177
hamda ruxning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan
yuzaga keladi.
O‘lim
qarshisidagi qo‘rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning o‘lmasligi va iztiroblarning
abadiyligi haqidagi noto‘ri tasavvurlarda deb xisoblaydi. Zero ruh ham vujud singari atomlardan iborat.
Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo‘lgan ularning parchalanishi bilan ruh ham
parchalanadi. O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi; “YOvuzlikning eng
dahshatlisi bulmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim
kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud bo‘lmaymiz. SHunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga
ham aloqasi yo‘q chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”.
Epikur
iztirobdan qochishni emas uni engish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy qat’iyat, fikr
yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak, uning axloq ideali - erdagi hayotga nafrat bilan
qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga
muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi
fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va
ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan
oqilona foydalanadi. Unga baxt manbai - faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan
mustahkam va uzoq muddatli lazzatda ekani ayon.
Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan do‘stlikni
qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka etishishga olib keladi.
Qadimgi Sharq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara ko‘targan Qadigi Yunon
axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsni, inson xatgi-
harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar.
Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy,
Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari davom ettirdilar.
Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy ta’limotining izchil himoyachisi sifatida,
mashhur “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta’kidlaydi,
ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yurigadi, insonning o‘lim qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no
borligini aytib o‘tadi. Ulim qo‘rquvidan va ma’budlar oldidagi qo‘rkuvdan xalos bo‘lgan kishi baxtli
yashashi mumkin, aql –idrok va his-tuyg‘ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam axloqsh:unos faylasuf.
Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari axloqsh:unoslikka doir risolalari
ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar” asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra,
dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki
taqdir deymizmi ahamiyati yo‘q. Muhimi shuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning
ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam
bilan dosh berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni
o‘z-o‘zini o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan bog‘liq. Seneka qul
bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? Yo‘q odamlar. Ular qullarmi? Yo‘q,
ular yyingdagi qo‘shnilar. Ular kullarmi? Yo‘q, sening itoatkor do‘stlaring. Ular qullarmi? Yo‘q, ular sening
Do'stlaringiz bilan baham: |