95
metafizik usulda fikr yuritamiz, nimalargadir ana shunday munosabatda bo‘lamiz. Aclida esa, ular ham
azaliy o‘zgarishlar jarayoniga tushgan narsa va kishilar ekanligini juda kamdan-kam hollarda o‘ylab
ko‘ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir.
Biz ham ana shunday o‘zgarib boramiz, ammo ko‘p hollarda bunga unchalik ko‘p e’tibor berilavermaydi.
SHu tariqa maktabni tugatib qo‘yganimizni, ulg‘ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go‘yoki bilmay
qolamiz...Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy tadqiqotlarda
ham o‘z o‘rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari, tamoyillari va ilmiy
mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo‘q. Qolaversa, uni dialektika bilan butunlay
qarshi qilib qo‘yish va bu farqni mutlaq ziddiyat darajasiga ko‘tarish ham maqsadga muvofiq emas. Aynan
ana shunday yondashuv sobiq Ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa quruq va o‘lik
ta’limot sifatida qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi davr fanida metafizika uch asosiy ma’noga ega:
1.
Falsafa umumiy hodisalar haqidagi fandir. Bu ta’limotning asoschisi Aristotel bo‘lib, u «narsaning
birinchi turi» haqidagi ta’limotdir. Bu ma’noda, «metafizika» tushunchasini XX acpning yirik nemis
faylasufi M.Xaydegger ham o‘rganadi. Uningcha, bu kategoriya bilishning ob’ekti va sub’ektini bir
vaqtda ifodalovchi tushunchadirham o‘rganadi. Uningcha, bu kategoriya bilishning ob’ekti va
sub’ektini bir ifodalovchi tushunchadir.
2.
Maxcyc falsafiy fan ontologiya, umuman, borliq haqidagi ta’limot bo‘lib, nazariya bilish mantig‘i
va uning xususiy ko‘rinishlaridan mustasnodir. SHu ma’noda, bu tushuncha G‘arb falsafasida
o‘tmishda ham (Dekart, Leybnits, Spinoza va h.k.), hozirda ham keng qo‘llaniladi.
3.
U bilish (tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma’nosida dialektikaga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Bunda shu ma’nodagi tushuncha, ya’ni antidialektika haqida so‘z boradi. Uning eng asosiy
xususiyatlaridan biri bir tomonlamalik bilish jarayonining faqat bir qismini mutlaqlashtirishdir.
Falsafa tarixida metafizika (dialektika kabi) hech qachon o‘zgarmasdan qolmagan. U turli tarixiy
shakllarda namoyon bo‘lgan.
Bilimning metafizik usullari turlicha bo‘lib, idealizm, sensualizm, ratsionalizm, empirizm, dogmatizm,
relyativizm va boshka shakllarda namoyon bo‘lib,bilimning alohida shakllari natijalarini mutlaqlashtirish
jarayonida paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |