Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   329
Bog'liq
marketing

Ayyor marketing 

 

 

 

Odamlar  ushbu  toifadagi  ko‘plab  turdagi  tovarlar  orasidan  aynan 



ushbu brendni sotib olishadi?   

Iste’molchilarni  xarid  qilishga  undash  uchun  reklama  qilinayotgan 

tovarning qaysi sifatiga urg‘u berish kerak?  

AdMe.ru  kichik  reklama  nayranggi  yordamida  savdoni  ikki  marta  

ko‘paytirish mumkinligi haqida bir qancha misollar yig‘di.  

 



Hozirgi paytda sigaret upakovkasining standarti hisoblanuvchi 

qattiq  kartondan yuqori qismi ochiladigan qilib yaratilgan qutilar aynan 

«Marllboro» tomonidan o‘ylab topilgan. Unda dizaynerlik innovatsiyasi 

g‘oyani  namoyish  qilish  maqsadi  bo‘lmagan.  Aynan  reklama 

maqsadlarida «Marllboro» chekuvchilarni reklama vositasiga aylantirish 

uchun  bu  vazifani  amalga  oshirgan.  Gap  shundaki,  iste’molchilar 

sigaretlarni yumshoq qutilarda, uni cho‘ntakdan olmasdan chekar edilar, 

demak,  atrofdagilar  brendni  ko‘rmas  edi.    Bunga  esa  yo‘l  qo‘yib 

bo‘lmasdi.  Hozirgi  sigaret  qutilari  flip-toplar,  deb  ataladi,  ularni 

cho‘ntakdan olib, keyin chekiladi, yangilik esa hamisha e’tiborni tortadi.  




 

411 


 

 

 



 

«Este  Lauder»  o‘z  atirlarini  qanday  sota  boshlagani  haqida 



chiroyli afsona  bor. Uning ishi yurishmas, mahsulotlarini ham do‘konlar 

va salonlar sotish uchun istamaygina olishar edi. Shunda yoshgina  miss 

Lauder  New Yorkdagi  eng yirik parfumeriya do‘koniga keldi va go‘yoki 

tasodifan polga o‘z atirining shishachasini tushirib yubordi. Iste’molchilar  

bu  ajoyib hid bilan qiziqadi va do‘kon Este Lauder bilan atir yetkazib 

berishiga shartnoma tuzishga to‘g‘ri keladi.  

 

1896-yilning  yozida  Genri  Heinz  NewYorkda    sayr  qilib 



yurardi. Ko‘chada u mijozlarga «oyoq kiyimlarining 21uslubi» ni taklif 

qilayotgan oyoq kiyimi do‘konining reklamasini ko‘rib qoldi. O‘xshash 

holda  u  ham  o‘z  ketchuplari  va  souslariga  «57  variantda»  deb  yozib 

qo‘yishga qaror qildi. Bu raqam assortimentning real raqamiga sira to‘g‘ri 

kelmas, lekin,  Heinzga  juda yoqar edi va xaridorlarga ham ta’sir qildi.   

 



Brendning tarixi 1879–yilda Lare Olsson Smit aroqning yangi 

navi-“Absolute Rent Bravin” (“mutlaq toza aroq”)ni yaratdi. Uning asosiy 

farqli tomoni  retifikatsiya metodi bilan erishiladigan tozalikda edi.  

 



Jahondagi  eng  mashhur  Motosikl  ishlab  chiqaruvchi  uzoq 

yillardan  buyon  «brendlashtirilgan»    tatuirovkalar    bo‘yicha    birinchi 

o‘rinni egallab keladi. Hammasi, “Harley”  kimki logotip ko‘rinishidagi 

tatuirovka bilan mototsikl sotib olishga kelsa, boyliklari uchun salmoqli 

chegirma e’lon qilganidan boshlandi.   

 



Tefal, iste’molchilarning uzoq vaqtlar davomida teflon bilan 

qoplangan  tova  sotib  olishlarining  asosiy  sababi,  bu  tovalarda  taom 

pishirishda  bir  gramm  ham  yog‘  sarflanmaydi,  deb  hisoblangan.  Biroq 

keyin  ma’lum  bo‘ldiki,  ularning  xarid  qilishiga  asosiy  sabab,  bunday 

qoplamali tova oson yuvilar, chunki ovqat kuyib ketmas ekan. Reklama 

kompaniyasining mazmuni ham o‘zgarib, uning haqiqiy vazifasi sezilarli 

darajada ortdi.  

 



1960–yillarda  Alka-Seltzer  reklamasida  suvli  stakanga 

avvalgiga  o‘xshab  bitta  emas,  ikkitadan  tabletka  solingach,  dori 

vositasining  sotilishi  ikki  martaga  ko‘paydi.  Ayyor  reklama  usulini 

Tinkers Partners agentligi o‘ylab topdi.  

Yetakchi 

marketolog 

haqida 

shunga 


o‘xshash 

g‘aroyib, 

cho‘pchaksimon  gap  yuradi:  u  birinchi  bo‘lib      shampunni  qo‘llash 

ko‘rsatmasida sotish hajmi ikki marta o‘sishi uchun uni sochga ikki marta 

surib, yuvish kerakligini ko‘rsatishni o‘ylab topgan. Yostiqcha shaklidagi 



 

412 


 

 

 



rezinka  saqichning  reklama  roliklarini  eslang.  Reklama  qahramonlari 

og‘izlariga nechtadan yostiqcha soladilar? Bu ham shunga o‘xshash.  

 

Pepsining  bosh  marketing  finti  Buyuk  Depressiya  yillarida 



Shtatlardagi yurishlar hisoblanadi. O‘shanda Pepsi idishlarda 340 ml. dan, 

Coca Cola esa 170 dan sotilgan edi. Bunda narxi avvalgidek, bir shishasi 

5 sentligicha qolgan edi. Bunday g‘alati demping reklamada «Pepsi- cola» 

nishonga tegadi. 12 unsiya to‘lash-bu ko‘p! O‘sha tanganing o‘ziga ikki 

marta ko‘p! Pepsi-kola – bu ichimlik matni bilan qo‘shiq ham aytilardi. 

1936  –  yildan  1938  –  yilgacha  “Pepsi”  ning  sotilishini  ikki  martaga 

ko‘paydi. U amerikalik iste’molchilar ongiga yana 20 yil kirib bordi. «Shu 

pulga  ko‘prog‘i»  siyosatini  Pepsi  hali  ham  oradan  75  yil  o‘tganiga 

qaramay  saqlab  qolmoqda.  Masalan,  Rossiyada  Coca    Cola  shisha 

idishlarda 0,5 litrdan Pepsi esa - 0,6 litrdan sotiladi.   

 

Timberland  tarixidan:  1980-yillarning  boshida  Timberland 



kompaniyasi og‘ir vaqtlarni boshdan kechirdi. U sifatli “qayiqcha”  tufli 

chiqarar  edi.  Uning  narxi  Topsiders  kompaniyasi  yetakchi  tarmog‘i 

mahsulotining  narxidan  arzon  edi.  Yaxshi  mahsulot  va  arzon  narx  ular 

uchun  ishlashi  kerak  edi,  biroq  ish  yomon  kechmoqda  edi.  Keyin 

Timberlandda  juda  oddiy  qaror  qabul  qilishdi:  ular  o‘z  narxlarini 

Topsiders  taklif  qilayotganidan  ham  sal  yuqoriroq  ko‘tarishdi.  Savdo  

keskin o‘sdi. Devid Ogilvining aytgani tasdiqlandi: «narxi qancha yuqori 

bo‘lsa, tovar xaridorlar ko‘ziga shunchlik talabgir ko‘rinadi». Bu «Sun’iy 

shishiriladigan  talab»  usulidan  luxury-brendlari  bir  necha  o‘n  yillardan 

buyon  foydalanishadi.  O‘z  vaqtida  Parlament  tamaki  brendi  shu  yo‘lni 

tutgan edi. Avvaliga uning narxi asosiy raqobatchisi, shuningdek, Phillip 

Morrisga  ham  egalik  qilgan  Marllboro»ning  narxidan  ham  past  edi  va 

savdo  anchagina  past  bo‘lar  edi.  Iste’molchilar  uchun  bir  xil  narx 

segmenti  bir  dunyo  taklif  orasidan  tanlab  olish  juda  qiyin  edi  va  ular 

«Parlament»ning  filtri  eksklyuzivligiga  qaramay  o‘zlari  o‘rganganlarini 

tanlashar edi. Brend bir yil bozordan  ketishga majbur bo‘ldi, keyin o‘ylab 

ko‘rib, yuqoriroq narxda qayta ishlab chiqarila boshlandi.   

Frenk xo‘jayinidan ketib, pul qarz oldi va do‘kon ochdi. 1919-yilda 

Vulvort    imperiyasi    minglab  do‘kondan,  Frenkning  shaxsiy  boyligi 

taxminan 65 milliondan iborat edi.  

 

Londonda,  XIX  asrning  oxirlarida  aroq  brendi  roli  juda 



ommalashdi. Shu bois viskining savdosi ancha kasodlashdi. Ayyor Tomas 


 

413 


 

 

 



Dyuar-familiyasi  yozilgan  brendlardan  birining  asoschisi  kutilmagan 

strategiyani tanladi. U yollanma xaridorlarni yolladi. Ular turli barlarga 

borib «Dewar’s» viskisidan quyib berishlarini  talab qilishar, tabiiy, bu 

viski  savdoda  yo‘q  va  ular  qaytib  ketishardi.  Bir  necha  ana  shunday  

tashriflardan keyin Dyuarning o‘zi barda paydo bo‘lar va viski yetkazib 

berish haqida shartnoma tuzishni taklif qilar edi.   

 

1892-yilda Tomas Dyuar dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdi. Ikki 



yil  davomida  u  26  ta  mamlakatga  bordi,  kompaniyada  esa  32  ta  agent 

ishlay  boshladi  va  bir  nechta  «Dewar’s»  eksport  kompaniyalari  paydo 

bo‘ldi. Bu vaqt orasida kompaniyaning tovar aylanmasi 10 marta o‘sdi. 

Tomas  Dyuar  esa  o‘zining  mashhur  «Dunyo  bo‘ylab  sayohat»  kitobini 

yozdi.  Tomasning  madaniy  topilmalari  va  hikoyalari  asosida  endilikda 

butun dunyo bo‘ylab «Dewar’s» reklama kompaniyalari qurilmoqda va 

brendni raqobatchilardan muhofaza qilmoqda.  

 



Yevropada  tan  olingan  IKEAning  dastlabki  do‘konlari 

AQShda ochilganda, mebellar sotuvi kutilganidek bo‘lmadi. O‘tkazilgan 

tadqiqotdan ma’lum bo‘ldiki, amerikaliklar uchun dizaynning soddaligi 

yoqqan  bo‘lsa  ham,  mebel  ularning  ancha  katta  uylariga  mos  kelishini 

xohlashar  ekan.  Qilinishi  zarur  bo‘lgan  asosiy  ish-mebellar  o‘lchamini 

kattartirish ekan.   

 

Procter & Gamble kompaniyasining yetakchi ximik-texnologi 



qiziga bolalarini parvarishlashda yordam berayotgan Viktor Millz uchun 

o‘z nabiralari ostidan ko‘p martalab ho‘l tagliklarni olishga, ularni yuvib, 

quritishga to‘g‘ri keldi.  Jarayon, albatta unga yoqmas va qandaydir yo‘l 

bilan o‘zi uchun hayotni yengillatishni istardi. Shunda uning xayoliga bir 

“martalik”-  tagliklar,  buklangan  va  namlikni  o‘ta  so‘rib  olishga  qodir 

alohida  shakldagi  ishtonchalarga  joylashtiriladigan  taglik  g‘oyasi  keldi.  

Turli xil  materiallar bilan o‘tkazilgan bir qancha eksperimentdan keyin 

Millz Procter&Gamble uchun yangi mahsulot yaratdi va u Pampers savdo 

markasi bilan chiqib, ommalashib ketdi.  

 



Salvador  Dalining  novatorli  cho‘pchasi,  qulay  o‘rami  va 

yorqin  muallifligi  50  yildan  ortiq  vaqt  davomida  jahonning  hamma 

mamlakatlaridagi  mevali  konfetlarni  so‘rib  kelayotgan  iste’molchilar 

tomonidan a’lo baholandi.   

 

Ichimlikni  keng  bozorga  olib  chiqilganda  (Yevropa,  AQSh) 



uning  asosiy  raqobatchilari  sifatida  Coca  Cola,  Pepsi,  Molson,  Labatt, 


 

414 


 

 

 



Anheuser-Buschlar  chiqishdi.  Hamma  firmalarning  konsepsiyalari 

o‘xshash, chanqoq qondirar va stimullar, quvvat beruvchi Lalt Calaga esa 

ulardan tashqari Red Bullga nisbatan kofeinning dozasi ikki marta ko‘p 

ham edi.    

Shunda  Ditrix  Matyses  tavakkal  qildi:  sun’iy  ravishda  narxni 

raqobatchilarga  nisbatan  ikki  marta  oshirdi,  shakl  jihatdan  batareykaga 

o‘xshaydigan hajmi kamaytirildi va bankalarni do‘konlardagi ichimliklar 

bo‘limiga  emas,  boshqa  hamma  narsalar  bilan  birga  joylashtirdi. 

(do‘konlarga kirganingizda e’tibor bering-Red Bullni boshqa energetiklar 

bilangina  emas,  hatto  kolbasalar  sotiladigan  yoki  spirtli  ichimliklar 

bo‘limida  ham,  ko‘rish  mumkin.)  Shu  bilan  birga  Red  Bull  yashiklari 

talabalarga,  universitet  korpuslarida  tekinga  tarqatilar,  talabalarning 

“o‘tirish”larida uni jon deb olishar, sababi tasodifiy yoki ataydanmi, uning 

tarkibi (ta’siri) aroqnikiga o‘xshab ketardi. Shunday qilib, dunyoda yangi, 

o‘ta ommalashib ketgan kokteyl Vodka Red Bull paydo bo‘ldi.  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish