Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Narx tushunchasi va uning mohiyati



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   329
Bog'liq
marketing

10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati  

 

 

Narx 

– bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining 

vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. 

Narx  bu  tovar  nafliligi  tan  olinganda  uning  qiymatining  pulda 

ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.  



Qiymat 

– bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish 

darajasi. Xaridorning mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov 

qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik mahsulot 

kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda unga bir 

nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash 

qobiliyati  bo‘ladi.  Chunki  mahsulotning  keyingi  donasi  kamroq  qadrli 

bo‘ladi.  Bu  haqiqat  bizni  agregatlashgan  bozor  talab  chizig‘iga  olib 

keladi.   

Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning 

nafligi  ta’sir  ko‘rsatadi.  Agar  xaridorda  alternativ  mahsulotni  tanlash 

imkoniyati  bo‘lsa,  unda  xaridor  tomonidan  mahsulotni  sotib  olish  yoki 

olmaslik  qaroriga  nisbiy  narx  ta’sir  qiladi.  Bu  vaziyatda  xaridor  o‘zi 

uchun eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.   



Narx

  –  “marketing-miks”  kompleksining  vositalaridan  biri 

hisoblanadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan 

ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx muammosini” 

tahlil  qilganda  ko‘p  hollarda  uning  sababi  narx  emas,  balki  narx  bilan 

bog‘liq bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.   

Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali 

faoliyat yuritishi mumkin. Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif 

nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga olgan holda sotuvchi 

va  xaridor  o‘rtasidagi  savdo  va  oldi-sotdi  shartnomasi  natijasida  hosil 




 

252 


 

 

 



bo‘ladi. Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari ichida eng murakkab   

elementidir. U har doim o‘zgarib turadigan, harakatchan mexanizm bo‘lib 

bozordagi  vaziyat  o‘zgarishlariga  tez  va  chaqqonlik  bilan  moslashib 

boradi.  

Narx  va  narx  belgilash  siyosati  marketingning  bosh  tarkibiy 

qismlaridan  biridir.  Oxirgi  yillarda  narx  bo‘yicha  olib  borilgan  keng 

ko‘lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi masofa 

kamaymoqda.  Mahsulotning narxi  va nafliligi  o‘rtasidagi nisbat har bir 

iqtisodiy kelishuvning asosidir.  

Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan 

uzviy  aloqada  bo‘ladi.  U  tovarning  hayotiylik  sikli  davomida  o‘zgarib 

turadi.  Marketingda  baho  siyosatining  mohiyati,  bozorda  aniq  ulushga 

erishish,  ko‘zda  tutilgan  foydani  olish  va  boshqa  strategik  va  tezkor 

masalalarni  yechish  uchun  firma  tovarlariga  narx  belgilash  va  narxlarni 

o‘zgartirib turishdan iborat.  

Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish 

qobiliyatidir.  Bu  tabiiydir,  chunki  narxlar  talab  va  taklifni  o‘zaro 

bog‘lovchi  vositadir.  Bizga  ma’lumki,  ularning  har  ikkalasi  ham 

harakatchandir.  Shuning  uchun  marketing  strategiyasida  shunchalik 

harakatchan  narxlar  siyosatidan  foydalaniladi.  Bu  siyosat  tovarning 

bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarini tartibga 

solish  va  boshqarishni,  bozorga  yangi  iste’mol  tovarlari  va  ishlab 

chiqarish  vositalarini  kiritishni,  eskirgan  modellarni  bozordan  siqib 

chiqarishni  ta’minlaydi.  Narxlar  hech  qachon  sababsiz  o‘zgarmaydi. 

Masalan,  biror  kamchiligi  bo‘lgan  va  ma’naviy  eskirgan  tovarlar 

pasaytirilgan  baholarda,  hattoki,  tushirilgan  baholar,  deb  ataluvchi 

narxlarda  sotiladi.  Yuqori  narxlar  esa  yuqori  sifatli,  yangi  iste’mol 

qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga 

ega  bo‘lgan  mamlakatlarda  marketingdagi  narxni  tashkil  qilish 

muammolarini  faqatgina  asosiy  strategik  yondashishlarigina  ishlab 

chiqilishi  bejiz  emas,  chunki  narxlarning  o‘zi  faqat  bozor  subyektlari: 

sanoat  va  savdo  firmalari,  korxonalari  tomonidan  o‘rnatiladi  va  davlat 

tomonidan tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi 

o‘rni  narx  darajasiga  bog‘liq.  Buning  natijasi  sotiladigan  tovarlar 

massasida korxona ulushining oshishidir.   

Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida.  




 

253 


 

 

 



Bozor  sharoitida  narx  siyosati  o‘ziga  xos  bo‘lib,  turli  narxlarning 

mavjudligi  bozor qonuniyatidir.  Narx  shakllanishida  tovar  bahosi  uning 

sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar narxi 

qancha  yuqori  bo‘lsa,  talab  tushadi  va  aksincha,  past  narxda  tovarga 

bo‘lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi 

miqdoriy ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu 

narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar sifatini obyektiv 

baholaydi,  deb  bo‘lmaydi.  Savdo  do‘konlarining  turiga  qarab  ishlab 

chiqaruvchidan olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi.  

Supermarket,  Gipermarketlardagi  tovar  narxining  oddiy  kichik 

chakana  savdo  do‘konidagi  narxlardan  yuqoriligi  yirik  savdo 

markazlaridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.   

Nima  uchun  tovar  narxi  uning  sifatini  o‘lchaydigan  ko‘rsatkich 

sifatida namoyon bo‘ladi?  

Bu quyidagilar bilan izohlanadi:  

1.

 



Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga 

qaraganda ko‘proq kafolatlaydi.  

2.

 

Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum 



ko‘rsatkich  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Mahsulot  narx  bilan  solishtiriladi.  Bir 

iste’mol  ehtiyojini  qondiruvchi  bir  necha  firmaning  mahsuloti  xaridor 

tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi.

 

 

3.



 

Tovar  narxi  sotuvchi  orqali  xaridorga  yetib  boradigan  signal 

bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi.

 

 

Uzoq  vaqt  davomida  bizning  iqtisodiyotimizda  barqaror  narxlar 



holatini haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash belgilaydi, 

degan  fikr  hukmron  edi.  O‘zgarmas  narxlar  barqaror  ishlab  chiqarish 

rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar 

tizimi  ancha  chalkashki,  uni  tushunib  yetish  birmuncha  murakkab,  eng 

asosiysi  u xo‘jalik  yuritishning yangi bozorlar sharoitiga  moslashmog‘i 

lozim.  


Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida  narxlar  ahamiyatining  ortib 

borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish 

hajmi,  xarajatlar  oshishi  iqtisodiy  qiyinchiliklar  bilan  uyg‘unlashib 

ketmoqda.  Moliyaviy  va  bank  boshqarish  tizimlarining  susayishi, 

transport  va  milliy  iqtisodiyot  tarmoqlarining  kuchsizlanishi  narx 

raqobatini  oshirib  yubordi.  Narxlar  darajasi  ko‘p  hollarda  xaridor 

tomonidan  belgilanadi.  Savdogar  uchun  marketing  tizimida  narx 



 

254 


 

 

 



siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori daromadli 

rivojlangan  ba’zi  bir  mamlakatlarda  narxning  pasayishi  sifatning 

yomonligidan  dalolat  beradi.  Shuning  uchun  narx  pasayishi  shu 

davlatlarda  korxona  mavqeyini  bozorda  mustahkamlamaydi,  balki  uni 

raqobatdoshlilik  darajasini  pasaytiradi.  Xaridorlar  ana  shu  davlatlarda 

yuqori  sifatli  mahsulotlarni  yuqori  narxda  sotib  olishga  intiladilar. 

Hozirda  narx  raqobati  asta-sekin  narxsiz  raqobatlarga  o‘z  o‘rnini 

bo‘shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u 

amal  qilib  turgan  narx  strukturasiga  bog‘liq.  Albatta,  marketing  -  miks 

vositalari  o‘rtasida  juda  katta  farq  mavjud.  Kommunikativ  va 

distribyutorlik  siyosati  kabi  vositalar  mahsulotning  bozordagi  yutug‘i 

uchun kerak bo‘lgan shartlardir.   

Marketing  —  miks  ichida  mahsulot  narxiga  katta  vazifa  yuklanadi. 

Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot sotib 

olish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  va  boshqa  mahsulotlardan  voz  kechish)  ni 

belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni xaridor 

biron  bir  foyda  yoki  nafliligiga  ega  bo‘lish  uchun  to‘laydi.  Biron  bir 

mahsulot  uchun  yuqori  narx  to‘lash  xaridor  uchun  boshqa  biron  bir 

mahsulotdan  voz  kechishni  bildiradi.  Shuning  uchun  u  sotuvchi  taklif 

qilgan  narxni  mahsulot  nafliligi  bilan  va  boshqa  alternativ  mahsulotlar 

narxi bilan solishtiradi. Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot 

nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib 

keladi.  Xaridorlarning  talablari,  raqobatchilar  tomonidan  mahsulotlar 

doimo  o‘zgarib  turishini  inobatga  olgan  holda  muntazam  ravishda 

narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish lozim.   

Narx  marketing  kompleksining  boshqa  uchta  unsuri  (tovar,  savdo, 

harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Narx (baho) 

sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi.  

  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish