224
Biz, o‘tkazgan auditorlik tekshiruvimiz fikr bildirishimiz uchun asosga ega
deb hisoblaymiz.
Tekshiruvda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan _________ million
so‘mlik summa xarajatlarga noqonuniy olib borilgan bo‘lib, amaldagi qonunchilik
buzilganligi va moliyaviy hisobot buzib ko‘rsatilganligi aniqlandi.
Yakunlovchi qism
.
Biznig fikrimizcha, ____________________________ ning
(Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi)
Moliyaviy hisobotida aks ettirilgan moliya-xo‘jalik
faoliyati natijalari
to‘g‘risidagi axborotlar ishonchli emas.
Auditorlik tashkiloti rahbari___________
(imzo)
Auditorlar: (imzolar) «___»_________________20 y. M.O‘.
Salbiy auditorlik xulosasi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan
sodir etilgan moliyaviy va xo‘jalik muomalalari moliyaviy hisobotda
ishonarli aks ettirilgan, ammo qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda
ham tuziladi.
Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tuzatilganda
salbiy auditorlik
xulosasi tuzilmaydi.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining sifati to‘g‘risida
ishonch bilan auditorlik xulosasi tuza olish uchun yetarli darajada
ishonchli dalillar to‘play olmagan vaqtda xulosa tuzilmaydi. Bunday
holat auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi oqibatida moliyaviy
hisobot to‘g‘risida fikr bildirish uchun auditorlik dalil-isbotlar yetarli
bo‘lmaganida yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq shartnoma
tuzuvchi auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona tadbirkorlik subyektlari
sifatida teng huquqli bo‘lsa ham, maqomi bo‘yicha teng huquqli bo‘la
olmaydilar, chunki auditorlik tashkiloti tekshiriladigan xo‘jalik tizimini
nazorat
qiladi.
Bunda
mijoz-korxona
ma’muriyati auditorlik
tashkilotining xulosa tuzishdan voz kechish ehtimoli oldindan aniqlanib
qo‘yilishiga rozi bo‘lishi lozim degan xulosa kelib chiqishi mumkin.
Umuman olganda, bunday
ehtimollik juda kam uchraydi, ammo
qonunchilikda belgilab qo‘yilgan.
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ayrim maxsus hollarda
yuzaga keladi. Bular: auditor mustaqilligini yo‘qotishi, balans tuzilgan
sanadan keyingi sodir bo‘lgan jiddiy hodisalar yoki vaziyatning
225
noaniqligi, Xo‘jalik
yurituvchi subyekt tomonidan, yoki ayrim
murakkab vaziyatlar tufayli audit o‘tkazish sohasining cheklab
qo‘yilishi.
Auditorning xulosa tuzishdan voz kechishi yozma ravishda, 700-
sonli AXSda ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha
rasmiylashtirilib, uning
mazmuni juda ham puxta asoslangan bo‘lishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi - bu xo‘jalik
yurituvchi subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab
qo‘yilgan
auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash
uchun yetarli deb hisoblaydigan hajmda o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga
qaratilgan
ochiqdan-ochiq
ko‘rsatadigan
xatti-harakatlari
yoki
harakatsizligidir.
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ariza ko‘rinishida bo‘lib,
«Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish
to‘g‘risidagi arizasi» deb nomlanadi va quyidagi shaklda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: