151
8.4. Valyuta schyotlariga doir muomalalar auditi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar nafaqat
milliy
valyutadan, balki O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el
valyutasidagi pul mablag‘laridan ham foydalanishlari mumkin.
Xo‘jalik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
boshqaruvining
qarori
1
bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi
banklarida ochiladigan bank schyotlari to‘g‘risida» yo‘riqnoma ga
muvofiq xorijiy valyutada talab qilib olinguncha depozit schyotlarini
hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg‘arma,
muddatli va
boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy valyutadagi turlarini
ochishi mumkin.
Mijozlar tomonidan xorijiy valyutada talab qilib olinguncha
depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha,
jamg‘arma, muddatli va depozit schyotlarning
xorijiy va boshqa milliy
valyutadagi turlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim
qilinadi:
1) tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
a) schyot ochish to‘g‘risida ariza;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning
nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha.
2) tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar,
jumladan budjet tashkilotlari tomonidan:
a) schyot ochish to‘g‘risida ariza;
b) soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining
identifikatsiya
raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha.
3) norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan:
a) schyot ochish to‘g‘risida ariza;
b) agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha;
4) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan:
a) schyot ochish to‘g‘risida ariza;
b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan
hujjatlar) taqdim qilinadi.
1
2001 -yil 6 -oktabrdagi 5/4-son (1-son) qarori.
152
Hujjatdagi ma’lumotlar schyot ochish to‘g‘risidagi arizaga
yoziladi.
Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari
ochilgan schyot mavjud
bo‘lsa, faqat schyot ochish to‘g‘risida (belgilangan shaklda) ariza taqdim
qilinadi.
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar to‘lovi uchun quyidagi xorijiy
valyutalar qabul qilinishi mumkin:
- AQSh dollari;
- Ingliz funt sterlingi;
- EVRO;
- Shveytsariya franki;
- Yapon ienasi.
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishda mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni
xorijiy valyutada oladilar. Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy
valyutada amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarni
amalga oshirish
uchun ular O‘zbekiston va chet el banklarida valyuta schyotlarini
ochadilar. Xorijiy valyuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks
etish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi
va Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi
tomonidan 2001-yil 16-noyabrda 1085-son bilan ro‘yxatga
olingan
«Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va
boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom» bilan tartibga
solinadi.
Valyuta
operatsiyalarining
buxgalteriya
hisobi
chet
el
valyutasining har bir turi (AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va
boshqalar) bo‘yicha alohida olib boriladi va Xo‘jalik operatsiyalari
amalga oshirilgan sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
belgilagan kurs bo‘yicha «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» va
«Chet eldagi valyuta schyotlari» schyotlarida so‘m
ekvivalentida aks
ettiriladi»
1
.
Bankdagi valyuta schyotlari bo‘yicha muomalalarni tekshirish
mobaynida auditor quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim
(8.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: