Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobraqamiga o‘tkazmalar bo‘yicha



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobraqamiga o‘tkazmalar bo‘yicha 
buxgalteriya yozuvlari 
T/

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni 
Schyotlar korrespondensiyasi 
Debet 
Kredit 
1. Daromad hisoblab yozilgan 
2010, 2310
va boshqa schyotlar 
6710 
2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq hisoblab 
yozilgan 
6710 
6410 
3. Jamg‘arib boriladigan hisobvaraqqa 1 % aks 
ettirildi 
6410 
6530 
4. Jamg‘arib boriladigan pensiya badalini Xalq 
banki hisobraqamlariga o‘tkazish aks ettirildi 
6530 
5110 
5. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan 
soliq summasi budjetga o‘tkazildi 
6410 
5110 
Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va 
nazorat qilish hamda ish haqini hisoblash bo‘yicha audit o‘tkazganda 
auditor dastlabki hujjatlar, ya’ni: naryadlar, marshrut haritalar, yo‘l 
varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo‘yicha 
dalolatnomalar va boshqalarni, korxonada ish mahsullari va ishbay 
haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda 
barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim. 
Vaqtbay mehnatga haq to‘lashda tarif stavkalar va kontraktlar 
sharti to‘g‘ri qo‘llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi 
to‘g‘risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo‘yicha boshqa 
hujjatlarni tekshirganda ularga uydirma (soxta) shaxslar kiritish hollari 
mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi 
bo‘yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish 
tabellardagi ishchilar familiyalarini xodimlar bo‘limidagi shaxsiy 
tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki 
hujjatlar bo‘yicha avval to‘langan summalar qayta hisoblanganligi, 
aynan bir shaxslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-
to‘lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi. 
Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibida bo‘lmagan va qisqa 
muddat ishlagan shaxslarga yozilgan naryadlar hamda sifatsiz ishlarni, 
yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo‘yicha naryadlar alohida diqqat bilan 
tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini 
tekshirganda arifmetik hisoblar to‘g‘riligiga katta e’tibor qaratiladi. 
Auditorlik tekshiruvi vaqtida xodimlarni rag‘batlantirishga 


140 
qaratilgan turli to‘lovlar, ya’ni: ma’lum bir davrda ishlaganligi natijasiga 
ko‘ra mukofotlar, tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda 
ishlaganligi uchun qo‘shimcha to‘lov va ustama haqlar, ishlamagan vaqt, 
mehnat ta’tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun 
to‘lovlar hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilganiga alohida e’tiborni 
qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korxonada ichki moddiy 
rag‘batlantirish va turli qo‘shimcha to‘lovlar va mukofotlarni hisoblash 
to‘g‘risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi 
kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug‘i 
bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to‘g‘risidagi ichki Nizomning 
tamoyillariga muvofiq bo‘lishi lozim. 
O‘rtacha ish haqiga asoslangan hisoblar to‘g‘riligini tekshirganda 
o‘rtacha ish haqi to‘g‘ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli 
to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan 
kamchilik va xatolar bo‘yicha buxgalter tegishli tuzatishlarni kiritishi 
lozim.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish