aks etgan. “Dao - xamma narsadan ustun”, “ildiz”, “Er va
osmonning onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “si” esa moddiy asos, dao “de” ni - fazilatni undan yaratadi.
SHuningdek, “dao” yo‘l ma’nosini ham anglatadi. “dao de szin”ni “Fazilat yo‘li” deb ham atash mumkin.
Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir qismi, uning vazifasi fazilat
(de) yo‘lidan borish. har qanday suniy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish-
odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan
qonunlardan chekinishdadir. SHu sababli Lao-szi nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar
keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili “uvey” - faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz
faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos,
tabiat qonunlariga mos faoliyat.
Ayni paytda, Lao-szining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni odamlarga tarqatmaydi, faqat
xalqning farovonligi uchun ishlatadi; “Xalqning bilimi kuchli bo‘lsa, uni boshqarib bo‘lmaydi. Uning
emagini Totli, kiyimini chiroyli, uy-joyini tinch, hayotini quvonchli qilish kerak”. Ana o‘shanda, ya’ni ilm
fan taraqqiy etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat qo‘shni davlatga ko‘z olaytirmaydi, urush
bo‘lmaydi. Xullas, donishmand ibtidoiy davrlarni ideallashtiradi.
Xulosa qilib aytadigan bulsak, daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqcad- odamlarning tabiat ko‘rsatgan
yo‘ldan borishiga erishish; tamoyili-faoliyatsizliq xalqning baxti - uning urug‘chilik, qabilachilik
munosabatlaridagi tenglik va soddalikka qaytishda donishmandlarning baxti esa mo‘tadilliq xotirjamlik,
tabiatga yaqinlikdadir.
Daochilikning asosiy raqibi hicoblanmish konfutsiychilik esa qora xalqsan nodonligi uchun jirkanadi, uni
axloqiy xayotra nomunosib deb biladi. Zero, konfysiychi.likninr axloqiy ideali szyun-szi himmatli jo‘mard.
Uning yuksak fazilatlari - fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U muomala bobida muloyim, yuksak
martabalilarga ho‘rmat bilan mo‘rojaat qiladi, xalqqa nisbatan esa himmatli, adolatli munosabatda buladi:
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy. axloqiy tushuncha-jen (insoniylik).“Lun yuy” (
“Xikmatlar”) kitobida shunday deyiladi; “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”.
“Uzingga ep ko‘rmagan napsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda xam, oilada xam o‘zinga
nisbatan yovlik his qilmaysan”.Demak, jen - xam jamiyat, xam oila a’zolapi orasidagi munosabatlarni
belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” - ota-onani, kattalarni xo‘rmat qilish, “li” - o‘rf-odat,
marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustaxkam bog‘liq. Ayni paytda “li” tushunchasining ma’nosi ancha
Do'stlaringiz bilan baham: |