Xususiy ilmiy metodlar
–
materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda
qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui.
Mexanika, fizika,
kimyo, biologiya va
ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy
fanlar
metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish
vositalari: mikrofizikada zarralarni
tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon
metodologik
tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |