135
mijozlarda qiziqish uyg‘ota oladigan mahsulotlar bilan to‘ldirishni
bildiradi;
–
konglomerativ
diversifikatsiya
strategiyasi
shundan
iboratki, firma o‘zi qo‘llaydigan texnologiyasiga ham, uning hozirgi
tovarlari va bozoriga ham hech qanday aloqasi yo‘q tovarlar ishlab
chiqarish hisobiga kengayadi.
Marketingni boshqarish (menejment marketingi) firmaning umumiy
strategiyasi marketing xarakteriga egaligini bildiradi va raqobatchi
kuchlar, bozor, tovarlar, narxlar va boshqalar. dinamikasining tahlilini
ko‘zda tutadi. Ba’zan tashkilotning umumiy strategiyasi va uning
marketing strategiyasi orasiga aniq chegara qo‘yish qiyin.
Firmaning umumiy strategiyasi realizatsiyasi uning har bir funksional
darajasiga
(ITTKI,
ishlab
chiqarish,
marketing,
kadrlarga,
moliyalashtirishga oid) maqsadlar qo‘yishni ko‘zda tutadi. Bu
maqsadlarga erishish vositalari bu bo‘limlar tomonidan ishlab
chiqiladigan funksional strategiyalar – ITTKI strategiyasi, ishlab
chiqarish strategiyasi, marketing strategiyasi, moliyaviy strategiya va
boshqalar hisoblanadi.
Umumiy strategiya tashkilot va uning tashqi muhiti orasida balansni
tutib turishga mo‘ljallangan. Undan chiqib keladigan marketing maqsadi
firma tovari va u ishlaydigan bozor orasidagi tenglikni saqlash
hisoblanadi. Marketingning maqsadi, masalan, shunday ko‘rinishi
mumkin:
–
yillik, yaqin uch yil davomida tovarlarni tashqi bozorlarda
sotish hajmini 10% ga ko‘paytirish;
–
ikki yil davomida kompaniya tovarlarini sotish hajmini
10%dan 15% gacha ko‘paytirish.
Marketing maqsadlariga yetish vositasi marketing strategiyasi bo‘lib
qoladi.
Marketing strategiyasi – marketing tadbirlarining mantiqan qurilgan
umumiy yo‘nalishlari bo‘lib, kompaniya marketingining ma’lum
maqsadiga erishishini ta’minlaydi. Marketing strategiyasini realizatsiya
qilish aniq marketing tadbirlarini, muddatlarini va ularni bajarish uchun
kim javob berishini ko‘rsatgan holda, ya’ni marketing taktikasini ishlab
chiqishni ko‘zda tutadi. Masalan, narxni pasaytirish yo‘li bilan bozor
ulushini ko‘paytirish haqidagi qaror strategik hisoblanadi (bozorga
136
chiqish strategiyasi), lekin aniq vaqtda narxni ma’lum foizga
kamaytirish
– bu taktikadr.
Marketing strategiyasi firmaning maqsadli bozorini tanlash va
raqobat sharoitida unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aniq strategiyalar
tizimini ifodalaydi. Marketing strategiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
–
raqobatli
strategiyalar;
–
bozor talablarini e’tiborga
olish strategiyalari;
–
bozorni
qamrab olish strategiyalari;
–
marketing kompleksi strategiyalari: tovar strategiyalari, narxni
shakllantirish strategiyalari, savdo (o‘tkazish) strategiyalari va tovarni
bozorga olib chiqish strategiyalari.
Marketing
strategiyalari
bevosita
maqsadli
xaridorlar
va
raqobatchilar bilan bog‘liq, chunki tashkilot marketingi xaridorlar
talablarini raqobatchilarga nisbatan yaxshiroq qondirishni ko‘zda tutadi.
Shu bois, marketing strategiyasini ikkita asosiy yo‘nalishlari bilan ishlab
chiqish bozor talabi va raqobat kurashi hisoblanadi. Amerikalik professor
L.Rozenberg marketing strategiyasini talabni shakllantirish faoliyati bilan
raqobatchilarni yengish bo‘yicha faoliyatning qo‘shilishi, deb belgiladi.
Korxonaning strategik boshqaruv rejasi – bu korxona ichki resurslari
va bozor imkoniyatlarini bog‘lab turishni rivojlantirish va saqlab turish
jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: