Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

214 



 

go‘zal ayol qiyofasida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimiz gerbida o‘z aksini topgan afsonaviy qush Humo – 

baxt, tole va davlat ramzi. U boshi, tanasi va qanotlari oltin, kumushdan bo‘lgan go‘zal qush bo‘lib, kimga 

soya solsa, o‘shanga baxt keltiradi. Qadimgi sharqda go‘zallik ezgulik bilan, yuksak daraja-dagi axloqiylik 

bilan  bog‘lab  mushohada  etilgan.  Qadimgi  Sharq  mamlakatlari  erishgan  yutuqlar  zaminida  Evropa 

mamlakatlari  badiiy  madaniyati  tarkib  topdi.  Qadimgi  Yunoniston  mutafakkirlari  Sharq  badiiy  madaniyati 

merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va qarashlarni  ishlab chiqdilar. Qadimgi  yunon faylasufi Pifagor 

(e.a. 6-5 asrlar) va uning shogirdlari o‘zlarining raqamlar haqidagi qarashlarini nafosat olamiga ham tadbiq 

etdilar.  Ularning  nafosat  asoslari,  ya’ni  “xilma-xil  ovozli  tomonlarning  kelishuvi”  umumbashariy 

hamohang-lik ekanligi haqidagi qarash va g‘oyalari muhim o‘rin tutadi. 

Geraklit  (e.a.  540-480)  nafosat  xossalari  moddiy  dunyoning  o‘zidan  kelib  chiqqan,  nafosat 

hamohanglikni  anglatadi,  hamohanglik  esa  qarama-qarshiliklar  birligini  tashkil  etadi,  deb  ko‘rsatadi  va 

nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi. 

Demokrit (e.a. 460-370) go‘zallikni bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligi, mosligi (simmetriya)da deb 

biladi va me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi. San’at – bu voqelikka taqlid qilishdir, deb hisoblaydi, u. 

Suqrot  (e.a.  470-399)  fikricha,  go‘zallik  koinotdan  inson  turmushiga,  uning  ichki  kechinmalariga 

ko‘chirilgan, go‘zallik va ezgulik bir-biridan ajralmasdir. 

Aflotun (e.a. 427-347) fikricha, nafosat  manbaini “g‘oyalar” tashkil etadi, uning  yoritib  turuvchilik 

kuchi go‘zallikni kashf etadi. Go‘zallikning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, faqat aql-idrok bilan anglash 

mumkin. Aflotun san’atni narsalardan ko‘chirilgan nusxa, narsalarning o‘zi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, 

deb ta’riflaydi. Aflotun san’atning odamlarga nisbatan ta’sir kuchini salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb 

ta’kidlaydi. SHuning uchun ham o‘zi kelajakda orzu qilgan davlat haqidagi qarashlarida musiqadan boshqa 

san’at turlarini tilga olmaydi. 

Arastu (e.a. 384-322) fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi. U san’atni 

voqelikka taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atning inson ruhiga o‘tkazadigan ta’sir kuchiga alohida 

e’tibor  beradi.  San’atning  axloqiy  qudratini,  olijanob  fazilatlar  yaratish  kuchini  ulug‘laydi.  Arastu  inson 

ruhini vahima, dahshat, rahm-shavqat orqali poklantirish (“katarsis”) ta’limotini ilgari suradi. SHuningdek, 

Arastu voqelik va san’at, inson va san’at, inson va badiiy ijod masalalariga maxsus to‘xtalgan. 

Estetik  qarashlar  Qadimgi  Rimda  ham  shakllanib  rivojlangan.  Tit  Lukretsiy  Kar  (e.a.  99-55) 

“Narsalar tabiati haqida” asarida san’at  “zaruriyat” (ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini ta’kidlab, uning 

ma’rifatchilik ahamiyatini ko‘rsatib beradi. 

Qadimgi SHarq hamda Qadimgi Yunoniston va Rim mutafakkir-larining estetik g‘oyalari, qarashlari, 

ta’limotlari fan tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu ta’limotlar o‘zidan keyin vujudga kelgan turli-tuman estetik 

maktablarga zamin vazifasini bajardi. 

O‘rta asrlarda G‘arb mamlakatlarida san’at, umuman badiiy amaliyot va nazariya masalalarida turli 

xil  qarashlar,  muammolar  yuzaga  keldi.  Bu  davr  estetikasida  uchta  hududni  ajratib  ko‘rsatsa  bo‘ladi. 

Birinchisi – Vizantiya, ikkinchisi – G‘arbiy Evropa, uchinchisi – sharqiy hudud – Qadimgi Rus. Vizantiyada 

estetik  qarashlar  xristian  madaniyatida  badiiy  tasvirlarning  roli  haqidagi  bahs-munozaralarida  shakllanib 

borgan. 

G‘arbiy  Evropa  mamlakatlarida  bu  davrda  san’at  asarlarida  badiiy  ijodning  real  dunyoga  e’tibori 

kuchayishini ko‘rish mumkin. 



 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish