91
1980 –yil
Kompleks
marketing
To‘liq
Sinxro
marketing
Faoliyat
turiga qarab
Iste’mol,
sanoat,
investitsion
xizmat
sohasi
marketingi
1990 –
yildan
hozirgacha
Kommunikativ
marketing
Haddan
ortiq
Noratsiona
l
Qo‘llovchi
marketing
Demarketing
Qarshilik
ko‘rsatuvchi
Tashkilotlar
marketingi,
egomarketing
, joy
marketingi,
g‘oyalar
marketingi,
ijtimoiy
marketing
Xalqaro marketing
- tashqi iqtisodiy faoliyat, jahon bozori
marketingidir. Uning mamlakat ichki bozorlari marketingidan ko‘pgina
farqi bor. Avvalo, jahon bozoriga har bir mamlakat o‘z marketing
strategiyasi bilan kirish uchun tanlangan mamlakatning umummadaniy va
iqtisodiy muhitlarini chuqur tahlil qilishi zarur. Shu bilan birga xalqaro
marketing: firmaning tashkiliy ishlarini jahon standartlari darajasida,
mahsulotni
rejalashtirish,
sotish,
harakatini
tashkil
etish
va
narxlashtirishda o‘ziga xos talablar qo‘yadi. Xalqaro marketing
strategiyasi eksport, import va qo‘shma korxonalar tashkil etishga
alohida-alohida yondashishni taqozo etadi. Xalqaro marketing jahon
bozoriga chiqish imkoniyatlarini, tashqi muhitni, aniq bozorni tanlash va
unga kirish usullarini aniqlash, marketing rejasini tuzish, raqobatchilar
faoliyatini tadqiq qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
To‘g‘ri marketing
- Interaktiv marketing tizimi bo‘lib,
iste’molchining istagini uyg‘otish, uning buyurtmasini olish uchun bir
yoki bir necha media reklama vositalaridan foydalanadi. To‘g‘ri
marketingni iste’molchidan to‘g‘ri buyurtma olish marketingi ham
deyiladi. To‘g‘ri marketing xaridorlar bilan uzoq muddatli
munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolishga imkon beradi. To‘g‘ri
marketing - kataloglar, pochta orqali to‘g‘ri jo‘natish va telemarketlardan
foydalanib savdo qilishni bildiradi.
92
Tashkilot marketingi
- alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan
vaziyatni qo‘llab-quvvatlash yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerakli muhit
tashkil qilish maqsadida qo‘llaniladigan amaliy faoliyat.
9
Ijtimoiy marketing
– ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni
amalga oshirish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati
harakatlaridir.
Ijtimoiy- etik marketing –
bu marketing turi uzoq muddatga
mo‘ljallangan marketing faoliyati bo‘lib, iste’molchilar talab va
ehtiyojlardan kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi faoliyati
haqida qaror qabul qilish. Bu jarayonda mahsulotlar ekologik sofligi va
korxonaning atrof-muhitga zarar yetkazmasligiga alohida e’tibor
qaratiladi.
Hozirgi vaqtda egomarketing, g‘oyalar marketingi, xizmatlar
marketing rivojlanib bormoqda.
4.3. Marketingning ichki va tashqi soha tushunchalari va ularning
o‘zaro bog‘liqligi
Marketingning funksiyasi juda keng bo‘lishi yoki savdo-sotiq va
reklama bilan chegaralanishi mumkin. Marketingning roli qancha
ahamiyatli bo‘lsa, korxonaning kuchli marketing sohasini (potensialini)
yaratish ehtimoli shunchalik kuchli bo‘ladi. Korxonaning marketing
sohasi uning 3 xil ishlab chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlab
chiqarish va savdo, kommunikativ sohasini aks ettiradi.
Analitik soha:
-
Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini.
-
Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan
segmentni tanlay olish qobiliyatini.
-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi
.
Do'stlaringiz bilan baham: