Mavzu: Ishlab chiqarish zahiralari auditida inventarizatsiya va uni qo’llash usullari.
Reja:
Inventarizatsiyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
KIRISH
Mamlakatimizda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini qo’llab quvvatlash, hamda ularning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatini takomillashtirib borish dolzarb masala hisoblanadi. Chunki xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy jihatdan rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligining ortishi bevosita iqtisodiyotning taraqqiy ettirishining muhim omili hisoblanadi. Oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulotda xususiy sektorning ulushi doimiy ravishda ortib kelmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasi o’laroq bugungi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida tub burilishlar, yangilanishlar, kundan-kunga keng quloch yozmoqda. Iqtisodiy islohotlarning eng ustuvor jihatlaridan biri sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor qaratildi. Buning natijasida YAIM tarkibida aynan shu sohaning ulushi va unda mehnat qilayotganlar soni yildan yilga o’sib, oshib bormoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan tovar-moddiy zaxiralari hisobini to‘g‘ri yuritish, ularning tannarxini to‘g‘ri shakllantirish, xom-ashyo va materiallarni xarajat moddalari bo‘yicha to‘g‘ri tasniflash, tayyor mahsulot va tovarlarni yuqori foydalilik darajasida sotish yo‘llarini izlash, ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan muomalalarning to‘g‘ri, aniq va qonuniyligini auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish, shuningdek moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish yordamida ichki foydalanilmayotgan rezervlarni qidirib topish hamda ularni ishlab chiqarishga safarbar etish kabi bir qancha masalalar shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo'lib hisoblanadi. Chunki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va pirovardida, mahsulot tannarxini kamaytirish orqali yuqori samaradorlikka hamda moliyaviy barqarorlikka erishish mumkin.
Hozirgi kunda turli mulkchilik shakllangan asosiy korxonalarda asosiy e’tiborni ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning rentabellik darajasini oshirish, tannarxni pasaytirish hamda pirovardida yalpi daromad, sof tushum hamda sof foydani ko’paytirishga qaratilgandir. Hozirgi kunda kelib korxonalarda asosiy xarajatlar qismining oshishi, xarajatlarning oshishi esa korxonalarning moliyaviy natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlatilishi, ishlab chiqarish jarayonida yangi mahsulotga o’tkazilib yuborilishi, ularning harakatini hisobda to’g’ri aks ettirishimiz zarur. Ishlab chiqarish zaxiralarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda oborot mablag’lari guruhida hisobga olib boriladi. Bularning aksi buxgalteriya balansi aktiv tomonida yuritiladi. Ishlab chiqarish zaxiralar ishlab chiqarish korxonalarda xarajatlar qismini asosini tashkil qiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar Ishlab chiqarish zaxiralar holatini tahlil etganda quyidagi ko’rinishdagi sxemalarda baho berish mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar amaliyotida tovar-moddiy zaxiralarning uch turi mavjud. (1-chizma.)
Do'stlaringiz bilan baham: |