Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

Takrorlash uchun savollar 
 
1.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar auditida qanday 
me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi? 
2.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan xatolar 
nimalardan iborat? 
3.
Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlari qanday 
tekshiriladi? 
4.
Hisoblangan mehnat haqi va undan ushlanma va to‘lovlar 
to‘g‘riligini qanday tekshiriladi? 
5.
Xodimlar 
mehnatiga 
haq 
to‘lash 
hisobini 
to‘g‘ri 
rasmiylashtirilishini tekshirish qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi? 
6.
Asosiy 
ishlab 
chiqarishdagi 
xodimga 
mehnat 
haqi 
hisoblanganda qanday buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiriladi? 
7.
Xodimning daromadidan soliq summasi qanday tartibda 
hisoblanadi? 
8.
Korxonaning asosiy shtatida bo‘lmagan ishchilar tomonidan 
bajarilgan ish, xizmatlar hajmi qanday tekshiriladi? 
9.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xatoliklar aniqlanganganda 
auditorning xatti-harakatlari qanday bo‘ladi? 
10.
Boshqaruv xodimlarining maoshlariga sarflangan mablag‘lar 
qaysi xarajatlar tarkibiga olib boriladi?


141 
8-MAVZU. PUL MABLAG‘LARI HARAKATI BILAN BOG‘LIQ 
MUOMALALAR AUDITINING USLUBI 
 
8.1. Pul mablag‘lari auditning maqsadi, vazifalari va ma’lumot 
manbalari 
Kassa muomalalarini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Banki Boshqaruvining 1998 - yil 24 - yanvardagi 376-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga 
oshirish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq, 
barcha yuridik shaxslar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘zlarining 
pul mablag‘larini bank muassasalarida saqlashlari shart. 
«Yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq fuqarolar ishtirokidagi hisob-
kitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi. 
Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar 
qanday maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, faqat shunga sarflanadi. 
Tashkilotlar o‘z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig‘i limitlari 
doirasida naqd pullarga ega bo‘lishlari mumkin. Kassalardagi naqd 
pullar qoldig‘i limitlari va tushumni ishlatish me’yorlarini bank 
muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda 
belgilaydi. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik 
xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bundan mustasno. 
Zarur bo‘lgan hollarda ko‘rsatilgan limitlar qayta ko‘rib chiqilishi 
mumkin. 
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar savdo va maishiy xizmatlar 
sohasi tashkilotlarining tushumdan ish haqi, pensiya va nafaqalar 
to‘lashga foydalanishlari man etiladi»
1

Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir 
ajratiladi. U o‘zi qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi 
uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. 
Pul mablag‘larini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning asosiy 
maqsadi: korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valyutadagi 
(5020) naqd pul mablag‘larini, bankdagi hisob-kitob (5110), valyuta 
(5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610) 
1
«Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari». O’zR markaziy banki boshqaruvi 
tomonidan 1998-yil 24-yanvarda 376-son (1/16-son bayonnoma) bilan tasdiqlangan. Mazkur qoidalarga 
quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan: O’zR AV 30.07.1999 y. 565-1-son bilan ro’yxatga olingan 1-son 
qo’shimcha, O’zR AV 14.12.1999 y. 565-2-son bilan ro’yxatga olingan 2-son qo’shimcha, O’zR AV 31.07. 2000 y. 
565-3-son bilan ro’yxatga olingan 3-son o’zgartish va qo’shimchalar, O’zR AV 03.04.2003 y. 565-4-son bilan 
ro’yxatga olingan O’zR MBB qarori, O’zR AV 05.03.2004 y. 565-5-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MBB qarori. 


142 
hamda yo‘ldagi pul (o‘tkazmalari) mablag‘lari (5710) schyotlariga doir 
muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib, moliyaviy hisobotning 
«Pul mablag‘lari» bo‘limi bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va 
bankdagi schyotlarda pul mablag‘larini hisobga olish uslubiyotining 
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga 
muvofiqliligi to‘g‘risida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va 
ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks 
ettirilishi hamda qonuniyligini ta’minlashdan iborat. 
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal 
etish zarur:
- inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan kassadagi mavjud pul 
mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar miqdori va summalarining haqiqiy 
qoldig‘ini aniqlash; 
- kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar 
tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari» ga rioya 
qilinayotganligini aniqlash; 
- bank muassasasidagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus 
schyotlar bo‘yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish; 
- o‘tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa 
qilish. 
Fanga oid o‘quv adabiyotida pul mablag‘lari auditorlik tekshiruvini 
o‘tkazishning maqsadi quyidagicha ifodalangan:
«Tekshiruvning asosiy maqsadi - pul mablag‘lari oqimini aks 
etuvchi schyotlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, 
ishonchliligi va Xo‘jalikni samarali yuritish maqsadlariga muvofiqligini 
aniqlashdir. 
Tekshirish maqsadlari va foydalanadigan ma’lumot manbalari pul 
mablag‘lari turlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi. Chunonchi, kassa 
operatsiyalari auditi o‘tkazilganda tekshiruv maqsadi quyidagilarga 
rioya qilinganligini aniqlashdan iborat: 
- naqd pul va boshqa boyliklar kassada but saqlanishi, ularni 
bankdan olib kelishda saqlash sharoitlari; 
- chek daftarchalari belgilangan tartibda saqlanishi, chekdan 
ko‘chirmalar va ular bo‘yicha pul olish tartibi; 
- kassaga pul kirim qilish va undan pul berish operatsiyalarini 
hujjatli rasmiylashtirish qoidalari; 
- kassada naqd pul limit chegarasida saqlanishi hamda xizmat 
safarlari, Xo‘jalik xarajatlari va boshqa ehtiyojlar uchun hisobotli pul 
berilishi; 


143 
- banklardan, yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pul va 
tushumlar o‘z vaqtida va to‘liq kirim kilinishi; 
- kassa operatsiyalarini amalga oshirishda kassa intizomiga rioya 
qilinishi; 
- kassa operatsiyalari hisobi va kassa daftarini yuritish, kassada 
saqlanayotgan boshqa boyliklar bo‘yicha tahliliy hisob daftarlari 
yuritilishi; 
- jo‘natilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) va boshqa moddiy 
boyliklar uchun yuridik shaxslar bilan naqd pul orqali hisob-kitob qilish 
tartibi; 
- banklardan chek orqali olingan naqd pul maqsadga muvofiq 
ishlatilishi; 
- ish kuni yakunlangandan keyin limitdan ortiq bo‘lgan naqd pul 
banklarga to‘liq qaytarilishi; 
- ishonch qog‘ozlari rasmiylashtirilmasdan turib begona shaxslarga 
naqd pul berish holatlari mavjudligi. 
Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma’lumot manbasi quyidagilar 
hisoblanadi: 
- naqd pullarni kirim qilish va berish bo‘yicha dastlabki hujjatlarni 
rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2); 
- kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini 
ro‘yxatga olish daftari (KO-3, KO-Za); 
- kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar; 
- 5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 - «Hisob-kitob 
schyoti», 5610 - «Pul ekvivalentlari» (turlari bo‘yicha), schyotlari, 006 - 
«Qat’iy hisobot blankalari» balansdan tashqari schyoti va boshqa hisob-
kitob schyotlari bilan korrespondentlangan schyotlar bo‘yicha hisob 
registrlari, balanslar va boshqa hisobot shakllari»1. 
Yana bir guruh olimlarning fikrlariga ko‘ra, ushbu muomala 
bo‘yicha auditning birinchi galdagi vazifasi quyidagicha, «Kassada 
amalga oshirilgan Xo‘jalik operatsiyalari audit nazoratida birinchi 
bajariladigan 
vazifa 
kassadagi 
naqd 
pullar 
holatini 
nazorat 
o‘tkazilayotgan kun holatiga dalolatnoma bilan rasmiylashtirishdir. 
Kassadagi pul mablag‘larining audit uchun asosiy manba bo‘lib kirim-
chiqim kassa orderlari, kassa kirim-chiqim orderlarini ro‘yxatga olish 
daftari, kassa daftari, kassir hisoboti sanaladi».

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish