225
Dizayn (inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida «xunuk buyum
yaxshi sotilmaydi» degan iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga
kirib keldi. Gap shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi o‘zaro aloqasi
endilikda yaxshi samara bermay qo‘ygan edi. Unda inson texnologik rejimga moslashgan
holda, t ezlik, ani qlik, must ahkamli k kabi texnologi k mezonl ar as osida ishla ydi gan ishchi
sifatida baholanardi. Bu nafaqat ins onparvarlik, balki t exnikavi y ravnaq nuqtai nazari dan
ham nomaqbul edi. SHu bois texnikani insoniylashtirish zaruriyati tug‘ildi. Endi ishchi yo
xizmatchi ning shaxsi y qiziqis hi, ijodi yli k kas b et gani hol da, faqat m ehnat nat ijasi bilan
cheklanmasdan, mehnat jarayoni va uning mazmuniga ko‘chib o‘tishi lozim bo‘lib qoldi.
Bu – mehnatni ng es tetik t abi at kasb eti shi va ins oni yl ashuvi dema kdi r. SHunday qili b,
texnikani va ishl ab chi qaris h muhitini insoni yl ashtiri sh m ehnat ni faqat zaruri yat deb
em as, bal ki ehti yoj darajasida tus hunishga olib kel di; t exnikani i nsoni yl ashtiri sh muhitni
insonga mos las hti ris hi barobarida, uni est etik tarzda t as h kil eti shni ham o‘z ichi ga
oladigan bo‘ldi.
Diza ynni ng z aruri ya tga a yl anishi nafaqat z amonavi y i lmi y -texni kavi y ravnaqqa,
bal ki omm avi y i shl ab chi qari sh va umummadani yat darajasi ning yuks akli gi ga ham
bog‘liq. Bunday sharoitda xaridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish
takli f qil gan m ahs ulotni rad eti shi va o‘z ehti yoji ga j avob beradi gan t ovarni yuqori
baholashi mumkin. YA’ni, xaridor o‘z didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni «boriga
baraka» tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas, balki tovarga faol munosabat shakliga
a yl anadi . Ana shunda y m unos abat ga l o yiq bo‘li shi uchun tovarning s hakli muhim
ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi navbatda go‘zal va ulug‘vor ko‘rinishga ega
narsalargina jamiyatning e’tiborini qozonadi. SHunda tovarning umummezonga javob
beradi gan est etik qadr i yat si fatida qabul qilinishi ro‘ y beradi va u is hlab chi qarishni ng
xaridorga, xaridorning esa, ishlab chiqarishga estetik ta’sirini ta’minlaydi.
SHuni unutm asl ik lozimki, har qanda y konstruksi yachi -i nj ener diza yner bo‘lol ma ydi.
Inj ener-kons truktor, de yl i k, m as hinani lo yihal asht irar ekan, dastl ab uning m otoridan
tortib, kuzovigacha bo‘lgan qismlari loyihasini chizadi va shundan keyingina ularni bir -
biri bilan bog‘lab yaxlit mashina shakliga keltiradi. Natijada har bir qism alohida «o‘z
hayotiga» ega bo‘ladi. YA’ni, mashina zamonaviylashtirilganida (modernizatsiya
qilinganida) muayyan detallarni so‘nggi loyiha asosida, alohida -alohida almashtirish
jarayoni ro‘y beradi. Dizaynchi -injener esa, mashinani go‘zallik va ulug‘vorlik
qonuni yatl ari ga asoslanib, birda ni ga mua yyan yaxli tlik tarzi da t as avvur qi ladi . Bu
yaxlitlik konstruksiyaga bo‘ysunsa -da, o‘zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi.
SHunda y qilib, kons truktor -i njener m azmunni , diza ynchi -inj ener s haklni yaratadi, ya’ni
biri nchi mut axas sis – texnik, ikkinc hi si – estet ik. Ikkala faoli yat ning u yg‘unli gi tufa yl i
zamonavi y x aridor t al abi ga j avob beradi gan m ashina vujudga kel adi va unda, i staym izm i -
istamaymizmi, estetik ko‘rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik ahamiyatiga
ega bo‘ladi. Zotan, esla ylik, SHiller aytganidek, shakl insonga butunisicha, mazmun –
uning muayyan qismigagina ta’sir ko‘rsatadi. Xaridor esa, eng avvalo inson.
Bi roq, bu – diza ynda hamm a narsa shakl bilan bog‘li q ekan, degani em as. Unda ham
san’atdagidek shakl va mazmun uyg‘un ligi asosiy
omil
hisoblanadi.
Bunda y
uyg‘unlikka birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi sifatida
vujudga keladi. Masalan, «Zinger» rusumli tikuv dastgohi XX asr davomida rivojlanib,
dastlabki qo‘pol ko‘rinishidan «xohlasang ham, xohlamasang ham ishlaging keladigan»
darajada go‘zallashib, noziklashib, insonni o‘zida ishlashga chaqirib turadigan mashinaga
aylandi. YOki o‘zimizdagi «Daewoo» korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab
chiqarilayotgan «Matiz» avtomobiliga e’tibor qili ng. U dizayn nuqtai nazaridan o‘zidan
avvalgi kichik mashinalardan, xususan, «Tiko»dan keskin farqlanadi. Uning yo‘lda engil
borishi kishida xuddi suzib ketayotgandek tassurot uyg‘otadi, asosiy chiroqlari (faralari)
ana shu t aassurotingi zga mos: ul kan bali qning ko‘zl ari ga o‘xsha ydi, ol dindagi past ki ikki
chi roq esa, siz ga bodomqovoq – SHarq go‘z all ari ga yarashi b turadi gan qi yiq ko‘zl arni
Do'stlaringiz bilan baham: |