Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

8.3. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi 
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va kassa 
xizmatlarini ko‘rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar 
hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va xorijiy valyutadagi talab 
qilib olinguncha depozit schyotlar hamda depozit schyotlarning boshqa 
turlarini ochish huquqiga egalar. 
Banklarda schyotni ochish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Banki boshqaruvining 2001 - yil 6 -oktyabrdagi 25G‘4-son (1-son) 
qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi banklarida 
ochiladigan bank schyotlari to‘g‘risida yo‘riqnomaga (O‘zR AV 
29.09.2003 y. 1080-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MB Boshqaruvi 
qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan) asosan amalga oshiriladi. 
Ushbu yo‘riqnomaga muvofiq, bank (schyoti) schyoti deganda, 
bank schyoti shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (schyot egasi) 
schyotiga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, 
mijozning schyotidagi tegishli mablag‘larni o‘tkazish va berish hamda 
schyot bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi 
farmoyishlarni bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank 
bilan mijoz o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar tushuniladi.
Bank schyotlari quyidagi turlarga bo‘linadi: 


149 
a) talab qilib olinguncha (asosiy va ikkilamchi) depozit schyotlar; 
b) jamg‘arma depozit schyotlar; 
v) muddatli depozit schyotlar; 
g) depozit schyotlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo‘yicha 
muddatsiz foizsiz depozitlar va shu kabilar); 
d) ssuda schyotlari. 
Mijoz tomonidan har qanday schyot ochilayotganda bank schyotiga 
xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuziladi. Bank schyoti shartnomasi 
bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlar Fuqarolik kodeksi va boshqa 
qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xo‘jalik yurituvchi 
subyektning birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib 
olinguncha depozit schyoti uning asosiy schyoti hisoblanadi. Mijozlar 
qonunchilik asosida bir yoki bir necha banklarda ikkilamchi talab qilib 
olinguncha depozit schyotlari ochishlari mumkin. 
Mijozlar tomonidan schyotlar ochish uchun bankka ushbu 
YO‘riqnomada ko‘zda tutilgan zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan 
boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga schyotlar ochishi 
shart (O‘zR AV 29.09.2003 y. 1080-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR 
MB Boshqaruvi qarori tahriridagi xat boshi). 
«Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi 
milliy va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni hamda ularga ilova qilingan soliq hisobotini tekshirishdan 
boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochilgan schyotlar soni va raqami 
hamda qaysi bankda ochilganligi aniqlanadi. Bu ma’lumotlar auditorga 
barcha schyotlar bo‘yicha bank ko‘chirmalarini va har bir schyot 
bo‘yicha hisob registrlarini tekshirish uchun kerak bo‘ladi. 
So‘ngra 
auditor 
korxona 
va 
bank 
o‘rtasidagi 
o‘zaro 
munosabatlarning yuridik asoslarini aniqlaydi, bank xizmati ko‘rsatish 
to‘g‘risidagi shartnomaning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi. 
Bankdagi schyotlar bo‘yicha pul mablag‘lari kirimi va chiqimiga 
doir 
muomalalar 
bankda 
tegishli 
dastlabki 
hujjatlar 
bilan 
rasmiylashtiriladi. Ushbu dastlabki hujjatlarning shakllari va to‘ldirish 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki yo‘riqnomalarida 
belgilangan. Bunday hujjatlarga quyidagilar kiradi: 
- bank ko‘chirmalari (bank tomonidan tasdiqlanib ilova qilingan 
hisob-kitob to‘lov hujjatlarining shakllari bilan);
- to‘lov topshiriqnomasi; 
- to‘lov talabnomasi; 


150 
- to‘lov orderi; 
- inkassa topshiriqnomasi (farmoyishi); 
- hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish uchun ariza; 
- valyutani majburiy sotish uchun topshiriqnoma; 
- valyuta sotib olish uchun topshiriqnoma; 
- rezidentning sotib olingan valyutani so‘mga aylantirish 
to‘g‘risidagi farmoyishi va boshqalar;
- bank hisob-kitob hujjatlariga ilova qilinadigan va amalga 
oshirilgan 
muomalalarning 
qonuniyligini 
asoslovchi 
dastlabki 
hujjatlar»
1

Yuqoridagilarga 
asoslanib, 
auditor 
hujjatlarning 
to‘g‘ri 
rasmiylashtirilishini tekshiradi, hujjatlarni arifmetik tekshiruv va 
bankdagi schyotlar bo‘yicha amalga oshirilgan muomalalarning 
qonuniyligini tekshiruvdan o‘tkazadi. 
«Bank operatsiyalarini tekshirishda auditor banklarda hisob-kitob 
va boshqa schyotlar mavjudligi va bank operatsiyalarini amalga 
oshirishda amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini tekshiradi. 
Tekshiruv korxona tomonidan banklarda ochilgan barcha schyotlar 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Tegishli schyotlar bo‘yicha ko‘chirmalarda 
qayd etilgan mablag‘lar qoldig‘i hisobda mavjud bo‘lgan mablag‘lar 
qoldig‘i bilan solishtiriladi. Ko‘chirmalarni rasmiylashtirilishida 
suiste’molchiliklarni yashirish maqsadida schyotning debeti va krediti 
bo‘yicha oborot atayin bir xil summaga kamaytirilishi mumkin. Shuning 
uchun, auditor bank ko‘chirmalariga muvofiq schyotning debeti va 
krediti bo‘yicha oborot hisob registrlaridagi ko‘rsatkichlar bilan 
muvofiqligini tekshirishi lozim»
2

Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish mobaynida 
aniqlangan kamchiliklarni auditor ish hujjatlarida qayd qilib boradi va 
auditorlik tekshiruvining mazkur bo‘limi bo‘yicha tuziladigan oraliq 
dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi hamda auditorlik hisobotida aks 
ettiradi. Bu ma’lumotlar auditorga barcha schyotlar bo‘yicha bank 
ko‘chirmalarini va har bir schyot bo‘yicha hisob registrlarini tekshirish 
uchun kerak bo‘ladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish