Bifurkatsiya
ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini nazarda
tutadi
. (Masalan, bitta oila negizida yangi oila paydo bo‘ladi va yangi oila o‘zining rivojlanish tamoyillariga
ega bo‘ladi). Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin.
I.Prigojinning fikriga ko‘ra,
bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. N.Moiseevning fikricha, «ijtimoiy
tizimning har
bir holati bifurkatsiya holatidir».
Kumatoid –
suzayotgan ob’ektni anglatadi va ob’ektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga
kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek, yo‘qolishi,parchalanishi mumkin.
U o‘zining barcha elementlarini
birvarakay emas, balki
o‘ziga xos «hissiy-o‘ta hissiy» tarzda namoyon etadi. Masalan, tizimli ob’ekt –
o‘zbek xalqini ma’lum vaqt, makon bo‘lagida ifoda etish va mahalliylashtirish
mumkin emas. Boshqacha
qilib aytganda, ob’ektni yaxlit ifoda etish uchun o‘zbek
xalqining barcha vakillarini yig‘ish mumkin emas.
Shu bilan birga, mazkur ob’ekt soxta emas, realdir. Uni kuzatish, o‘rganish mumkin. U butun sivilizatsion
tarixiy jarayonning yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Yana bir
misol – talabalar guruhi. U dam
paydo bo‘ladigan, dam ko‘zdan yo‘qoladigan suzuvchi ob’ekt sifatida o‘zaro aloqalarning deyarli barcha
tizimlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan keyin guruh yaxlit ob’ekt
sifatida
mavjud bo‘lmaydi, ammo institutsiyaviy belgilangan ma’lum vaziyatlar (guruh raqami, talabalar soni, guruh
tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi va o‘z-o‘zini identifikatsiya qiladi.
Bundan tashqari,mazkur kumatoid guruh a’zolari o‘rtasidagi do‘stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan
ham qo‘llab-quvvatlanadi.
Xulosalar.
SHunday qilib, metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog‘liq
bo‘lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur
metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak»
26
. Metodologiya alohida metodlarning oddiy
yig‘indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning
faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik, imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab,
yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.
Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab,
dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan
shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
26
Гейзенберг В. Физика и философия. Часть и целое. –М.: 1989 г. с. 85.
Do'stlaringiz bilan baham: |