Somirliklar
erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy qarashlari
uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal “Gilgamesh” eposi
vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi
Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu
majmuada zaiflarni, etim-esir va kam6ag‘allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qi.lib
quyilran; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi.
Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida “Pxatotep
o‘gitlari bizgacha etib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval
beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni
iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz etti nashatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr
axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa
xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki kuldorlik
davri talablarini chetlab o‘ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va
insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir
oqilona so‘z, xolbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki
undan bir nechaming yil keyingi qadimgi YUnonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos
bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak, Pxatotepning mazkur
fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.
Qadimgi
Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakko‘r taraqiyoti zardushtiylik dinining vujudga
kelishi bilan bog‘liq Taxminan bundan XXX asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi
Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab
o‘tiladi, talqin etiladi. Unda Zardushtiylik iloxi Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida
namoyon bo‘ladi: ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy ko‘rashining
ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”, kabi ezgu tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |