94
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr dialektikasi sodda va stixiyali
bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha davrda «Dialektika» so‘zini birinchi bo‘lib, Suqrot
(er.av. 469–399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani mayevtika (harflarni yaratish
san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, uning natijasida raqib
nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi.
Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga da’vat etar ekan, o‘z onasi doya Fenareti ishini davom ettirayapman,
deb izohlaydi. «Dialektika» so‘zi paydo bo‘lishiga qadar antik falsafada mazmuniga ko‘ra, dialektik bo‘lgan
nazariyalar shakllana boshlagan. O‘tmish mutafakkirlar o‘z vaqtida dunyoning yagona birligi sokinlik, bu
bir butunlik ichida doimiy uzluksiz o‘zgarishlar, yaratish jarayoni sodir bo‘luvchi koinot haqidagi fikrlarni
ilgari surganlar. Ular koinotni o‘zgaruvchanlik va barqarorlikning ziddiyati sifatida tasavvur qilganlar.
Borliqning umumiy o‘zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga – erning suvga, suvning havoga,
havoning olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan xarakterlanadi, deb hisoblaganlar.
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, Fixte, SHelling va Gegel
tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan. YAngi davrning o‘ziga xoc xususiyati shundaki, bu davrga
kelib taraqqiyotga yangicha munosabat shakllandi. Dialektik metod predmetlarda emas, balki
munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi g‘oyani qayta ishlash bilan bog‘liq edi.
CHeksizlik g‘oyasining yangicha talqini paradoksal nazariya shaklida namoyon bo‘ldi. Bu Kantning
planetar tizimlarning tumanlikdan paydo bo‘lganligi haqidagi gipotezani yaratishi bilan bog‘liq. Bilish
nazariyasida Kant ikki mulohazaning ziddiyatliligi antinomiyasini ochib tashlar ekan, bunda har ikkalasini
etarli asosga ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega va vaqtda cheklidir.
2. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega emas va vaqtda cheksizdir. Kant ziddiyatlarga eskicha, ya’ni
inson aqlining illyuziyasi sifatida qaraydi. U bu ziddiyatlarni yangi nazariya yaratish jarayonida kashf qiladi,
biroqundan qutilish yo‘lini ko‘rsata olmaydi. Ularga aqlning xatosi sifatida qarash kerakmi? Hissiy idrok
qilishda xatoga yo‘l qo‘yilar ekan, aqlning xatoligidan shubhalanish to‘g‘rimikan? – degan savollarga javob
izlagan Kant aqldagi ziddiyatlarni bartaraf qilish yo‘lini topadiki, aynan shu yo‘l pozitiv dialektikaning asosi
bo‘ladi. Bunda inson aqli o‘zgaruvchanligining tarixiyligi tan olinadi, aqlning xatosi esa, tarixiy asosga ega
bo‘lib, u taraqqiyotning cheksizligi, bilish jarayonini to‘g‘ri tushunish qobiliyatiga ega emas. Kant
dialektika metodidan yangicha foydalanish imkoniyatini ko‘rsatdi, taraqqiyot muammosini yangicha qo‘yish
va hal qilish zaruriyatini e’tirof etdi. Taraqqiyotning yangi nazariyasini Kant sub’ekt aqlining dialektik
xarakteri bilan bog‘laydi va sub’ektiv dialektikani asoslab beradi. Dialektika taraqqiyotining keyingi
imkoniyatlari Gegel falsafasida o‘zifodasini topdi. Gegel dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy
nazariyasi sifatida asoslab bergan. Ma’lumki, o‘rta acp ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va
nazariyaning empirik paydo bo‘lishini tan olishi bilan xarakterlangan. Gegel fikrlari boshqacha xarakterga
ega. U, falsafa o‘z xususiyatlarini asoslovchi metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.
Gegel dialektik metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini ta’kidlaydi.
Falsafa metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z
metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |