218
mazmundorligi, san’at asarlariga nisbatan ifoda kuchi haqida fikr yuritib, go‘zallik bilan go‘zallikni
baholash o‘rtasida sub’ektiv omil muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi.
Go‘zallik
– bu tabiat, jamiyat, san’at hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir o‘tkazish bilan
insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish, ma’na-viy qoniqish holati
vujudga kelishiga imkon yaratiladi. Go‘zallik ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u
alohida turdagi foydali – u avvalo, insonga, jamiyatga, taraqqiyotga ma’naviy foyda keltiradi.
b) Go‘zallik xilma-xil darajada namoyon bo‘ladi. Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan,
foydali-amaliy faoliyatdagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin barchasi qandaydir
umumiy belgiga egadir. Mana shu umumiy belgi tufayli hodisalarni go‘zallik tushunchasi bilan ifodalaymiz.
Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos bo‘lib, ularni idrok etish hayrat va quvonch
bag‘ishlaydi, shaxsning uyg‘un hamohang rivoj-lanishiga, unda eng yaxshi insoniy xislat-fazilatlar tarkib
topishga ko‘maklashadi.
Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to‘qnashar ekan, u
albatta tabiat go‘zalligidan zavq-shavq oladi, ma’naviy boylik orttiradi. Hamma vaqt ham tabiatga estetik
munosabat va tabiatni estetik o‘zlashtirish, uni «insoniylashtirish», tabiat hodisalariga inson talab-
ehtiyojlarini, maqsad-orzularini o‘tkazib tatbiq etish bilan bog‘lanib ketgan.
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi sekin-asta, inson zoti va tabiatda rivojlanish
yuz bergani sari shakllanib borgan. Masalan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat
hodisalarining go‘zal yoki xunuk ekanligini baholamagan. Ular o‘z diqqat-e’tiborlarini hayotning asosiy
manbai bo‘lgan narsalar voqea-hodisalarga (hayvonlarga) qaratganlar.
Keyinchalik, ovchilik o‘rniga (yoki u bilan yonma-yon) dehqonchilik kirib kelishi, insonning ishlab
chiqarish faoliyati atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan, tabiatning o‘zi ijtimoiy orzu mezonlari
bilan baholanadi, inson uchun tabiatning xunuk va go‘zal tomonlari ayon bo‘la boshlaydi. Go‘zallikni
yuksak darajadagi foydalilik tarzida in’ikos etish go‘zallik ko‘rinishlaridan faqat bittasini o‘z ichiga oladi.
Hozirgi davrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega
bo‘lib qoldi. Tabiatga «o‘zlashtirish» nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish yovuzlikdan boshqa narsa
emasdir. Inson tabiat haqida qayg‘urib, undan oqilona foydalanib, ayni vaqtda tabiiy hamohanglik sirlari
ichiga yanada chuqur kirib bormoqda.
v) San’atda go‘zallik ifodasining tahlili tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, turmushdagi go‘zallikni
tushunish uchun o‘ziga xos kalit vazifasini o‘taydi. San’at go‘zallikning mujassamlashgan ifo-dasi bo‘lib,
xuddi shu ma’noda uni «nafosat qonunlariga ko‘ra ijod qilish sohasi» deb atash o‘rinli bo‘ladi. Inson
faoliyatining boshqa sohalarida go‘zallik qonunlariga rioya qilganda go‘zallik «yordamchi vazifa»ni
bajaradi. San’at sohasida esa unga rioya qilmaslik san’atning o‘zini bema’ni, mohiyatsiz qilib qo‘yadi.
San’atdagi go‘zallik – hayotdagi go‘zallikning in’ikosi bo‘lib, go‘zallik yaratuvchi ijodkorlarning
boshqa odamlardan farqi shunda-ki, u boshqalar fahmlay olmagan go‘zallikni hamma erda ko‘ra olish,
fahmlash, sezish, his qilish qobiliyatiga egadir. San’at voqelikning barcha estetik qirralari va sifatlarini
qamrab oladi, hatto mudhish va xunuk hodisalarni tasvirlayotganida ham go‘zallikni tark etmaydi.
O‘rta asrning juda ta’sirli oqimlaridan biri Evropa klassitsizmi ijodkorlari yuksak san’at aslida
takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni aks ettirishi kerak, deb qaragan
edilar. Uning vakillari, shubhasiz, juda ko‘p badiiy qadriyatlar yaratganlar. Jahon san’ati xazinasiga ulkan
hissa qo‘shganlar (Kornel, Rasin, Bajenov va boshqalar). Lekin san’at taraq-qiyotini faqat chiroyli va
yuksak mavzu tomon yo‘naltirish uning ko‘lamini cheklab qo‘ydi. Natijada voqelikdagi mavjud bo‘lgan
go‘zallikning kichik bir bo‘lagi qirollar va sarkardalar siymolari orqali hayot go‘zalligi bir tomonlama
tasvirlandi. Oddiy odamlar hayotining badiiy ifodasi esa yuksak san’atga loyiq topilmadi.
San’atda go‘zal qiyofani aks ettirish boshqa, qiyofani nafis tasvirlash boshqa narsa. CHernishevskiy
voqelik go‘zalligi san’atdagi go‘zallikdan yuqori turishini uqtiradi. U hayotdagi go‘zallik birlamchi,
Do'stlaringiz bilan baham: |