Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

209 



 

Estetika so‘zi yunoncha «estezis» so‘zidan olingan bo‘lib, «sezish», «his qilish qobiliyati» ma’nosini 

bildiradi. Bu fan – insonning voqelikka estetik munosabatlari va insoniyat badiiy rivojining umumiy qonun-

qoidalari haqidagi fan. Uzoq vaqt bu fan «Go‘zallik falsafasi» deb ta’riflab kelingan. Lekin hozirgi davrda 

„Estetika"  fanini  bunday  ta’riflab  bo‘lmaydi,  chunki  «go‘zallik»ning  o‘zi  „Estetika"ga  tegishli 

tushunchalardan biriga aylanib qoldi. Birinchi marta estetika so‘zini fanning nomi sifatida olmon faylasufi 

Aleksandr  Baumgarten  (1714-1762)  “Poetika”  asarining  ba’zi  bir  masalalari  to‘g‘risida  falsafiy 

mulohazalar” kitobida ishlatgan (1735 yil). Lekin bu bilan Baumgartenni „Estetika" fanining asoschisi deb 

bo‘lmaydi, chunki estetika nazariyalari qadim zamonlardayoq „Falsafa” fani doirasida o‘rganilgan. 

Dastlabki  estetik  ta’limotlar  quldorlik  jamiyati  davrida  –  Sharq  mamlakatlari  (Misr,  Bobil, 

Hindiston, Xitoy, Eron va Turon)da vujudga kelib, qadimgi Yunonistonda, ayniqsa, Aflotun, Arastu, Suqrot 

asarlarida,  qadimgi  Rimda  Lukretsiy  Kar,  Goratsiy  va  boshqalarning  tadqiqotlarida  rivojlantirildi.  XVIII 

asrning  ikkinchi  yarmidan  mustaqil  fan  sifatida  shakllana  boshladi.  „Estetika"  so‘zi  ko‘pincha  narsa  va 

hodisalarning  rang-tusi  va  shaklidagi  mukammallik,  mutanosiblik,  latofat  ma’nolari  majmui  sifatida  ham 

qo‘llaniladi.  Mazkur  tushuncha  kishilarning  yaxshi  fe’l-atvori,  muomalasi,  nutqi,  did  bilan  kiyinishini 

anglatadi yoki tabiatdagi go‘zallikni ham bildiradi. 

Estetika  so‘zi  ba’zan  «nafosat»  tushunchasi  bilan  baravar  ishlatiladi.  San’atda  ham  estetika  bir 

qancha  ma’nolarda  qo‘llaniladi.  Voqelikdagi  tabiatan  nozik  narsalar  va  hodisalar  in’ikosi  –  badiiy 

adabiyotda  nazm,  tasviriy  san’atda  –  manzara,  miniatyura  va  boshqalar  fikrimizga  yorqin  dalildir. 

Ikkinchidan,  san’atda  nima  in’ikos  ettirilishidan  qat’i  nazar,  nihoyatda  nozik  ifoda  usullari  qo‘llanilishi, 

ifoda usulining bag‘oyat nafisligi – nozik raqs va boshqalar diqqatga sazovordir. “Estetika” atamasi o‘rnini 

bevosita  va  bilvosita  “Nafosat”  atamasi  bosa  oladi.  Ko‘pchilik  “estetika”  atamasiga  o‘rgangani  uchun 

“nafosat” atamasini chuqur his qilol-maydi. 

Estetika fan sifatida voqelikning go‘zallik asosida in’ikos etishini, inson amaliy faoliyatining hamma 

sohalarida go‘zallik va xunuklik tuyg‘ularini, ayniqsa, badiiy ijodning umumiy qonunlarini o‘rganadi. Biz 

voqelikdagi go‘zallik va xunuklikni turlicha tushunamiz. Estetik qarashlarimiz, tasavvurlarimiz, baholarimiz 

nisbiy bo‘lib, ularni xolis baholash estetikaning vazifasidir. Mazkur fanning asosiy tushunchasi – go‘zallik 

zohiriy  va  boti-niy  ma’noga  ega,  voqea-hodisa,  buyum  zohiran  go‘zal,  botinan  xunuk  bo‘lsa,  bu  erda  tom 

ma’nodagi  go‘zallik  deb  bo‘lmaydi.  Shu  bois  donishmandlar  tashqi  va  ichki  go‘zallik  mutanosibligiga 

alohida ahamiyat berganlar. 

Go‘zallikka  intilish  tabiiy  ehtiyojdir.  Bu  ehtiyoj  tarbiya  vo-sitasida  namoyon  bo‘ladi.  Go‘zallik 

qurshovida yashagan inson bilan xunuklik muhitida o‘sgan odam o‘rtasida katta farq bor. Go‘zallik tarbiyasi 

insonni  ma’naviy  jihatdan  kamolotga  etaklaydi,  estetik  his-tuyg‘uni  taraqqiy  ettiradi.  Estetik  his-tuyg‘u 

insonni  qurshab  turgan  muhitdagi  go‘zallik  va  xunuklikni,  ulug‘vorlik  va  tubanlikni,  fojiaviylik  va 

kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir. Estetik ehtiyoj ezgulikka, go‘zallikka intilishdir. Bu ehtiyoj 

mehnat, san’at, axloqiy munosabatlardagi go‘zallikni taqozo etadi. Estetika o‘z mohiyatiga ko‘ra, din, fan, 

axloq,  huquq  tamoyillaridan  farq  qiluvchi  o‘ziga  xos  qonunlar  asosida  rivojlanib,  unda  o‘tmish  madaniy 

merosi,  hozirgi  kun  tarbiyasi,  kelajak  bashoratlari  uyg‘unlashgan  holda  namoyon  bo‘ladi,  fan  voqea-

hodisalarning  qonuniyatlarini  voqelikka  muvofiq  keladigan  tushunchalar  va  qoidalar  orqali  ochib  bersa, 

estetika  voqea-hodisalarni  xayol,  to‘qima  obrazlar  vositasida  ifodalaydi.  Ulardagi  timsollar  ham  o‘z 

tuzilishiga  ko‘ra  bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan,  musavvirlik,  haykaltaroshlik,  teatr  va  boshqa  san’at 

turlarida  voqea-hodisalar  bevosita  tasvirla-nadi.  Musiqa,  raqs,  me’morchilikda  san’atkorning  voqea-

hodisalar  va  narsalardan  tug‘ilgan  g‘oyaviy-hissiy  holati  ifodalanadi.  Bu  jihatdan  estetika  san’atga  yaqin 

turadi. Estetika fani



 

falsafiy bilimlar majmuida o‘ziga xos alohida ahamiyatga molik bo‘lib, u bir tomondan 

insonning  atrof-muhitga,  voqelikka  estetik  munosabati  doirasidagi  olamni  o‘zgartirish  jarayonidagi 



 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish