Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing axborotlarining asosiy elementlari



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   329
Bog'liq
marketing

3.4. Marketing axborotlarining asosiy elementlari  

  

Marketing  bo‘yicha  adabiyotlarda  bozorni  o‘rganish,  marketing 



tadqiqotlari,  sotuv  jarayonini  tadqiq  etish  kabi  tushunchalar  ko‘p 

uchraydi. Bular bir-biriga o‘xshash sinonim tushunchalarga bo‘lib, gohida 

ularni  chalkashtirib  yuborishadi.  Bular  ichida 

marketing  tadqiqotlari

 

juda keng tushuncha bo‘lib, u firma marketing qarorini qabul qilishi uchun 



axborot  yig‘ish,  uni  tizimga  solish,  tahlil  etish  umumlashtirish  asosida 

marketing qarorlarini qabul qilish va biznes faoliyatini asoslashdan iborat. 

Bozorni  o‘rganish  esa  tizimli  va  uslubiy  jihatdan  joriy  holatda  bozorni 

izlash,  uni  o‘rganish  va  unda  qanday  harakat  qilish  kerakligini  hal 

qilishdir. Firmalar faoliyatida har qanday qaror qabul qilish jarayoni turli 

omillarga,  tashqi  va  ichki  ta’sir  kuchlariga  bog‘liq.  Marketing  faoliyati 

qarorlari  ham  juda  ko‘p  axborot  manbalarini  tahlil  qilish  asosida  qabul 

qilinadi. Shuning uchun marketolog samarali marketing qarorlarini qabul 




 

74 


 

 

 



qilishi uchun marketingga oid terminlarning tub mohiyatini bilishi va har 

birining maqsadidan kelib chiqqan holda tahlillarga asoslanishi kerak.  

Har bir marketing tadqiqoti u iste’molchini o‘rganishga yoki bozorni 

o‘rganishga  yo‘naltirilgan  bo‘lishidan  qatiy  nazar  uning  o‘ziga  xos 

usullari, izlanish sxemasi, axborotlar bankiga ega bo‘lishi kerak. Masalan, 

iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar ular yoshi, jinsi, millati, ish faoliyati, 

moliyaviy ta’minlanganligi va h.k.  

F. Kotler marketing tadqiqotlari o‘tkazish usullarining shakllanishini, 

vaqt o‘tishi bilan ularning rivojlanishini va zamonaviy iqtisodiymatematik 

usullar bilan amalga oshirilish evolyutsiyasini ko‘rsatib o‘tgan (1974 y.).  

Tadqiqot  maqsadi  –  muammo  aniqlangandan  so‘ng  tegishli 

axborotlarni  masalan,  bozor  ulushi,  bozor  konyunkturasi,  raqobatchilar 

potensiali  va  boshqalar  haqida  ma’lumotlar  yig‘iladi.  Har  qanday 

marketing tadqiqotiga ijodiy yondashish kerak. Ma’lumotlar ba’zasida har 

bir  ko‘rsatkich  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lib,  o‘zgaruvchi  va  o‘zgarmas 

kattaliklarni  tahlil  qilishda  ularga  ta’sir  etuvchi  tashqi  omil  kuchlarini 

to‘g‘ri  aniqlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Tadqiqot  tarkibini  to‘g‘ri 

belgilash, ketma-ketlikka rioya qilish zarur.   

Marketing  faoliyatinig  asosiy  elementi  (marketing  tadqiqoti 

bo‘lganligi  uchun)  optimal  tuzilgan  dizayn,  zarur  axborotlar  bazasini 

yaratish,  axborotlar  tizimi,  internetdan  foydalanish  tadqiqot  samarasini 

kafolatlovchi muhim omildir.   

Marketing  tadqiqotlari  bu  –  axborot  mavhumligini,  tijorat  riskini 

kamaytirish  va  marketing  qarorlari  qabul  qilish  maqsadida  marketing 

faoliyatining  turli  jabhalari  bo‘yicha  ma’lumotlarni  muntazam  yig‘ib 

borish, aks ettirish va tahlil qilishdir.   

Marketing tadqiqotlari maqsadlarini “Mazkur muammoni hal qilish 

uchun qanday axborot zarur” degan savolning javoblari tadqiqoti aniqlab 

beradi.  

Tadqiqot  maqsadlari  va  usullariga  qarab  marketing  tadqiqotlari 

quyidagi  turlarga  ajratiladi:  o‘rganish  (razvedka),  tariflash,  sabablarni 

aniqlash.  

O‘rganish  (razvedka)  tadqiqoti  –  ilgari  surilayotgan  muammoni  va 

taxminlarni yaxshiroq aniqlash uchun zarur bo‘lgan birlamchi axborotni 

yig‘ish maqsadida olib boriladi. Masalan, sotuvning past darajasiga sabab 

yomon  reklama,  deb  taxmin  qilingan,  ammo  o‘rganish  tadqiqoti  yetarli 

darajada bo‘lmagan sotuvning asosiy sababi tovar taqsimlash tizimining 



 

75 


 

 

 



yomon  ishlashi  ekanligini,  uni  marketing  tadqiqotlarining  keyingi 

bosqichlarida yanada batafsilroq o‘rganish lozimligini ko‘rsatdi.   

Tariflovchi  tadqiqot  –  marketing  muammolarini  tariflashga 

yo‘naltirilgan,  masalan,  demografik  holat,  kompaniya  mahsulotiga 

iste’molchilarning  munosabati  kabi.  Bunday  turdagi  tadqiqotlarni  olib 

borishda odatda kim, nima, qayerda, qachon va qanday, degan so‘zlardan 

boshlanuvchi  savollarga  javob  izlanadi.  Masalan,  firma  mahsuloti 

iste’molchilari kim ekanligi aniqlanadi. Firma mahsulotini qayerda xarid 

qilishadi? Ushbu mahsulotni xaridorlar qachon faol xarid qilishadi? Sotib 

olingan mahsulotdan qanday foydalaniladi?  

Sabablarni  aniqlashga  yo‘naltirilgan  tadqiqotlar  –  sabab-oqibat 

aloqalariga  tegishli  taxminlarni  tekshirish  uchun  olib  boriladi.  Mazkur 

tadqiqot  asosida  biror-bir  hodisani  “agar  X  bo‘lsa,  unda  Y  bo‘ladi” 

ko‘rinishdagi  mantiqiy  bog‘lanish  asosida  tushunishga  intilish  yotadi. 

Sabab-oqibat  bog‘lanishi  maxsus  tajribalar  o‘tkazish  yo‘li  bilan 

aniqlanishi  mumkin.  Tajribalar  o‘tkazishda  mustaqil  o‘zgaruvchilar 

(narxlar, reklama xarajatlari va h.k.) almashtiriladi va bu o‘zgarishlarga 

bog‘liq  o‘zgaruvchilar  (sotuv  hajmi,  bozor  ulushi  ko‘rsatkichi  va  h.k.) 

qanday javob qaytarishi aniqlanadi.   

Marketing  tadqiqotlari  quyidagi  yo‘nalishlar  bo‘yicha  amalga 

oshiriladi:   

 



bozorni  o‘rganish  (uning  hajmi,  dinamikasi,  rivojlanish 

yo‘nalishi);   

 

iste’molchilar xatti-harakatini o‘rganish;   



 

raqobatchilar faoliyatini o‘rganish;   



 

talablarni  qondirish  bo‘yicha  firma  ichki  imkoniyatlarini 



o‘rganish;   

 



marketing majmuasi unsurlarini o‘rganish (tovar, baho, sotuv, 

reklama);   

 

marketing faoliyati huquqiy jabhalarini o‘rganish.  



Ko‘rinib  turibdiki,  “bozorni  o‘rganish”  tushunchasi  umuman 

marketing faoliyatining asosiy jabhalarini aniqlab bersa ham “marketing 

tadqiqotlari”  tushunchasi  “bozorni  o‘rganish”  tushunchasidan  ancha 

kengroq. Ko‘pchilik yirik chet el firmalari (80 foiz atrofida) o‘z xususiy 

marketing  tadqiqoti  bo‘limlariga  ega.  Bunday  bo‘limlar  tarkibida 

sotsiologlar,  psixologlar,  statistiklar,  dasturchilar  va  boshqa    shu  kabi 

xodimlar xizmat qiladilar.   



 

76 


 

 

 



  

 

  



Vazifalarni belgilash. Firma oldida turgan 

 

 



  

muammolarni aniqlash 

 

  

  



Marketing izlanish maqsadlarini 

  

aniqlash



 

  

Potensial axborot manbalarini 



 

 

  



belgilash 

 

  



  

Axborot to‘plash va  

klassifikatsi


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish