Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi


Amaliyotning  tarkibiy  qismlari



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   643
Bog'liq
Mantiq

Amaliyotning  tarkibiy  qismlari: 

1)  maqsad;  2)  maqsadga  muvofiq  faoliyat;  3)  amaliyot  vositalari;  4) 

amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar

.

 

Maqsad sub’ektga yoki odamlar guruhiga xos. 

Maqsad 

–  erishish  mo‘ljallangan  kelajakning  sub’ektiv  obrazi. 

Pirovard  maqsad  muqarrar  tarzda  muayyan 

predmetlarga  bog‘lanadi,  deb  o‘ylash  yaramaydi.  Insonning  chegara  bilmas  intilishi

 

bilan  tavsiflanadigan 

ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad haqidagi falsafiy ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot 

o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi



 

odamning faoliyatidir. SHu sababli  u maqsadga muvofiq  faoliyat  hisoblanadi.



 

Bu  faoliyatning  o‘zi  maqsad  timsoli  sifatida  amal  qiladi.  Bu  erda  sub’ekt  muqarrar  tarzda  g‘ayri  niyatni 

emas, balki kuchni tan oladigan tabiat bilan

 

to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi.  



Maqsadga  erishish  uchun  ishga  solinadigan  hamma  narsa  amaliyot  vositasi  deb  ataladi

.  Bu  nafaqat 

mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir. Harakat qaratilgan narsa 

amaliyot  ob’ekti  deb  ataladi.  Faoliyat  mahsulotda  to‘xtaydi,  maqsad  ro‘yobga  chiqadi.  Ro‘yobga  chiqqan 

maqsad

 

maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy harakat bajariladi. Amaliy



 

harakatlar estafetasi 

inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi.

 

Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga yo‘ldosh bo‘lgan 

emotsional  va  oqilona  jihatlarni  baholash  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Amaliyot  haqiqat  mezoniga  aylanadi. 

Amaliyot  haqiqatning  birdan-bir  mezoni  emas,  biroq  u  haqiqatni  baholashning  bosh  mezonlaridan  biri 

sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini, uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi 

lozim.  Amaliyot  tarkibida  har  xil  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  nisbatan  mustaqil  jihatlar  mavjud  bo‘lib  ular 

falsafiy  ta’limotlar  mazmunida  o‘z  aksini  topadi.  Kantchilar  amaliyotni  tahlil  qilishda  sub’ektning 

faolligidan kelib chiqadilar. Markschilar amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaholanki, amaliyot 

yaxlit hodisa bo‘lib, bu erda hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va 

ular  o‘rtasida  subordinatsiya  o‘rnatish  doim  ham  o‘rinli  bo‘lavermaydi.Dunyodagi  barcha  narsalar  va 

hodisalar  kabi  amaliyot  ham  u  yoki  bu  darajada  rivojlangan  shakllarda  mavjud  bo‘ladi.  Nafaqat  ijtimoiy 

ishlab  chiqarish,balki  insonning  har  qanday  faoliyati  amaliyot  hisoblanadi.  Masalan,  individual  tafakkur 

jarayoni  ham  amaliyotdir.  Amaliyotda  nafaqat  ishchi  va  muhandis,  balki  siyosatchi,  olim,  xullas,  har  bir 

odam  ishtirok  etadi.  Agar  tabiiy  jarayonlar  inson  faoliyati  sohasi  bilan  bog‘liq  bo‘lmasa,  ular  amaliyot 

sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z 

yuritiladi,  demak,  nazariya  amaliyotga  zid  bo‘lishi  mumkin.  Boshqa  bir  yondashuvga  ko‘ra,  yaxshi 

nazariyadan  amaliyroq  narsa  yo‘q.  Nazariya  va  amaliyot  o‘rtasidagi  soxta  tafovutni  bartaraf  etish  emas, 

balki  amaliyotni  rivojlantirish,  uning  samaradorligini  oshirish  muhim  vazifadir.  Samarali  ish  ko‘radigan 

sub’ekt  va  jamiyat  yaxshi  amaliyotchidir.  Amaliyot  shakllariga  kelsak,  ular  inson  faoliyatining  tarkibiga 

muvofiq  ancha  ko‘p.  Masalan,  iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy,  ma’naviy  hayot  amaliyoti,  san’at  va  fan 

amaliyoti,  til  amaliyoti  va  hokazolar  bor.  Falsafa  amaliyotga  kategoriyalar,  ya’ni  amaliyotning  barcha 

shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi. 

5.


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish