Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

212 



 

Estetika  fanining  hozirgi  davrga  xos  xususiyatlaridan  biri  shuki,  bu  sohaga  kibernetika,  semiotika 

(belgilar  tizimlarini  qiyo-siy  o‘rganish  bilan  shug‘ullanuvchi  bilim  sohasi)  va  matematika  kabi  fanlarning 

usul va vositalari ham izchil kirib o‘rnashayapti. 

Estetika san’at va badiiy faoliyat turli shakl ko‘rinishlarini o‘rganadigan bilim sohalari uchun uslubiy 

asos  bo‘lib  xizmat  qilar  ekan,  ayni  mahalda  u  adabiyotshunoslik,  musiqashunoslik,  teatrshunoslik, 

axloqshunoslik  kabi  fanlar  bilan  hamkorlik  qilish  jarayonida  rivojlanib  boradi.  Bu  hamkorlik  eng  avvalo 

mazkur fanlarning ham san’at umumiy nazariyasiga amal qilishida ko‘rinadi. Masalan, san’-atning xususiy 

nazariyasi  adabiyot,  musiqa,  tasviriy  san’at  va  boshqa  ijod  sohalarining  xususiyatlarini  tadqiq  etsa, 

san’atning  umumiy  nazariyasi  san’atning  barcha  turlari,  badiiy  ijod  barcha  sohalari  amal  qiladigan 

qonuniyatlarning  umumiy  belgilarini  o‘rganadi.  Lekin  san’atning  umumiy  belgilari  sof  holda  mavjud 

bo‘lmasligi,  ular  ayrim  san’at  turlari  xususiyatlari  orqali  ifodalanishini  inobatga  olib  aytish  mumkinki, 

estetika

 

o‘zining  umumiy  xulosalarini  ishlab  chiqishda  san’atshunoslikning  alohida-alohida  bilim  sohalari 

erishgan ilmiy ma’lumotlarga tayanadi. 

Estetika  san’atshunoslik  bilim  sohalari  uchun  boshlang‘ich  na-zariy  va  uslubiy  asos  bo‘lib  xizmat 

qiladi.  Estetikasiz  san’atshuno-slik  bo‘la  olmaydi,  ya’ni  u  ayrim  voqea-hodisalar  sharhi  bilan 

shug‘ullanishga  majbur  bo‘lib  qoladi.  Shuni  e’tiborga  olish  kerakki,  Estetika  xususiy  san’atshunoslikning 

umumiy qonuniyatlari, eng av-valo, nafosat tabiati va estetik timsol qonuniyatlarini o‘zida namoyon qiladi. 

Estetikaning  amaliyot  uchun  ahamiyati  nimada?  U  voqelikka  qanday  ta’sir  o‘tkazadi?  Estetika 

ijtimoiy  bunyodkorlik  jabhasida  qay  tarzda  ishtirok  etadi?  Bu  savollarga  javob  berish  ham  estetika  fani 

mavzusidir.  Estetik  nazariya  san’at  va  badiiy  ijod  jarayoniga,  badiiy  madaniyatning  barcha  sohalariga 

amaliy jihatdan kuchli ta’sir o‘tkazadi.  

Ilgarigi  davrlarda  Evropadagi  estetika  nazariyalarida  belgilab  qo‘yilgan  estetik  me’yor  bilan  uning 

burch-vazifalarini  bir-biriga  qarama-qarshi  qo‘yish  odat  tusini  olgan  edi.  Masalan,  klassitsizm  tarafdorlari 

estetik burchni barcha ijodkorlar amal qiladigan aqidalarda ko‘rardilar. Pozitivizm tarafdorlari esa estetika 

fani  doirasini  badiiy  jarayonlarni  tushuntirish  va  sharhlash  bilan  belgilardilar.  Hozirgi  zamon  estetika 

nazariyachilari bunday bir yoqlama yondashishni qabul qilmagan holda «Estetika fanining asosiy burchi va 

vazifasi  san’atning  vujudga  kelishi,  rivojlanishi  va  amal  qilish  qonuniyatlarini  tahlil  qilishdir»,  degan 

xulosani ilgari suradilar. Muammo shundaki, mazkur qonunlar mohiyati va tabiati ochib berilgandan so‘ng 

va nazariy xulosalar bayon etilgandan so‘ng oldindan belgilangan me’yor qolipiga aylanib, san’atning joziba 

va sehr kuchini yo‘qotib qo‘yish havfi tug‘iladi. 

Estetika  amaliyoti  adabiy-badiiy  tanqidda  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  Badiiy  tanqid  bilan  estetik 

nazariya o‘rtasida azaliy uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Bu bog‘liqlikni «tanqid  – bu harakatdagi estetikadir» 

degan  ibora  mazmunida  ham  ko‘ramiz.  Munaqqid  san’at  asarlarini  baholash  va  sharhlashda  xolis  estetik 

aqidalarga suyanadi va bu bilan estetikaning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlaydi. 

Adabiy-badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyo-ti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ramzidir. 

Estetik  nazariya  san’atkor  dunyoqarashini  shakllantirishda  muhim  omil  hisoblanadi.  Badiiy  faoliyat 

qonunlarini  bilish,  san’at  tabiatini  tushunish,  uning  ijtimoiy  hayotdagi  o‘rnini  anglash  haqiqiy  iste’dod 

o‘rnini  qoplay  olmaydi.  Ammo  bu  ikki  qanotning  yaxlit  namoyon  bo‘lishi  iste’dodning  estetik  nazariya 

bilan qurollanishi, ularning qo‘shilib amal qilishi natijasida ijtimoiy hayot muhtoj bo‘lgan va kutib yotgan 

estetik mo‘‘jizalar yaratiladi, albatta. 

Estetika fani san’atdan bahramand bo‘luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun ham katta 

ahamiyat  kasb  etadi.  Ular  san’at  haqida  qancha  ko‘p  bilsalar,  san’at  mohiyati  va  burch-vazifalari  haqida 

qanchalik chuqur va haqqoniy tasavvurlarga ega bo‘lsalar, ularda san’at bilan doimiy muloqotda bo‘lishga 



 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish