Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   329
Bog'liq
marketing

Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu: 

 

-Iste’molchiga  zarur  bo‘lgan  tovarni  yaratish  va  ishlab  chiqarish 



qobiliyati (tovar siyosati).  

-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati 

(narx siyosati).  

 

9



 Marketing, Bozorshunoslik / A.Soliyev, S.Buzrukxonov /T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010 y.

 

 




 

93 


 

 

 



-Tovarni  iste’molchi  uchun  imkoniyatli  qila  olish  qobiliyati  (savdo 

siyosati).  



Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativ 

soha: 

 

-



 

Reklamani.  

-

 

Xususiy savdoni.  



-Jamoatchilik bilan aloqalarni.  

-

 



Savdoni rag‘batlantirishni yaratadi.  

Mutaxassislarning baholashlaricha, korxonalar tomonidan marketing 

sohasidan hozirda juda sust foydalaniladi: analitik – 30 %, ishlab 

chiqarish va savdo – 45 %, kommunikativ – 29 %.  

Marketingni tashqi sohasi rivojlanish bosqichlarini ham quyidagicha 

ajratish mumkin:  

-marketing taqsimlash vositasi sifatida;  

-sotish  vazifasi  sifatida  marketing  vazifalarini  tashkiliy  jamlash;  -

marketingni mustaqil xizmatga ajratish;  

-marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida.  

Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan tariflanadiki, bu 

bosqichda tovarlarni sotish muammo emas, shuning uchun marketing bu 

bosqichda  sotish  vazifalari  bilan  cheklanadi.  Marketing  faoliyatining 

bunday  tashkiliy  tuzilmasi  AQSh  va  Germaniyada  50-yillarning 

o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan.  

Sotish  bilan  bog‘liq  muammolar  va  marketingning  ahamiyatini 

yaxshi tushunish muhim tashkiliy o‘zgarishlarga olib kelgan, ya’ni sotish 

bo‘yicha  faoliyat  bitta  rahbar  ixtiyoriga  o‘tgan,  bunday  tuzilma  50-

yillardagi Amerika va 70-yillargacha Germaniya uchun xos bo‘lgan.  

Marketing  faoliyati  rivojlanishining  uchinchi  bosqichi  korxonaning 

boshqa  xizmatlari  bilan  teng  huquqli  bo‘lgan  marketing  ixtisoslashgan 

xizmatining  paydo  bo‘lishi  bilan  tariflanadi.  Bunday  xizmat  mahoratni 

rejalashtirish va rivojlantirish, narxini tashkil qilish, mahsulotning tashqi 

ko‘rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan 

birga har bir bo‘lim o‘z manfaatlarini o‘ylaydi, shu sababli ularni tashkil 

etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo‘q va marketingning ahamiyati 

ham uncha katta emas.  

Korxona  marketing  talablarini  mo‘ljal  qilib  faoliyatning  boshqa 

sohalarini  qamrab  olishi  keyingi  bosqich  bo‘ladi,  ya’ni  marketingga 

asosiy vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo‘limlar marketing 




 

94 


 

 

 



xizmatiga  bo‘ysunadi.  Lekin  amaliyotda  teskari  holatlar  ham  uchrab 

turadi.  Masalan,  ayrim  Germaniya  va  AQSh  kompaniyalarida  maxsus 

marketing bo‘limlari qisqartirilib boshqarish tizimidan chiqarilgan.   

Marketing  korxona  (firma)  faoliyatiga  to‘liq  holda  yoki  qisman 

integratsiyalashuvi mumkin. Qisman integratsiyada marketing firmaning 

turli  huquqiy  xizmat  ko‘rsatishini  bildiradi.  To‘liq  integratsiyada 

marketing asosiy funksiya hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorij tajribalar 

shuni  ko‘rsatadiki,  ko‘pchilik  korxonalar  rivojlanishning  uchinchi 

bosqichida turibdi. To‘liq integratsiya - ko‘proq umumiy ehtiyoj tovarlari 

sohasidagi Amerika korxonalarida qo‘llanilgan. Korxonada marketingni 

rivojlanishi  qabul  qilinayotgan  qarorlar  birligini  ta’minlovchi  uslubiy 

hujjatlarni  ishlab  chiqish,  marketing  vazifalarini  bajarish  bo‘yicha 

bo‘linmalar  faoliyatining  o‘zaro  aloqalari  va  muvofiqlashuvini  talab 

qiladi. Bu o‘z navbatida, kompleks maqsadli guruhlarni matritsali tashkil 

qilish va yaratish yordamida marketing tizimini tatbiq etishning keyingi 

bosqichiga  o‘tishga  imkon  beradi.  Shu  bilan  birga  ta’kidlash  kerakki, 

korxonada marketingni tatbiq etish avvalo ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab 

chiqish  va  jamlash  tizimini,  ya’ni  marketing  axborot  tizimi  (MAT)ni 

tashkil qilishini talab qiladi.   

Korxonada marketingning ichki sohasi o‘sib borish ahamiyati uning 

tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini topadi. Marketingni boshqarish – tovar va 

xizmatlarga  bo‘lgan  talabni  oshirish,  foydani  ko‘paytirish  uchun 

bajariladigan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat, audit 

va  rag‘batlantirish  funksiyalari  majmuyidan  iborat.  Marketingni 

boshqarish  marketing  faoliyatini  intensivlashtirsh  vositasi  va  falsafasi 

sifatida  ko‘rilib,  uning  maqsadi  sotuvni  tashkil  etish  va  rag‘batlantirish 

emas, balki firma tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni 

boshqarishdir.  F.Kotler  fikricha,  marketingni  boshqarish  –firma  oldida 

turgan  maqsadga  yetish  uchun  kerakli  vaqtda,  kerakli  darajada  firma 

tovarlariga  talabni  shakllantirishdir.  J.J.Lamben  esa  bu  tushunchaga 

xaridorlarning yangi talablarini shakllantirish va rag‘batlantirish, deb tarif  

bergan. Marketingni boshqarish bozorda firmalarning raqobat ustunligini 

ta’minlash  va  shakllantirish  uchun  yo‘naltirilgan  faoliyat  bo‘lib,  u  o‘z 

ichiga quyidagi tahlil turlarini oladi.  

1.

 

Tashqi muhit tahlili.  



2.

 

Vaziyatli tahlil.  




 

95 


 

 

 



3.

 

Bozor istiqbolini belgilash.  



4.

 

Korxona imkoniyatlarini aniqlash.  



5.

 

Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish.  



6.

 

Konkret  vaziyatda  korxonaning  marketing  maqsadlarini 



rejalashtirish.  

7.

 



Marketing – miks rejasini ishlab chiqish.  

8.

 



Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish, 

nazorat va natijani baholash.  

Shunday  qilib,  marketingni  boshqarish  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimning 

turli  iyerarxik  boshqaruv  pog‘onasida  marketingning  funksional  va 

institutsional  faoliyatini  integrallashgan,  ya’ni  bir-biriga  chambarchas 

bog‘langan holda boshqaradi.  




Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish