Sofistika
. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, Qadimgi YUnonistonda, miloddan avvalgi V va IV
asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir yo‘nalish sifatida paydo bo‘lgan. Sofistika
namoyandalari: Protagor, Gorgiy, Gippiy, Antifont va boshqalardir. Sofistikaning paydo bo‘lishi, antik
YUnonistonda iqtisodiy taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq. Bu oila urug‘ an’analaridagi turg‘unlikni
bartaraf qilish, yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga ehtiyoj davri edi. Sofistikaning inqirozi eramizdan
avval IV acp o‘rtalarida boshlandi. Eramizning II asrida klassik yunon sofistlarining g‘oya va uslublarini
qayta ishlashga intiluvchi yangi oqim paydo bo‘ldi.
Sofistika mavjud nazariya va ma’lumotlarni saqlashga intiladi. U, yangi fikr eski fikrning bir qismi
ekanligini asoslashga yoki mantiq qonunini tuzib, mavjud bilimlar tizimini barcha ziddiyatlardan tozalashga
harakat qiladi. Bu metoddan semantik va mantiqiy qonunlarda istalgan isbotlash uchun foydalaniladi.
Ko‘pgina darslik va qo‘llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sopism» so‘zi asosida, ya’ni ataylab xilma-xil
ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli, ammo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘chma
ma’nomazmunga erishish usuli, deb ta’kidlanadi. Bu usul qo‘llanilganda fikrning mazmuni ko‘chma
ma’noda bayon qilinadi, ya’ni «Qizim, senga aytaman, kelinim,sen eshit», deganga o‘xshash holat nazarda
tutiladi. U, nafaqat, Qadimgi YUnoniston, balki o‘pta asrlarda Evropada ham keng tarqalgan. Agar bu usul
yolg‘on xulosalarga olib kelsa, nega o‘z davrining ko‘pgina dono kishilari undan foydalanganlar, degan
savol tug‘ilishi mumkin. Ma’lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga
munosabatni to‘g‘ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko‘p bo‘lgan. Bunday holni inkvizitsiya
hukmron bo‘lgan o‘pta asrlar Evropasiga ham tatbiq etish mumkin. O‘sha davrda ham ko‘pgina
ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji yuq edi. Umuman olganda, falsafada «do‘ppi tor kelib
qolgan» ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning mashhur «Zarbulmasal» acapi kabi ifodalash hollari
uchrab turadi. Buni o‘rta asrlar Evropasiga nisbatan olsak, unda Servantesning «Don Kixot» acapi nima
sababdan shunday yozilganligi, uning bosh qahramoni esa nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang
qilganligi va bu lavhalar zamirida qanday botiniy mazmun yashiringani aniq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |