35
reklamasida mahsulot sifatini bo‘rttirib ko‘rsatish orqali iste’molchini jalb
etish va h.k.
−
Firmaning budjet va boshqa moliyaviy xarajatlarini hisob-kitob
qilib, marketing kompleksi va miksini rejalashtirish, bozordagi aniq
vaziyatga qarab marketingning tegishli tadbir va usullarini qo‘llash,
firmaning kapital va aylanma mablag‘larining samarali qo‘llanilishini
ta’minlash. Marketing tadbirlariga ketadigan sarf — xarajatlar
kalkulyatsiyasini hisoblash va samarani baholash.
Firma tovar aylanmasi va oladigan foydasiga juda ko‘p omillar ta’sir
ko‘rsatadi.
Marketing
miksning
bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan
kombinatsiyalari soni quyidagi formula orqali topiladi.
K=n
a
…
K
— marketing miksning mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni;
a
–
instrumentlar soni;
n
— marketing– miks tarkibida submikslar soni.
Kombinatsiyalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, marketing chora-tadbirlarini
qo‘llash imkoni ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday vaziyatda eng optimal
marketing – miksni topish masalasi ko‘ndalang turadi.
Marketing, miksning optimizatsiya jarayoni marketing budjetini
kengaytirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lib, turli marketing tadbirlarini
o‘tkazishni talab etadi. Ba’zi muhim omillarni, ya’ni tovar yoki xizmat
narxi, chegirmalarni o‘zgartirish orqali kutilgan natijalarni olish mumkin.
Marketingning har bir submiksi ham taktik, ham strategik vosita
(instrument)ga, tovar, kelishuv, taqsimlash siyosatlari esa ko‘proq
strategik ahamiyatga ega. Kommunikativ siyosat esa taktik ahamiyatga
ega bo‘lib, tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida ko‘proq
ishlatiladi.
Optimal
marketing-miks
shunday
marketing
instrumentlarining kombinatsiyasidan iboratki, uning natijasida firma
ko‘zlagan maqsadiga, marketing budjetini oqilona, ya’ni ratsional
sarflagan holda erishadi. Marketing-miks har bir elementining ahamiyati
korxona turiga (savdo, ishlab chiqarish, vositachi firma), tovar turiga va
xaridorning xulq-atvoriga bog‘liq. Ba’zi tovarlar uchun narx muhim
ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqalari (kundalik iste’mol tovarlari,
qimmatbaho uy buyumlari, zargarlik mahsulotlari) uchun hal qiluvchi
ahamiyatga ega emas. Standartlashtirilgan yoki bir maqsadda
ishlatiladigan mahsulotlar (benzin, elektr energiyasi, gaz) uchun tovar
siyosati uncha ahamiyatga ega emas, bunday strategik mahsulotlarga
36
davlat tomonidan narxlar o‘rnatiladi. Keng iste’mol tovarlari, uzoq
muddat foydalanadigan tovarlarga narx siyosatining ta’siri katta. Raqobat
va bozor mexanizmlari faol ishlayotgan davlatlarda marketing
instrumentlarini qo‘llab hatto kun davomida ham narxlarga korrektirovka
kiritish mumkin. Narx – navo bozor konyunkurasiga jiddiy ta’sir etuvchi
omildir.
•
Bosh maqsad.
•
Funksional bo‘limlar maqsadi.
1.5 -rasm. Tadbirkorlik tizimida marketing – miks elementlari
Do'stlaringiz bilan baham: