220
tekshiruv natijalari bo‘yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O‘zbekiston
Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq tayinlangan ekspertiza
xulosasiga tenglashtiriladi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi
qismdan iborat bo‘lishi lozim.
1. Kirish qismida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;
- litsenziyasining tartib raqami;
- auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya bergan
organ nomi va berilgan vaqti,
shuningdek, litsenziyaning amal qilish
muddati;
- auditorlik tashkilotini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi
guvohnomasining raqami;
- auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti;
- tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik
tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi.
- auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun asos va Xo‘jalik yurituvchi
subyektning umumiy tavsifi.
Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan
o‘tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro‘yxati, sanasi va hisobot davri
ko‘rsatilgan holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek,
kirish qismida,
auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va
ishonchliligi uchun mas`uliyat Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga
yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot bo‘yicha berilgan auditorlik
xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi ko‘rsatilishi
lozim.
2. Auditorlik xulosasining ta’kidlovchi qismida auditorlik xulosasi
AFMS ga muvofiq o‘tkazilganligi ta’kidlanishi lozim.
Ta’kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy
axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka hamda Xo‘jalik
yurituvchi subyekt moliya-Xo‘jalik faoliyatining
haqiqiy ahvoliga
muvofiqligini baholashini ko‘rsatishi lozim. Shuningdek, ta’kidlovchi
qismda o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish uchun yetarli asos
berishi to‘g‘risida auditorlik tashklotining tasdig‘i aks ettirilishi lozim.
3. Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismida Xo‘jalik
yurituvchi
subyektning
moliyaviy
hisoboti
ishonchliligi
va
qonunchilikka muvofiqligini tasdiqlash to‘g‘risida yozuv yoziladi.
Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilganda, auditorlik
tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan
221
boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muxri bilan tasdiqlaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy
qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat
bilan auditorlik xulosasining taxliliy qismi va yakuniy qismi alohida
imzolanishi va muxrlanishi mumkin. Auditorlik xulosasining
ikkita turi
mavjud:
a) ijobiy auditorlik xulosasi;
b) salbiy auditorlik xulosasi.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalteriya balansi va moliyaviy
hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi.
qoidaga ko‘ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo‘jalik
yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va
sodir etilgan moliya-xo‘jalik muomalalarining O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga
kelingan vaqtda tuzilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnoma
tuzuvchi auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona tadbirkorlik subyektlari
sifatida teng huquqli bo‘lsa ham, maqomi bo‘yicha teng huquqli bo‘la
olmaydilar, chunki auditorlik tashkiloti tekshiriladigan xo‘jalik
tizimini
nazorat qiladi.
Misol tariqasida ijobiy auditorlik xulosasining namunaviy shaklini
keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: