Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
 
 
1
Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003., 207- b. 
2
Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004., 66-67 b. 


151 
8.4. Valyuta schyotlariga doir muomalalar auditi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar nafaqat 
milliy valyutadan, balki O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el 
valyutasidagi pul mablag‘laridan ham foydalanishlari mumkin. 
Xo‘jalik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 
boshqaruvining qarori
1
bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi 
banklarida ochiladigan bank schyotlari to‘g‘risida» yo‘riqnoma ga 
muvofiq xorijiy valyutada talab qilib olinguncha depozit schyotlarini 
hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va 
boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy valyutadagi turlarini 
ochishi mumkin. 
Mijozlar tomonidan xorijiy valyutada talab qilib olinguncha 
depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, 
jamg‘arma, muddatli va depozit schyotlarning xorijiy va boshqa milliy 
valyutadagi turlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim 
qilinadi: 
1) tadbirkorlik subyektlari tomonidan: 
a) schyot ochish to‘g‘risida ariza; 
b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning 
nusxasi; 
v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha.
2) tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar, 
jumladan budjet tashkilotlari tomonidan: 
a) schyot ochish to‘g‘risida ariza; 
b) soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya 
raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha. 
3) norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan: 
a) schyot ochish to‘g‘risida ariza; 
b) agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami 
berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; 
v) imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha; 
4) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan: 
a) schyot ochish to‘g‘risida ariza; 
b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan 
hujjatlar) taqdim qilinadi. 
1
2001 -yil 6 -oktabrdagi 5/4-son (1-son) qarori. 


152 
Hujjatdagi ma’lumotlar schyot ochish to‘g‘risidagi arizaga 
yoziladi. 
Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mavjud 
bo‘lsa, faqat schyot ochish to‘g‘risida (belgilangan shaklda) ariza taqdim 
qilinadi. 
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar to‘lovi uchun quyidagi xorijiy 
valyutalar qabul qilinishi mumkin: 
- AQSh dollari; 
- Ingliz funt sterlingi; 
- EVRO; 
- Shveytsariya franki;
- Yapon ienasi.
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshirishda mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni 
xorijiy valyutada oladilar. Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy 
valyutada amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarni amalga oshirish 
uchun ular O‘zbekiston va chet el banklarida valyuta schyotlarini 
ochadilar. Xorijiy valyuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks 
etish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi 
va Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi 
tomonidan 2001-yil 16-noyabrda 1085-son bilan ro‘yxatga olingan 
«Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va 
boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom» bilan tartibga 
solinadi. 
Valyuta 
operatsiyalarining 
buxgalteriya 
hisobi 
chet 
el 
valyutasining har bir turi (AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va 
boshqalar) bo‘yicha alohida olib boriladi va Xo‘jalik operatsiyalari 
amalga oshirilgan sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 
belgilagan kurs bo‘yicha «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» va 
«Chet eldagi valyuta schyotlari» schyotlarida so‘m ekvivalentida aks 
ettiriladi»
1

Bankdagi valyuta schyotlari bo‘yicha muomalalarni tekshirish 
mobaynida auditor quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim
(8.3-jadval). 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish