226
Agar salbiy xulosa tuzilsa yoki xulosa tuzilmasa,
auditor
ta’kidlovchi qismda tekshiruv natijalarini, aniqlangan amaldagi
qonunchilik buzilishi faktlarini va korxona faoliyatidagi boshqa
kamchilklarni batafsil bayon qiladi.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada auditorlik tekshiruvi
buyurtmachisi, ya’ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi.
Xo‘jalik
yurituvchi
subyektlar
auditorlik
tekshiruvi
yakunlanganidan so‘ng 15 kun ichida
auditorlik xulosasining bir
nusxasini o‘zlari joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim qiladilar.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotda foydalanuvchilar uchun
tushunarli bo‘lib, unda auditorning ikkilanish va (yoki) noroziligidan
kelib chiqqan cheklashlar aniq ko‘rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi
barcha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega
bo‘lgan ochiq axborot hisoblanadi. Auditorlik
xulosasi tegishli
moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda Xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan chop ettirilishi mumkin.
Agar
ko‘rsatilgan
kamchiliklar
buxgalteriya
hisobotining
haqqoniyligiga ta’sir qilmaydigan bo‘lsa, auditor xulosa tuzishga
kirishadi. Aks holda auditor buxgalteriya hisobining yuritilishi va
korxona tomonidan taqdim qilingan hisobotlar to‘g‘riligini tasdiqlashdan
bosh tortishi lozim. Faqat ko‘rsatilgan kamchiliklar tugatilgandan
so‘nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning natijalari bo‘yicha
xulosa tuzish mumkin. Buxgalteriya hisobini
yuritish va hisobot
tuzishdagi kamchiliklarni tugatish uchun korxonaga berilgan vaqt,
odatda, agar bunday ishlarning jiddiyligi va sermehnatligi real
baholansa, ikki-uch oydan oshmasligi lozim.
Auditorga barcha zarur ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan
yoki buzib ko‘rsatilgan holda taqdim etilganligini u bilmagan bo‘lsa,
bunga auditor javobgar hisoblanmaydi. Bu hollarda barcha javobgarlik
zarur
ma’lumotlarni auditorga taqdim etishi lozim bo‘lgan,
tekshirilayotgan korxona ma’muriyati va uning ma’sul
xodimlariga
yuklatiladi.
Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari
oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib
chiqishlari, agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza
yoki qandaydir takliflari bo‘lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan
eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida muhokama qilinishi va
asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e’tiborga olinib,
xulosaning
oxirgi taxririda inobatga olinishi lozim.
227
Korxona bir oy ham o‘tmasdan, qayta tekshirish natijasida ijobiy
xulosa olsa, bu hol auditorlarga ishonchsizlik bildirishga olib kelishi
mumkin. Bu xuddi oylab darsga qatnashmagan, qobiliyatsiz talabaning
imtihonda mutlaqo
savodsizligini namoyon qilib, «qoniqarsiz» baho
olganidan so‘ng, ertasiga ba’zi bir sabablarga ko‘ra «a’lo» bahoga qayta
topshirgani kabi noreal hodisadir.
Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid holat
aniqlanmagan bo‘lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan
ishoralar bilan shakllantirish mumkin emas. Ammo, shunga qaramasdan
korxona ishida suiiste’mol hollari uchrasa, sudlov-tergov organlari
tomonidan
chuqur tekshirilib, ular ochib tashlanadi. Yana bir marta
shuni ta’kidlash lozimki, auditor xulosada faqat qo‘l ostidagi hujjatlar
yoki aniq formulalar, retsepturalar,
normalar, limitlar va boshqa
ma’lumotlarga asoslangan, benuqson, aniq hisob-kitoblar bilan
tasdiqlangan faktlarni keltirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: