Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

216 



 

Forobiy  “Baxt-saodatga  erishuv  haqida”gi  risolasida  “Inson  aql-idroki  tufayli  haqiqiy  insonga 

aylanadi,  bilim  insonga  baxt  va  shodlik  keltiradi,  inson  bilish  orqali  o‘zida  go‘zallik  va  mukammallikni 

kashf etadi” deb ko‘rsatadi. SHaxsni kamol toptirish jarayoni, Forobiy fikricha, inson o‘z hayoti davomida 

ilm,  hunar  o‘rganishi,  axloqiy  qonun-qoidalarni  egallashi  va  san’atni  hayotiy  tajriba  bilan  boyitish  orqali 

sodir  bo‘ladi.  Estetik  fazilatlar  inson  atrofini  qurshagan  muhit  ta’si-rida  shakllanadi.  Forobiy  shaxs 

tarbiyasida  she’riyat  va  musiqa  san’atining  o‘rnini  alohida  ta’kidlaydi.  U  san’at  turlarini  bir-biridan  farq 

qiladi: she’riyat so‘z bilan, tasviriy san’at esa bo‘yoqlar bilan ish ko‘radi. Lekin har ikkovi ham inson ruhiy 

hayotining in’ikosidir. San’at insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. Ta’lim-

tarbiya  masalalariga  Forobiy  alohida  to‘xtalib,  yoshlarning  axloqiy  fazilati  nizomlarini  hamda  ularning 

san’atni egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalashni muhim vazifa deb hisoblaydi. 

Abu  Rayhon  Beruniy  (973-1048)  nafosat  haqidagi  qarashlarida  voqea-hodisalarning  o‘zaro 

bog‘liqligi  va  aloqadorligi  manbai  hamohanglik  va  uyg‘unlikdir  deb  ko‘rsatadi.  Go‘zallikni  tabiat  va 

insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholaydi. 

Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037)  o‘zining  estetik  qarashlarida  estetika  bilan  axloq  muammolarini  bir-

biriga uzviy bog‘laydi. U “Kitob ush-shifo” asarida musiqaning estetik xususiyati haqida so‘z yuritib, uning 

axloqiy  tarbiyadagi  ahamiyatiga,  she’riyatning  kishilarga  go‘zal  fazilatlar  singdirishi  imkoniyatlariga 

to‘xtalib  o‘tadi.  YOshlarni  tarbiyalash  oila  va  davlatning  muhim  vazifasi,  jamiyat  taraqqiyoti,  yutuqlari 

ma’lumotli,  madaniyatli  kishilarning  o‘sishiga  bog‘liq,  “barcha  bilimlarga  ega  narsalar  mukammallikka 

moyildir”  der  ekan,  “mukammallik”  atamasida  u  insonning  ichki  go‘zalligi  va  ezgulikka  intilishini 

ifodalaydi.  

O‘rta  Osiyo  Uyg‘onish  davri  mutafakkirlari  “Alloh  go‘zal  va  u  go‘zallikni  yaxshi  ko‘radi” 

tamoyiliga  amal  qilganlar.  Ular  Alloh  go‘zalligini  ulug‘lab,  diniy  e’tiqod  doirasida  insonparvarlik 

ta’limotini  yaratdilar,  diniy  e’tiqodni  inson  aql-idroki  kuchi,  inson  irodasi  erkinligi  g‘oyasi  bilan  bog‘lab 

talqin qildilar. 

Estetik  tafakkur  XIV-XV  asrlarda  yanada  rivojlandi.  Ayniqsa,  Alisher  Navoiy  o‘z  asarlarida 

go‘zallikni, san’atni yuksak qadrlab, san’at inson ma’naviy olami, komil shaxs bo‘lib etishishi uchun zarur 

ekanligini  ta’kidlaydi.  Uning  adabiy-estetik  qarashlari  “Majolis  un-nafois”,  “Mezon  ul-avzon”  va 

“Mufradot”  asarlarida  bayon  etiladi.  Navoiy  badiiy  so‘z  san’atining  ma’rifiy-tarbiyaviy,  hissiy-ruhiy 

ahamiyatini  alohida  ta’kidlar  ekan,  ijodkorlarning  axloqiy  qiyofasiga  e’tibor  qaratadi.  Ularning  kamtarlik, 

himmatlilik,  xush-muomalalilik,  sahiylik  kabi  fazilatlarini  ta’kidlaydi.  “Majolis  un-nafois”da  mashhur 

sozandalar, hofizlar haqida ham so‘z yuritiladi. “Mezon ul-avzon”da turkiy she’riyatning yozma va og‘zaki 

adabiyot  hamkorligida  yuzaga  kelgan  janrlar  (tuyuq…),  og‘zaki  adabiyotning  yozma  adabiyotga  kirib 

borishi  (o‘lan-changiy,  yor-yor,  qo‘shiq)  masalalariga  alohida  to‘xtaladi,  xalq  qo‘shiqlarining  sakkiz  turi 

haqida  ma’lumot  beradi:  tuyuq,  changi-turkiy,  arzuvoriy,  muhabbatnoma,  mustahzod  va  boshqa. 

Navoiyning  adabiy-estetik  qarashlarida  san’atkor  inson  ma’naviy  ehtiyojiga,  insof  va  adolatning  barqaror 

bo‘lishiga xizmat qilishi, eng yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib etishi, kitobxon ongi, hissi va didiga ta’sir 

ko‘rsatishi  kerak,  degan  g‘oya  ilgari  suriladi.    XX  asr  estetik  nazariyalari  an’anaviy  qarashlarga  kam 

tayanadi.  Intuitivizm  A.Bergson  (1859-1941),  Andre  Malro  (1901-1976)  badiiy  ijodning  noratsional 

asoslariga  e’tibori  bilan  ajralib  turadi.  Ekzistensializm  J.P.Sartr  (1905-1980),  Alber  Kamyu  (1913-1960) 

estetikasida insonga e’tiborni, san’at fenomenini inson taqdiri bilan bog‘lab qarashni ko‘rishimiz mumkin. 

Strukturalizm  Roman  YAkobson  (1896--1982),  Rolan  Bart  (1915-1980)  san’at  asarini  tahlil  qilar  ekanlar 

struktura,  belgi,  element,  funksiya  tushunchalarini  ishlatadilar.  Masalan,  strukturalizm  tas-viriy  san’at 



 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish