Nisbiy haqiqat
–
borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha mos emasligi bilan ajralib
turadigan bilim
. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq
noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan tarixiy shart-
sharoitlari bilan
cheklangan haqiqatdir.
Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy
haqiqatlar bi lish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi bo‘lgan mutlaq
haqiqatga yaqin lashadi.
Isbotlash va rad etish.
Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan ko‘rinib
turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi idrokidangina
foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati yo‘q. Fanning aksariyat
qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan alohida emas, balki mantiqiy
tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul
qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi. Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar
(dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi yoki soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida
tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini aniqlash – rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va
isbotlanayotgan tezisning haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi.
Asoslar va dalillar ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan
tashkil topadi.
Yolg‘on
haqiqatning qarama-qarshisi.
YOlg‘on odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni bila turib
haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi.
YOlg‘on kundalik va ijtimoiy hayotda keng tarqalgan
bo‘lib, odamlar o‘zaro
aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u individlar va ijtimoiy guruhlar
manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy munosabatlar funksiyasidir. Gap yolg‘on
mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot tajribasi
uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har
bir muayyan holda uning ulushi qanchaligidadir.
Beruniy fikricha, «SHunday kishilar bo‘ladiki, ularning
tabiatiga yolg‘on
xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‘ladi va
yolg‘on
xabar tarqatmasdan turolmaydi... Ba’zan kishi yolg‘on xabar tarqatuvchiga
taqlid qilib, bilmasdan yolg‘on
xabar tarqatadi. Bu xabarchilar birinchi marta
ataylab yolg‘on xabar tarqatgan kishi bilan eng keyin yolg‘on
xabarni eshituvchi
oralig‘ida vositachi bo‘ladilar. YOlg‘onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi,zulm,
yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini hiyla bilan
bosib olish, o‘g‘irlik, dunyo va
xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon
xulqlarni kishilar yaxshi qilib ko‘rsatadilar»
24
.
Beruniy insonni rostgo‘ylik
qolib, yolg‘onchilik yo‘lidan yurmasligi, boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshilik
qilish imkoniyati bo‘lmasa, yaxshi tilaklar izhor qilishga chorlaydi. Rostgo‘ylik,odillik, Beruniy fikricha,
yuksak ma’naviyat, go‘zal odob – axloq belgisidir.
Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‘on
bolada jazodan qutulib
qolishga harakat qilish, kattalar o‘rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi.
Keyinchalik bunga jamiyat kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida
ehtiroslar, shu jumladan, muhabbat tobora kengroq o‘rin egallay boshlaydi. Muhabbat «son-sanoqsiz
yolg‘onni vujudga keltiradi. Oshiq odam o‘zining narxini oshirish uchun yolg‘on so‘zlaydi, o‘z raqibining
23
Қаранг: S.М. Hotamiy. Islom tafakkuri tarixidan. –Т.: «Minhoj», 2003 y. 126-b.
24
Beruniy. Hindiston. –Т.: «Фан», 1966 y. 25-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |