9.6-rasm.Yangi tovarni yaratishning asosiy bosqichlari
1. G‘oyalarni shakllantirish. Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish
avvalo, yangilik uchun g‘oyalarni izlab topishdan boshlanadi. Izlanishlar
tizimli, muntazam firma yo‘nalishiga mos ravishda olib borilishi shart.
Bundan tashqari izlanishlar olib borilishi kerak. Firma o‘nlab ajoyib
g‘oyalarni topishi mumkin, ularning ko‘pchiligi firma faoliyatiga mos
kelmasligi tufayli qog‘ozlarda qolib ketadi. Firma rahbariyati yangi
turdagi tovar ishlab chiqarishninig aniq strategiyasiga ega bo‘lishlari
lozim. Rahbariyat yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdan maqsadi nima
ekanligini aniq ifodalab berishi kerak. Yangi tovar pul tushumlarini
oshirish yoki bozorda katta mavqega ega bo‘lish uchun va yana boshqa
maqsadlarda yaratilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari rahbariyat
mavjud tovarlarni takomillashtirish orqali yangi tovar yaratish yoki
original tovar ishlab chiqarish borasida firma imkoniyatlarini taqsimlay
bilishi kerak.
Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste’molchining bu mahsulotni
qabul qilishga tayyor va tayyor emasligiga ham bog‘liq.
Yangi mahsulotni qabul qilish – mushohada qilish jarayoni bo‘lib, bu
jarayon yangi mahsulot to‘g‘risida birinchi axborotga ega bo‘lishdan
G‘oyalarni
G‘oyalarni
(
fikrlarni) tahlash
Marketing
strategiyasini ishlab
chiqish
Fikrlarni ishlab chiqish
va ularni tekshirib
ko‘rish
Ishlab chiqish
imkoniyatlarini
va sotishni tahlil
qilish
Tovarni ishlab
chiqish
Kommersiya
maqsadlarida ishlab
chiqarishni yo‘lga
qo‘yish
Bozor sharoitlarida
sinab ko‘rish
247
boshlab, toki mahsulotning doimiy iste’molchisiga aylangungacha
bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.
Iste’molchilar yangi mahsulotni sinab ko‘rishga tayyorlik darajasiga
qarab ham bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari yangi mahsulotni tezda
qabul qilishsa, ba’zilari esa sekinlik bilan qabul qiladi. Iste’molchilar
yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasiga qarab ularni
super novator, novator, oddiy iste’molchilar, konservator, super
konservator guruhlariga ajratiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yangi
tovarlarni ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda, supernovator va
novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini
o‘rganishlari kerak.
Iste’molchilar yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdagi g‘oyalarni
topishda ajoyib manba bo‘lib xizmat qiladi. Ularning talab va
ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida mijozlarni anketali so‘roq qilish,
kelayotgan xat va shikoyatlarni o‘rganish orqali ham aniqlash mumkin.
Yangilik bo‘lgan g‘oyalar manbayi, albatta olimlar mahsuloti, ularning
fikr-mulohazalaridir. Olimlar mavjud tovarni mukammallashtirish,
takommillashgan variantlarini ishlab chiqish yoki original tovarlarni
ishlab chiqarish uchun zarur yangi materiallarni kashf etish imkoniyatiga,
potensialiga egadirlar. Bundan tashqari raqobatchi firmaning xaridor
e’tiborini jalb etgan tovarlari xususiyatlarini ham o‘rganish kerak. Yangi
tovarlar yaratish borasida g‘oyalarni savdo xodimlari, firma dilerlaridan
olish mumkin. Chunki ular xaridorlar bilan kunda muloqotda bo‘lib,
ularning fikr-mulohazalari bilan yaxshi tanish bo‘ladilar.
2. G‘oyalarni tanlash. Avvalgi bosqich, ya’ni g‘oyalarni
shakllantirish bosqichida iloji boricha ko‘proq g‘oyalar jamlanadi.
Keyingi g‘oyalarni tanlash bosqichida esa ularning miqdori kamaytiriladi.
Bu maqsad yo‘lida birinchi qadam g‘oyalarni tanlashdir. Tanlovning
maqsadi keraksiz g‘oyalarni iloji boricha oldindan aniqlab, ulardan voz
kechishdir. Ko‘pgina firmalarda mutaxassislar yangi turdagi tovar
g‘oyasini standart blankalarda bayon etib, yangi tovarlar bo‘yicha
komissiyaga ko‘rib chiqish uchun topshirishlari kerak. Bunday hujjatda
tovarning bayoni, shu tovar bozori, raqobatchilar haqida ma’lumot,
bozorda aynan shu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmining taxminiy
hisobkitoblari, tovar narxi, shu tovarni yaratish uchun ketadigan vaqt va
sarfxarajatlar, shu mahsulotni ishlab chiqarish hujjati va olinadigan foyda
248
miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. G‘oya juda ajoyib bo‘lgan taqdirda
ham uni amalga oshirish firma faoliyatiga mos kelishi, uning yo‘nalishi,
maqsadi resurslariga xos bo‘lishi zarur, aks holda ushbu g‘oya firma
uchun zararga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘plab firmalar
g‘oyalarni baholash va tanlashning maxsus tizimlarini ishlab chiqadilar.
−
Tovar loyihasini yaratish va uni tekshirish.
−
Marketing strategiyasini ishlab chiqish.
−
Tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini tahlil etish.
Firma rahbariyati tovar loyihasi va marketing strategiyasini ko‘rib
chiqib, loyihaning qay darajada samaradorligini aniqlashi kerak. Buning
uchun rejadagi sotish miqdori, ko‘riladigan foyda va zararning
ko‘rsatkichlarini tahlil qilish lozim. Agar tahlilning natijalari qoniqarli
bo‘lsa, tovarni loyihadan to‘g‘ridan to‘g‘ri real tovarga aylantirish
jarayoni boshlanadi.
3.Yangi tovar namunasini yaratish. Agar tovar loyihasi tahlil
bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi ilmiy tadqiqot va tajriba
konstruktorlik ishlari (ITTKI) bosqichida u real tovarga aylanadi. Shu
vaqtgacha tovar qog‘ozda, rasmlarda, maketlardagina edi. Bu bosqichda
loyihadagi tovarni haqiqatdan ham amalga oshirish mumkinmi, yo‘qmi,
uni ro‘yobga chiqarish texnik, kommersiya nuqtayi nazaridan maqsadga
muvofiqmi, yo‘qmi, degan savolga javob olinadi. Bu jarayon «Ishlab
chiqarishni texnik tayyorlash», deb ataladi va ilmiy-tadqiqot,
konstruktorlik (buyumlarni loyihalashtirish) va texnologik bosqichlardan
iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, texnik tayyorlash buyumlarning hayotiylik
davrini bir qismini o‘z ichiga oladi. Bular: buyumlarni ilmiy-texnik
jihatdan tayyorlash, ularni ishlab chiqarish va foydalanish.
4.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash yangi mahsulot
xillarini loyihalashtirish, o‘zlashtirish va ishlab chiqarilayotganlarini
takomillashtirib borishdan iborat. U quyidagi bosqichlarda olib beriladi:
−
Texnik topshirish.
−
Texnik takliflar.
−
Eskiz loyihasini tuzish.
−
Texnik loyihani tuzish.
−
Ishchi loyihani aniqlash.
249
Yangi xildagi mahsulotlarni yaratish haqidagi batafsil bilimlarni
«Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish» fan sohalaridan olish
mumkin. Buning uchun maxsus adabiyotlarga murojaat qilish zarur.
5.
Tadqiqotlar va izlanishlar (ITTKI) bo‘limida tovarni
loyihalashtirish ishlari bir yoki bir necha tajriba namunalarini tayyorlash
va texnik hujjatlarni buyurtmachiga topshirish bilan tugallanadi. Bu
namunalar ushbu talablarga javob berishi kerak:
−
Iste’molchilar reklamada e’lon qilingan barcha xususiyatlarni
o‘zida mujassam etgan tovar sifatida qabul qilishlari kerak.
−
U xavfsiz bo‘lib, mo‘tadil sharoitlarda ishonchli ishlashi kerak.
−
Uning tannarxi rejalashtirilgan smetadan oshib ketmasligini
ta’minlash lozim.
Loyihadagi tovar namunasini yaratish uchun kunlar, haftalar, oylar,
hatto yillar o‘tishi mumkin. Yaratilgan namuna barcha zarur
xususiyatlarni o‘zida namoyon etishi kerak. Namunalar tayyor bo‘lgandan
keyin ular sinaladi. Sinovlar laboratoriya, tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladi.
6.
Bozor sharoitida sinov.
Tovar laboratoriya sinovlaridan
muvaffaqiyatli o‘tsa, iste’molchilarning ijobiy fikrlarini olsa, firma uni
bozor sharoitida sinash uchun kichik partiyada sotuvga chiqaradi. Bu
bosqichda tovar va o‘tkazilayotgan marketing strategiyasi bozor
sharoitlarida sinaladi, bunda xaridor va dilerlarning talablari, istaklari
o‘rganiladi. Shu orqali bozorda ushbu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmi
aniqlanadi. Tovarning turiga qarab bozor sharoitidagi sinovlar ham
turlicha bo‘ladi.
7.
Tijorat maqsadida keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish. Bozor sharoitidagi sinovlar natijasida olingan ma’lumotlar firma
rahbariyatiga shu turdagi tovarni ishlab chiqarish yoki chiqarmaslik
to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga yordam beradi. Firma yangi turdagi
tovar bilan bozorga qachon, qayerga chiqishi, tovarni kimga va qanday
taklif etishi kerak, degan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi.
Firma har bir yangi turdagi tovar, har bir yangi bozor, hudud uchun
alohida marketing rejasini tuzishi kerak.
Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni
tashkil etish zaruriyatini borgan sari ko‘proq tushunmoqdalar. Hozirgi
250
kunda mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning o‘rnini yangi
turdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Yangilik
bilan bog‘liq tavakkalchilik xavfi bo‘lsa-da, shu barobarida katta foyda
keltirishi ham mumkin. Yangiliklar yaratish borasida muvaffaqiyatga
erishishning asosi: yangi tovarlar g‘oyasini shakllantirish, jiddiy
tadqiqotlar o‘tkazish, yangi tovarni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida
to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kabilarga bog‘liq. Yangi tovarni yaratish
jarayonida firma o‘z maqsadiga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalarni o‘z
vaqtida tark etishi lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida
raqobat borgan sari kuchayib bormoqda. Ushbu sharoitda, ya’ni
raqobatchilarni yengish, foyda olish uchun doimo yangi turdagi tovarlar
ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning talablarini qondirish mumkin.
Shuning uchun ham marketingning eng muhim masalalaridan biri yangi
turdagi tovar ishlab chiqish strategiyasi puxta o‘rganish, izchillik bilan
amalga oshirishni taqozo etadi.
8.Tovarlarni ishlab chiqarishdan bozorga olib chiqish.
Moddiy ne’matlarni iste’mol qilish va xizmatlardan foydalanish aholi
turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Bu
ko‘rsatkich aholining moddiy ne’matlar, to‘lovli va to‘lovsiz xizmatlar
iste’molini o‘z ichiga oladi. Uni bilish va hisoblash aholining iste’mol
fondi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan to‘lovlar va imtiyozlar, pullik xizmat
to‘lovlari va boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni
ta’minlaydi. Aholining iste’mol fondi ko‘rsatkichiga nisbatan ular aholi
shaxsiy iste’molini qondirilishi haqida to‘liq ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |