222
hisobotda unchalik ahamiyatli kamchiliklar yo‘qligi to‘g‘risida yetarli darajada
ishonchni ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy
hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka
hamda moliyaviy Xo‘jalik faoliyatining haqiqiy
ahvoliga muvofiqligini
baholashdan iborat.
Biz, o‘tkazgan auditorlik tekshiruvimiz fikr bildirishimiz uchun asosga ega
deb hisoblaymiz.
Yakunlovchi qism
. Biznig fikrimizcha, _____________________ning
(Xo‘jalik
yurituvchi
subyekt nomi)
moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi va mazkur
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan sodir etilgan moliyaviy va Xo‘jalik
muomalalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq.
Auditorlik tashkiloti rahbari___________
(imzo)
Auditorlar________________
(imzolar)
«___»_________________20 y. M.O‘.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning
moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ishonarli ma’lumot
bermagan va
buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo‘jalik
faoliyati hisobi
amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda
yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o‘z vaqtida
tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi
mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik
amaliyotida kamdan-
kam uchraydigan holat bo‘lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar
sabab bo‘lishi mumkin:
- auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-
kamchiliklar jiddiy va salmoqli bo‘lgan holatlar;
ayrim mijoz-
korxonalarda bunday holatlar ularning iqtisodiy nochorligi bilan
birgalikda yuzaga, xatto amal qilayotgan korxona prinsipining
buzilishiga yetib boradi;
- moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan dastlabki
hujjatlar, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
va hisob registrlari hamda
boshqa hujjatlarning katta qismi korxona ma’muriyati tomonidan taqdim
etilganda; bunda auditorlik tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib
chiqqan holda 700-sonli AXS ga muvofiq, auditorlik xulosasi tuzishdan
voz kechishi ham mumkin;
- ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to‘sqinlik qiladigan boshqa
223
obyektiv vaziyatlar ham, xususan, vaziyat
taqozosi vujudga keladigan
cheklashlar;
- mijoz-korxona ma’muriyati moliyaviy hisobot ma’lumotlarini
asosan to‘g‘ri deb, auditorlik xato va noaniqliklar to‘g‘risidagi asosiy
xulosalari bilan rozi bo‘lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni
batamom rad etish holatlari va hokazo.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning
moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ishonarli ma’lumot bermagan va
buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo‘jalik faoliyati hisobi
amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda
yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o‘z vaqtida
tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi
mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasini tuzishga, qoidaga ko‘ra, xo‘jalik
yurituvchi subyektning auditorlik tashkiloti
tomonidan aniqlangan xato
kamchiliklarni
bartaraf
qilish
maqsadida
moliyaviy
hisobotga
o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida bildirilgan fikrga noroziligi sabab
bo‘ladi. Masalan.
Do'stlaringiz bilan baham: