Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   329
Bog'liq
marketing

Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa 

 

 

 

Mahsulot / xizmat 



 

 

 



Xaridorning  

didi  


va 

 

istaklari 



 

Xaridor tomonidan qabul 

qilingan 

mahsulotning(xizmatning) 

qadrliligi 

 

Xaridorning 



mahsulotni 

xarid qilishga tayyorligi 

 

NARX 


 

Boshqa marketing vositalari 

 

 

 



Xaridorning 

 

moliyaviy ahvoli 



 

  

Monitoring  –  kuzatish,  korxonalarning  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyati 



to‘g‘risida axborot yig‘ish va umumlashtirish tizimi. Narxlar monitoringi 

esa  ro‘yxatdan  o‘tkaziladigan  shartnomalar  qo‘shimcha  ustama 

xarajatlarsiz,  vositachilik  xizmatlarisiz  tuzilganligi  hamda  narxlarning 

maqsadga  muvofiqligini  kuzatishdir.  Xaridorning  mahsulot  sotib  olishi 

jarayonidagi  narx  va  qiymat  o‘rtasidagi  muvozanat  10.2.  jadvalda 

keltirilgan.  

Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu 

xususiyatlar  xaridorlar  didiga  qanchalik  mosligiga  bog‘liq.  Yuqorida 




 

262 


 

 

 



ko‘rsatilgan xususiyatlarning baholanishi xaridorlarning subyektiv qabul 

qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar tomonidan 

har  xil  baholanishi  mumkin.  Bundan  kelib  chiqadiki,  xaridorlar  bir  xil 

mahsulot  uchun  har  xil  narx  to‘lashga  tayyordirlar.  Mahsulotning 

qadrliligiga  marketing  vositalari  ta’sir  qiladi  (korxonaning  imiji,  marka 

imiji  sotish  sharoitlari,  reklama  va  boshqalar).  Shuning  uchun  yangi 

sotuvchining  yutug‘ini  faqat  mahsulotning  past  narx  bilan  belgilab 

bo‘lmaydi. Past narxda sotuvchining yutug‘i faqatgina xaridorning hech 

bo‘lmaganda sifatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak.  

Tovarni  bozorda  namoyish  qilish  narxlardan  marketing  kompleksi 

elementlaridan  biri  sifatida  tovar,  savdo  (o‘tkazish)  va  rag‘batlantirish 

bilan  bir  qatorda  faol  foydalanishni  ko‘zda  tutadi.  Narx  samarali  narx 

siyosatini  o‘tkazish  sharoitida  maqsadli  bozorga  ta’sir  etishning 

aniqravshan vositasiga aylanadi.  

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha narx 

iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni bo‘lgan. 

Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va shuningdek, 

ommaviy  talab  bo‘lgan  tovarlarga  nisbatan  bunday  yondashuv  bugungi 

kunda  ham  adolatli  hisoblanadi.  Hozirgi  davrda  narx  siyosatining  roli 

tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi iste’molchiga ta’sir etuvchi 

narxga  oid  bo‘lmagan  choralarga  nisbatan  tushmoqda.  Shu  munosabat 

bilan mutaxassislar bevosita narxga oid raqobatdan qochishni, narxga oid 

bo‘lmagan raqobatdan faol foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda 

o‘z  o‘rnini  qidirib  topish,  tovarni,  uning  sifatini  differensiyalash,  yangi 

tovarlarni  ishlab  chiqish,  reklama  metodlari  va  vositalarini  kengaytirish 

va  savdoni  rag‘batlantirish,  savdo  tizimi  samaradorligini  oshirishni 

tavsiya  qilmoqdalar.  Ammo  shunga  qaramasdan  narx  o‘ta  muhim, 

bozordagi  ahvolga  va  tadbirkorning  oladigan  foydasiga  katta  ta’sir 

o‘tkazuvchi marketing siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda.  

Xaridorlar  bozori  sharoitida  narxlar  darajasi  sezilarli  darajada 

iste’molchilar  tomonidan  belgilanadi,  sotuvchining  narx  sohasidagi 

imkoniyatlari  keyin  paydo  bo‘ladi.  Biror  bir  tovarni  sotib  olmoqchi 

bo‘lgan xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor bu 

”qurbonlik”ni  tovarni  sotib  olish  va  undan  foydalanishdan  keladigan 

foyda bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning narxiga nisbatan yuqori, 

deb  hisoblagandan  keyingina  sotib  oladi.  Xaridorlar  hatto  yuqori  narx 

bilan  bo‘lsa  ham  sifatli  tovar  sotib  olishni  afzal  ko‘radilar.Tovar  sotib 



 

263 


 

 

 



olgan odam uchun qancha foydali bo‘lsa, uning yuqori narxi shunchalik 

oqlangan  bo‘ladi.  Ommaviy  xaridorlar  uchun  imkoniyatli  narxlardagi 

yaxshi  sifatli  tovarlar  kerak.  Shunday  qilib,  xaridorlar  narxlarga  talab, 

daromadlar darajasi, istak va mos keluvchi tovarni sotib olish imkoniyati 

bilan  ta’sir  o‘tkazadi.  Xaridorlar  tomonidan  narxlarni  ruhan  idrok  etish 

omili juda muhim.   

Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab 

(uning hajmi va dinamikasi) va savdoning aniq bozorida talabning har bir 

guruhi  bo‘yicha  elastikligini  aniqlash  bilan  boshlanadi.  Marketing 

bo‘yicha mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan talab 

orasidagi  bog‘liqlik  xarakterini  talab  qonuni  bilan  ifodalanishini, 

shuningdek,  ushbu  mahsulotning  turlicha  narxiga  talab  qanchalik 

qaratilayotganini  ham  bilishi  kerak.  Bu  bog‘liqlik  darajasini  talabning 

narxga oid elastikligi (o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik 

jihatdan  u  egri  talabning  egilishidagi  ma’lum  burchak  sifatida 

tasvirlanadi.   

Oddiy  vaziyatda  narx  va  talab  bir-birlariga  teskari  bog‘liqlikda 

bo‘ladi,  ya’ni  narx  qancha  yuqori  bo‘lsa,  talab  shuncha  kam  bo‘ladi. 

Budjeti  cheklangan  iste’molchilar  muqobil  tovarlarni  tanlashga  duch 

kelganlarida  ular  uchun  narxi  juda  yuqori  bo‘lganlarini  juda  kam  sotib 

oladilar.   

Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki pasayishiga 

bog‘liq. Aksincha, narx qancha past bo‘lsa, talab shuncha oshadi. Baho 

talab  qayishqoqligining  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Ammo  hamma 

xaridorlar ham bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar.  

Elastik,  deb  narxlarning  sezilmas  o‘zgarishidan  ham  sezilarli 

o‘zgaradigan  talabga  aytiladi.  Talabning  elastik  (o‘zgaruvchan)ligi 

raqobat  darajasiga  bozorda  substit  (o‘rnini  bosuvchi)  tovarlar  mavjud 

bo‘lganda, xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid 

qobiliyati)  xususiyatlariga  bog‘liq.  Miqdoriy  jihatdan  u  sotilgan  tovar 

hajmi  foizli  o‘zgarishining  uning  narxi  foizli  o‘zgarishiga  bo‘lishdan 

chiqqan  qismi  sifatida  aniqlanadi.  Talab  qanchalik  kam  elastik  bo‘lsa, 

tovarning sotuvchisi unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Va 

aksincha, talab qanchalik elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z mahsulotiga 

emas,  boshqalarnikiga  narxlarni  pasaytirish  siyosatidan  foydalanishiga 

to‘g‘ri  keladi,  bu  esa  savdo  hajmining  va  firma  foydasining  keskin 




 

264 


 

 

 



oshishiga  olib  keladi.  Narx  elastikligi  asosida  belgilangan  talab 

narxlarning yuqori chegarasini shakllantiradi.  

 Agar  raqobat  cheklangan  bo‘lsa,  firmaning  narx  ustidan  nazorat 

darajasi oshadi, bozorning ta’siri esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada 

bo‘lganda  narxni  bozor  boshqaradi.  Shuning  uchun  bozor  yetakchisi 

narxlarni  hisob-kitob  qilganda  xomashyo,  materiallar  yetkazib 

beruvchilar 

narxini, 

o‘xshash  mahsulotlar  ishlab  chiqaradigan 

raqobatchilar  narxini,  bir  xildagi  o‘xshash  tovarlar  taklif  qiluvchi 

raqobatchilar  narxini  e’tiborga  olishlari  kerak.  Tovar  narxi  darajasi  va 

uning  strukturasi  raqobatchi  firmalarning  o‘xshash  tovarlari  bilan  ular 

sifatining  texnik-iqtisodiy  parametrlari  va  boshqa  raqobatbardoshlikni 

tashkil  etuvchilari  asosida  taqqoslash  bilan  belgilanadi.  Taqqoslash 

raqobatchilar  tovarini  xarid  qilish,  xaridorlar  fikrini  so‘rash  kabilarni 

ko‘zda  tutadi.  Narxlar  unga  raqobatchilar  tomonidan  bo‘ladigan 

reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand qilmaslik firma narx 

siyosatining  mag‘lubiyatiga  va  uning  tadbirkorlik  faoliyati  izdan 

chiqishiga olib kelishi mumkin. Narx urushi bo‘shashgan (sust) firmalarni 

bozordan  siqib  chiqaradi.  Shunday  qilib,  narxlar  darajasi  birinchi 

navbatda, 

firma, 


xaridorlar 

va 


raqobatchilar 

manfaatlarini 

tenglashtirmog‘i lozim.  

Narxlar  darajalari  aytib  o‘tilgan  omillaridan  tashqari  davlat 

boshqaruvi choralariga ham (hukumat antidemping va antitrest qonunlar 

doirasida  ta’sir  etishi  mumkin),  shuningdek,  mamlakat  va  ushbu 

bozordagi  soliqqa  tortish  tizimi  va  inqiroz  darajasi  xarakteridan,  davlat 

moliyaviy ahvoli, valuta kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan 

kelib chiqib ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.  

  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish