Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing haqida 34 ma’lumot



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   329
Bog'liq
marketing

Marketing haqida 34 ma’lumot 

 

 

 

1.

 



Har  yili  jahonda  reklama  uchun  500  milliard  dollardan  ortiq 

pul sarflanadi.  

2.

 

65 yoshgacha inson o‘rtacha 2 million ta reklama roliklarini 



ko‘rishga ulguradi.  

3.

 



Standart  reklama  taxta  (shit)  birinchi  marta  1900–yilda 

Amerikada yaratilgan. Ana shu davrdan boshlab bilbordlarni ko‘chalar va 

magistrallar bo‘ylab navbatma-navbat o‘rnatishni o‘ylab topishgan edi.  

4.

 



Oddiy  bola  yiliga  o‘rtacha  40000  ta  TV  reklama  roliklarini 

ko‘radi. Bu kuniga 100 ta rolikdan ortiq.  

5.

 

Bolalar tovarlari reklamasi “injiqlik omili”ga  ko‘ra  bog‘liq 



hisoblanadi. U bolalarni ma’lum tovarni sotib olishga qiziqtiradi, go‘yoki 

bu  narsa  bilan  u  o‘z  tengdoshlari  orasida  zo‘r,  taniqli  va  olifta  bo‘lib 

ko‘rinar  emish,  qolgani  esa  ota-onalarning  sabr-toqatiga  bog‘liq. 

Tadqiqotlarga  qaraganda,  amerikalik  erkatoylar  ota-onalaridan,  to  ular 

bolaning injiqliklariga bo‘ysunib, xaridga rozi bo‘lgunga qadar reklama 

qilingan tovarlarni olib berishlarini 9 marta so‘rar ekan.  

6.

 

Muz bo‘lakchalari reklama  syomkasi paytida erib ketmasligi 



uchun  ularni  akrildan  tayyorlashadi.  Ichimliklardagi  pufakchalar  uchun 

yuvish vositalaridan foydalaniladi, yorug‘lik yaxshiroq o‘tishi uchun esa, 

albatta, suv qo‘shiladi.  



 

407 


 

 

 



7.

 

New  York  Universitetining  olimlari  Amerika  farmatseftika 



kompaniyalari reklamaga tadqiqotlarga nisbatan ikki marta ko‘p mablag‘ 

sarflashlarini aniqladilar.  

8.

 

Kovboy  Marlboro  haqidagi  mashhur  (taniqli)  reklama  1955-



yilda  chiqdi.  Avvaliga  bosh  erkak  obrazi  sifatida  boshqa  personajlar: 

sportchi, qurol-yarog‘ ustasi va kapitandan foydalanishdi. Biroq qat’iyatli 

kovboy eng ko‘p tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Kovboy Marlboro rolida 

suratga  tushgan  aktyorlardan  uchtasi  keyinchalik  o‘pka  rakidan  o‘ldi. 

Brend esa “Kovboylar qotili” (Cowboy Killer) laqabini oldi.  

9.

 



2013–yilda Super Boul (AQSh NFA chempioni unvonini olish 

uchun final o‘yin) translyatsiyasi paytida 30 soniyalik reklama roligining 

narxi 3 million dollarni tashkil qilgan.  

10.


 

Ko‘pchilik  tadqiqotchilar  reklama  -  san’atning  yerdagi  eng 

ahamiyatli va ta’sirli shakli, deb ta’kidlaydi.  

11.


 

IKEA  brendi  –  1994  –  yilda  ikki  erkak  do‘konlarni  aylanib, 

mebel  tanlayotgani  ko‘rsatilgan  rolikni  birinchi  bo‘lib  reklamada 

ko‘rsatgan deyishadi.  

12.

 

Har qanday qo‘l soati reklamasida soat millari soat 10 dan 10 



daqiqa  o‘tganini  ko‘rsatadi.  Bu  tabassum  uyg‘otish  usuli  bo‘lib, 

reklamaga qaragan odamda beixtiyor yengil kayfiyat paydo qiladi.  

13.

 

Amerika  Psixologlar  Assotsiatsiyasi  8  yoshgacha  bo‘lgan 



bolalar  reklamani  tanqidiy  baholashga  qodir  emas,  ular  ko‘rsatilgan 

hamma  ma’lumotlarni  haqiqiy  va  obyektiv  deb  hisoblaydi,  deya 

ta’kidlaydilar.  

14.


 

Shirin  gazli  ichimliklar  ishlab  chiqaruvchilar  2006-yilda 

reklamaga umumiy 492 million dollar sarfladilar. Taqqoslash uchun sut 

ishlab  chiqaruvchi  Milk  Processor  Education  Program  “Got  Milk” 

kompaniyasi  tashabbuskorlari  o‘sha  yili  reklamaga  67  million  dollar 

sarflagan.  

15.

 

Tadqiqot  davomida  so‘ralgan  bolalarning  yarmidan  ko‘pi 



reklama  qilingan  tovarlarni  xarid  qilish  o‘ziga  bo‘lgan  ishonchni 

orttirishini ta’kidlashgan.  

16.

 

Birinchi  pullik  reklama  ma’lumoti  (xabari)  AQShda,  1704–



yilda  Boston  News  Letter  gazetasiga  joylashtirilgan.  Bu  Long-

Aylenddagi hovli (uy-joy) edi.  

17.

 

Tarixdagi  eng  qimmatli  reklama  2008-yilda  reklama 



kompaniyalari tomonidan AQShdagi prezident saylovlarida, 2,6 milliard 


 

408 


 

 

 



dollar  sarflangan  reklama  edi.  Barak  Obama  310  million  dollar,  Jon 

Makkeyn esa 136 mln. dollar sarflashgan.  

18.

 

Reklamada “samaradorlik shartlari” texnikasi ko‘p ishlatiladi: 



reklama qilinayotgan mahsulot, tovar va predmetlar bilan o‘raladi, bu esa 

iste’molchilarda  ijobiy  tuyg‘ular  uyg‘otadi.  Masalan,  kir  yuvish 

kukunlarini  bolalar,  gullar,  quyosh  yorug‘ligi  va  boshqalar  bilan  o‘rab 

olgan ma’qul. Brendni bunday muhitda bir qancha marta namoyish qilish 

iste’molchida, shuningdek, albatta, reklama berilgan tovarda ham ijobiy 

munosabat uyg‘otadi.  

19.

 

Odamlarni  tovarni  sotib  olishga  undash  uchun  qilingan 



reklama ularning psixologik ehtiyojlariga ta’sir o‘tkazadi. Reklamada eng 

ko‘p  ekspluatatsiya  qilinadigan  tuyg‘ular  –  bu  qo‘rquv,  o‘zini  qadrlash 

tuyg‘usi,  o‘zini  saqlab  qolish  tuyg‘usi,  taqlid  qilish  va  hokimiyatga 

intilishdir.  

20.

 

Tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  arang  sezilarli  bo‘lgan 



qo‘zg‘atuvchiga  ko‘p  marta  ta’sir  o‘tkazish,  obyektni  pozitiv  idrok 

etishini  kuchaytiruvchi  “ko‘zdan  kechirish”  (“exposure  effect”)ni 

yaratadi.  Masalan,  ko‘pchilik  odamlarni  bannerlar  qiziqtirmasada, 

reklama  baribir  reklama  qilinayotgan  tovarga  nisbatan  ijobiy 

munosabatlarni shakllantiradi. Bundan tashqari hatto bannerning yigirma 

marta  ko‘rsatilganidan  keyin  ham  “jonga  tegish”  samarasi  yuzaga 

kelmaydi.  

21.


 

Taomning  tashqi  ko‘rinishi  ustida  reklamada  fud-stilistlar 

ishlaydi. Qovurilgan jo‘jalar reklamasida, masalan, quyidagi tayyorgarlik 

ko‘riladi:  avvaliga  fud-stilistlar  jo‘janing  terisini  tortishadi  va  ip  igna 

yordamida terisini mustahkamlaydi. Keyin uni ho‘llangan qog‘oz sochiq 

bilan qayta-qayta uriladi, bundan jo‘janing hajmi ortadi va isitilayotgan 

paytda  “ishtaha  ochuvchi”  bug‘  chiqadi.  Shundan  keyin  jo‘jani  tashqi 

tomondan  terisi  pishib,  tayyor  bo‘lguncha  (ichi  xomligicha  qoladi) 

qovuriladi. Jarayon yakunida jo‘ja oltinrang – jigarrang tusga kiradi.  

22.


 

Bolalar  uchun  reklamalarda  yosh  aktyorlar  qoidaga  ko‘ra 

maqsadli potensial auditoriyaga nisbatan biroz kattaroq bo‘ladi. Masalan, 

8  yoshli  bolalar  uchun  o‘yinchoqlar  reklamasida  reklama  qilinayotgan 

tovarni  o‘ynayotgan  11-12  yoshli  bolalar  olinadi.  Bu  atayin  qilinadi. 

Aktyorlar rol o‘ynayotgan modellar sifatida chiqadilar, ular kichik bolalar 

uchun taqlid qilishga namuna bo‘ladilar.  



 

409 


 

 

 



23.

 

Deydilarki, go‘yo Microsoft Rolling Stonesda ularning “Start 



Me  Up”  kompozitsiyasidan  Windows-95ning  reklamasida  foydalanish 

uchun  9  mln.  dollar  to‘lagan  emish.  Bundan  tashqari  istalgan  yosh 

ijrochining  noma’lum  qo‘shig‘i,  undan  reklamada  foydalanilganidan 

keyin bir kechada xitga aylanishi mumkin ekan.   

24.

 

Mars  kompaniyasi  “O‘zga  sayyoralik”  filmining  bosh 



qahramonini  shunchalik  badbashara,  deb  hisoblaganki,  filmda  bu 

badburush  mavjudotni  aldab,  “qo‘lga  tushirish”  uchun  M&M’s 

konfetidan  foydalanishga  ruxsat  bergan.  M&M’sning  o‘rniga  filmni 

yaratuvchilari  Reese’s  Pieces  konfetidan  foydalanishgan  va  film 

ekranlarga chiqqach, bu konfetning sotilishi 65 % ga o‘sgan.  

25.


 

1950–yillar  oxirida  Doyle  Dance  Bernbach  agentligida 

Volkswagen  reklama  kompaniyasining  “Think  Small”  reklamasi 

olamshumul hisoblanadi, sababi,  aynan uning sharofati bilan Gitlerning 

buyurtmasi  bilan  yaratilgan  nemislarning  Volks  wagen  Juk  avtomobili 

urushdan keyingi Amerikada muvaffaqiyatli sotilish imkoni tug‘ildi.  

26.

 

Eng yangi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, skeptik odamni biror 



narsa  sotib  olishga  ko‘ndirish,  bu  reklamadagi  aniq  faktni  bekor  qilish 

(bosh  tortish)  va  his-tuyg‘u  tomoniga  urg‘u  berishdir.  Va  aksincha, 

skeptizmga  moyil  bo‘lmagan  odamlarni  reklamadagi  faktorlar  va 

axborotlar ko‘proq ishontirar ekan.  

27.

 

1440–yilda  bosma  stanok  kashf  qilinguniga  qadar  reklama 



ovozli e’lon tarzida mavjud bo‘lgan.  

28.


 

Reklama  beruvchilarning  eng  katta  guruhini  oziq-ovqat 

mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tashkil etar ekan.  

29.


 

Tadqiqotlarga  ko‘ra  ayollar  jurnallarida  erkaklar  jurnallariga 

nisbatan vaznni kamaytirish uchun vositalarni ilgari suruvchi reklama va 

maqolalar  10,5  marta  ko‘p.  Ayollarning  silliq,  yaltiroq  muqovali 

jurnallarining  75%  muqovasida  o‘z  tanasini  parhezlar,  mashqlar  yoki 

plastik  xirurgiya  yordamida  qanday  o‘zgartirish  mumkinligi  haqida 

kamida bitta maqola chiqar ekan.  

30.


 

Ronald  Makdonald  birinchi  marta  1963–yilda  reklamada 

paydo  bo‘ldi.  2010–yilda  esa  Corporate  Accountability  international 

tashkilotidagi  amerikalik  faollar,  uni  50  yildan  buyon  bolalarni  zararli 

ovqatga  “mahkum  qilib”,  ularni  semirib  ketishiga  va  nosog‘lom 

ovqatlanish  bilan  bog‘liq  kasalliklar  epidemiyasini  tarqatishida 

ayblashgan.  



 

410 


 

 

 



31.

 

«Dove»ning  «Go‘zallik  evolyutsiyasi»  («Evolution  of 



Beauty») reklamasi bir kechada virusli reklama bo‘lib qoldi: milliondan 

ortiq odam You Tubeda ushbu qiziqarli rolikni ko‘rgan edi.  

32.

 

Embient  kutilmagan  joylarda  (zinalar,  jamoat  hojatxonalari, 



ustunlar va boshqalar) reklama-qonuniymi, qonunsizmi yoki kutilmagan 

joylarda  (ko‘chalar,  savdo  markazlari)  ularni  o‘tkazish  shunchalik 

muvaffaqiyatlimi, deya o‘rganishdi, chunki reklamachilar yangidan yangi 

reklama tashuvchilarni o‘zlashtira boshlagan edilar. Biroq tadqiqotchilar 

reklamaning  bunday  ko‘rinishi  iste’molchilarda  ishonchsizlik  va 

begonasirash tuyg‘ularini uyg‘otishini, odamlar shubhalanuvchan bo‘lib 

qolishini  va  har  bir  inson  o‘zaro  munosabatda  reklama  ta’siri  hamda 

reklamadagidek 

rejalashtirilgan 

harakatlarni 

bajarishayotganini 

ko‘rishlarini aniqlashdi.  

33.

 

1938-yilda radioda berilgan reklamalardagi daromad matbuot 



nashrlaridagi reklamalardan keladigan daromaddan oshib ketdi.  

34.


 

2000-yilda AQShning internet reklamalarga qilgan xarajati 8,1 

milliard  dollardan  oshdi.  2013-yil  uchun  bu  miqdor  42  mlrd.  dollarga 

chiqdi.  




Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish