255
Kommunikatsiya
Distributsiya
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib chiqamiz: avvalo,
narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi.
Masalan, poyafzalga bo‘lgan talab biron bir sababga ko‘ra ko‘payib
borayapti, deb faraz qilaylik. Bu hol poyafzal do‘konlari egalariga,
poyafzallar uchun yuqoriroq narx qo‘yish imkonini beradi. Ikkinchi
tomondan, sotuvchilar poyafzal fabrikalariga qo‘shimcha buyurtmalar
beradilar, chunki ularni ko‘proq sotish ularning daromadlarini oshiradi.
Fabrikani aynan poyafzal ishlab chiqarishdan manfaatdor qilish uchun
ularga poyafzal do‘konlarining egalari ilgarigiga qaraganda balandroq
narx taklif qilishlari lozim. Fabrikalar ishlab chiqarishni kengaytirish
uchun har xil charm va uning o‘rnini bosuvchi boshqa resurslarni ko‘proq
sotib olishlari, shuningdek, qo‘shimcha ishchi kuchini yollashlari lozim
bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ushbu omillariga talabning ortishi ularning
baholari oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida ularni taklif qilishning
o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu tariqa ishlab chiqarishning bir bo‘g‘unidan
boshqasiga poyafzalga talab oshganligi haqida axborot yetkazib turiladi.
Poyafzal uchun kerakli bo‘lgan tovarlarga ehtiyojning ortishi mo‘yna
(jun) sanoati, furnituralar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishni, ishlab
chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi.
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi
o‘zgarishlardan ham darak beradi. Masalan, yong‘in chiqishi natijasida
ko‘p zavodlar to‘xtab qoldi, deylik u holda ishlab chiqarish kamayib
ketadi. Ushbu hol ularning narxini oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida
poyafzal fabrikalari egalari uchun poyafzallarni ilgarigi miqdorda
tayyorlashni befoyda qilib qo‘yishi mumkin. Talab ilgaridek qolganda
poyafzal ishlab chiqarishni qisqartirish va sotuvchilar uchun ularga
balandroq chakana narxlar belgilash imkonini yaratadi. Tovarning oshgan
narxi uni iste’mol qilishni qisqartirishdan darak beradi. Charm ishlab
chiqarishni qisqartirish haqidagi xabar shu tariqa poyafzal iste’molchisiga
yetib boradi. Ammo uning uchun poyafzal narxi nima sababdan
oshganligi muhim emas. U sabablaridan qat’iy nazar tovar narxi
oshganligiga bir xilda qaraydi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi ishlab
256
chiqaruvchilarni ham, iste’molchini ham chorasini ko‘rishga, ayni vaqtda
bunday chora imkoniyat yaratishga undaydi. Bizning misolimizda
poyafzalga talabning ortishi ularni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga
rag‘batlantiradi. Lekin bu xomashyo materiallarini, xullas, ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun zarur hamma narsalarni xarid qilish,
ko‘paytirishni talab etadi. Poyafzal fabrikalarida bunday imkoniyat paydo
bo‘ladi ham, zero poyafzalga bo‘lgan talab va narxning oshishi ular
qo‘shimcha daromad olishi va bu daromad ishlab chiqarishni
kengaytirishga sarflanishi mumkin. Bu esa poyafzalning narxi balandroq
bo‘lganda poyafzal fabrikalari egalariga o‘z daromadlarini yanada
oshirish imkonini beradi. Shunisi ham muhimki, narxlar mexanizmi ishlab
chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina emas, ishlab
chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi.
Poyafzal ishlab chiqaruvchilarning daromadi sotishdan tushgan pul bilan
ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi tafovutdan iborat bo‘lganligi
sababli eng kam xarajat qilgan holda mahsulot ishlab chiqarish ular uchun
foydali bo‘ladi. Poyafzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan charmning
biron xili borgan sayin kamyob va qimmat bo‘lib boradi, deb faraz
qilaylik. Bu hol uni tejashga va uni o‘rnini bosa oladigan arzonroq
materialni izlashga rag‘batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq.
Bu daromadlarning taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida
xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki
ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib oladigan
tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarning
o‘zgarishi iqtisodiy ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli
guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Bozorga jamiyat uchun eng zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar,
shuningdek, ushbu paytda mo‘l-ko‘l bo‘lgan ne’matlarni sotib oluvchilar
ham yutadilar. Poyafzalchilik mehnatiga bo‘lgan talab oshsa (taklif
o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish kuchining narxi, demak,
daromadlari ham ortadi. Mehnat bozorida taklif oshadigan (doimiy talab
sharoitida) bo‘lsa, uning aksi bo‘ladi: ish kuchining narxi pasayadi.
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik
sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik
yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish jarayonida
marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar,
257
mahsulot tashish tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar. Narxlarni
quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin:
a)
Savdo sohasi bilan
bog‘liq narxlar turlari:
–
Ulgurji
–
Chakana
–
Xarid va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: