yalash
To‘plangan ma’lumotlarni
tahlil etish
Kerakli tavsiyalarni
berish
3.3 - rasm. Marketing tadqiqotlari jarayoni bosqichlari
Marketing tadqiqotlari jarayoni quyidagi bosqich va harakatlarni o‘z
ichiga oladi:
1.
Muammo va tadqiqot maqsadlarini aniqlash.
1.1.
Marketing
tadqiqotlari
o‘tkazish
zaruratini
aniqlash.
1.2.
Muammo va tadqiqot maqsadlarini shakllantirish.
2.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqish.
2.1.
Tadqiqot turini aniqlash.
2.2.
Talab qilinayotgan axborot turini, uni olish
manbalarini va zarur axborotlarni yig‘ish usullarini aniqlash.
2.3.
Ma’lumotlarni yig‘ish shakllarini loyihalash.
2.4.
Tanlanma rejani ishlab chiqish va tanlov hajmini
aniqlash.
3.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqish.
3.1.
Ma’lumotlarni yig‘ish.
3.2.
Ma’lumotlarni tahlil qilish.
77
4.
Olingan natijalarni talqin qilish va ularni rahbariyatga
yetkazish – yakuniy hisobotni tayyorlash va taqdim qilish.
Marketing tadqiqotlarining ayrim bosqichlariga qisqacha tarif
beramiz.
1.1.
Marketing tadqiqotlari o‘tkazish zaruratini aniqlash.
Tashqi muhit monitoringini amalga oshirishda tashkilot rahbariyati
ko‘pgina manbalardan – mahsulot sifatining pastligidan shikoyat qilishi
mumkin bo‘lgan aksiyadorlardan, tashkilot bozordagi o‘rnini
raqobatchilarga berib qo‘yayotgani to‘g‘risida axborot berishi mumkin
bo‘lgan dilerdan va h.k. axborot oladi. Ammo bu axborotlar asosiy
muammolarga emas, balki ko‘proq muammo - belgilarga taalluqli
(masalan,
sotuv
hajmi
barqarorlashuvi
yoki
tushib
ketishi).
Tadqiqotchilarning vazifasi aynan muammo – belgilar negizida yotgan
asosiy muammolarni aniqlash hisoblanadi. Muammolarni aniqlash
marketing tadqiqotlari olib borishda keyingi qadam hisoblanadi.
1.2.
Muammoni aniqlash va tadqiqot maqsadlarini shakllantirish.
Muammoning aniq-ravshan qo‘yilishi marketing tadqiqotlarini
muvaffaqiyatli o‘tkazish garovi hisoblanadi. Muammoni aniqlash o‘z
ichiga quyidagilarni oladi:
1.
Belgilarni aniqlash.
2.
Mumkin bo‘lgan sabablar, asosiy muammolar, belgilarni aniq
tariflash.
3.
Muammoni hal qilish uchun boshqaruvchi qabul qilishi
mumkin bo‘lgan muqobil amallar to‘liq ro‘yxatini aniqlash.
Ma’lumotlar tahlili ularni kompyuterga kiritish, xatolarini tekshirish,
kodlashtirish, jadval holiga keltirish va statistik sinovlarni o‘z ichiga
oladi.
Markteing axborotlarini tahlil qilish tizimi usullar banki va modellar
bankini o‘z ichiga oladi.
Usullar banki – arifmetik operatsiyalar, ma’lumotlarni grafikli va
statistik qayta ishlab, ularning statistik ishonchliligini aniqlash imkonini
beruvchi ma’lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy uslublari
to‘plamidir.
Modellar banki – har biri real mavjud bo‘lgan o‘zaro bog‘liq
o‘zgaruvchan tizimni namoyon qiluvchi, optimal boshqaruv qarorlarini
78
qabul
qilishga
ko‘maklashuvchi
iqtisodiy-matematik
modellar
to‘plamidir.
Kompaniya rahbariyatiga o‘tkazilgan tadqiqot bo‘yicha yakuniy
hisobotni tayyorlab faoliyat xususiyatlari va qabul qilinayotgan qarorlar
xarakteriga qarab olingan natijalar talqini, xulosa va takliflar taqdim
etiladi. Hisobot yozishdan tashqari tadqiqotchilar mijozlar uchun
ko‘pincha olingan natijalarning og‘zaki taqdimotini ham tayyorlaydilar.
Marketolog tadqiqot usullari va uslubiyotlaridan, marketing
instrumentlaridan to‘g‘ri foydalanishi lozim.Tadqiqot dizaynini ishlab
chiqish quyidagilarni talab etadi:
-Tasdiqlangan bosh va operativ maqsadlarning mavjudligini
-Qo‘yilgan muammolar bilan maqsadlarning aloqadorligini
-Olingan natijalarni qaysi yo‘nalishda qo‘llanishini asoslanganligini
-Tadqiqot maqsadlariga erishish uchun tanlangan usullarning
qulayligini
-Butun jarayon uchun kalendar va tarmoq grafigining tuzilishini
-Tadqiqot loyihasini bajarishda ishtirok etuvchi personalni o‘z
vazifalariga mas’ulligini ta’minlashni
-Tadqiqot xarajatlar budjetini moddalar bo‘yicha ishlab chiqishni
-Yakuniy hisobot shaklini rasmiylashtirishni yuqori darajada
bajarishni.
Tadqiqot dizaynining ilmiy va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi
dizaynga qo‘yiladigan talablarning eng asosiysidir. Tadqiqot dizayni
loyihalanadi (1,2,3– bosqichda). Dizayni loyihalangandan so‘ng tadqiqot
jarayonining konstruksiyasini tuzish bosqichi boshlanadi. Dizaynni
loyihalashda ma’lum texnika va texnologiyaga tayanish kerak. Buning
uchun quyidagi savollarga javoblar talab etiladi.
-Kerakli axborotni yaratish uchun qanday ma’lumotlar zarur?
-Ikkilamchi axborotni qayerdan olish yaxshi (ichki yoki tashqi
manbalardan)?
-Ikkilamchi va birlamchi axborotlarga yana qo‘shimcha ma’lumotlar
kerakmi?
-Ikkilamchi axborot manbalarini qaysi statistik usullar bilan qayta
ishlanadi va tahlil qilinadi?
-Birlamchi axborotlarni qaysi usullar bilan to‘plash kerak?
79
-Qanday o‘zgaruvchi omillar tahlili o‘tkazilishi va qanday usullar
qo‘llanilishi kerak?
-Iste’molchilar so‘rovnomasi qanday tuzilishi kerak, qanday savollar
berilishi kerak?
-
Tadqiqot jarayonida nimalarga ko‘proq e’tibor berilib, nimalar
ajratilib ko‘rsatiladi?
-
Qanday tahlil usullari qo‘llaniladi?
-
Tadqiqot natijalari hisobotining shakli, ko‘rinishi va tarkibi
tasdiqlanganmi?
-
Tadqiqot o‘tkazish uchun qancha vaqt ketadi?
Tadqiqot dizayni — bu tadqiqot jarayonini loyihalash va
konstruksiyalash hamda uning modelini ishlab chiqishdir. Taqiqot dizayni
eng birinchi qilinadigan ishdir. Amerika Marketing Assotsiatsiyasi
tarificha, “tadqiqot dizayni – bu ustalik bilan tuzilgan rejadir”.
Marketing tadqiqoti dizayni - bu tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan
holda mantiqiy ketma-ketlikda axborotlarni to‘plash, tizimlashtirish,
qayta ishlash, ulardan foydali axborotni tanlab olish, axborot sifatini
baholash va ularni qaror qabul qiluvchi menejer, rahbar, bo‘lim boshlig‘i
yoki boshqa tegishli mas’ul shaxsga uzatishidir.
Marketing tadqiqotining dizayni marketing tadqiqotini o‘tkazishni
loyihalash va tashkil etish jarayoni sifatida ko‘rilishi mumkin. Dizayn
loyihalash (1,2,3 bosqich) uch bosqichdan, konstruksiyasini tuzish to‘rt
bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich — vaziyat muammosi va qo‘yilgan masalalar bilan
tanishish. Bunda tadqiqotni o‘tkazish imkoniyatlari va mumkinligi haqida
ularga ketadigan xarajatlar, bunga o‘xshash tadqiqotlarning mavjudligi
hamda qiyinchiliklar haqida ma’lum bir fikr – mulohazalar shakllanadi.
Asosiy vazifalar belgilangandan so‘ng quyidagi savollar aniqlanadi.
-Qanday hajmdagi tadqiqot o‘tkazilishi talab etiladi?
-Tadqiqot natijalari samarasi sarf – xarajatlarni qoplaydimi?
-Tadqiqot qilinadigan muammo bo‘yicha tayyor yechimlar yoki
o‘xshash tadqiqotlar mavjudmi?
-Tadqiqot natijasida qaysi darajadagi ahamiyatga ega bo‘lgan axborot
olinishi kerak?
-Masalani qo‘yilishi va asoslanishi qanday?
-Natijalarni tayyorlash va topshirish uchun vaqt chegaralanganmi?
80
Ikkinchi bosqich — tadqiqotni taxminiy rejalashtirish, birinchi
bosqichidagi ma’lumotlarni tekshirish. Bu bosqichda quyidagi savollar
muhim hisoblanadi.
-qaysi hajmda qanday va qanday sifatli axborot talab etiladi?
-qanday axborot manbalari mavjud?
-Tadqiqot o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki marketing
markazlarini jalb etish kerakmi?
-Tahlil va istiqbolni belgilash uchun qanday usullar qo‘llaniladi?
-Tadqiqot
ma’lumotlarini
tahlil
qilish
uchun
dasturlash
qo‘llaniladimi?
-Tadqiqot o‘tkazish qancha vaqtni talab etadi?
Mavjud vaziyat bilan tanishgandan so‘ng barcha birlamchi va
ikkilamchi axborotlarni firma kuchi bilan to‘plab yig‘ish mumkinligi,
yoki birlamchi axborotlar to‘plash uchun marketing tadqiqot markazlari
yordamidan foydalanish zarurligi aniqlanadi. Masalan, iste’molchilardan
so‘rovnoma o‘tkazish, raqobatchilar haqida axborot yig‘ish kabi
ma’lumotlarni to‘plashda marketing markazlaridan foydalanish kerak.
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan ilmiy
tadqiqot institutlari va marketing markazlarini jalb qilishni asoslash uchun
quyidagi mezonlardan foydalanish mumkin:
−
Marketing tadqiqotlari borasida qaysi ixtisoslashgan institut
mavjud?
−
Marketing tizimlarini tadqiq qilish bilan qaysi mutaxassislar
shug‘ullanadi?
−
Ochiq matbuotda tadqiqot natijalari chop etilganmi?
−
Buyurtmachi firma va korxonalar bilan kommunikatsiya aloqalari
qanday o‘rnatilgan?
−
Tadqiqot o‘tkazish smetasi va grafigi institut tomonidan qachon
tavsiya etiladi?
−
Rejalashtirilgan tadqiqot grafigini institut ishlab chiqadimi?
−
Institutda amaliyotda qo‘llanilgan hisoblash dasturlari va
markazlari mavjudmi?
−
Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va taqdimot qilish qanday
tartibda o‘tkaziladi?
81
Uchinchi bosqich — tadqiqot o‘tkazishning ishchi konsepsiyasini
ishlab chiqish. Konsepsiya tadqiqoti kim yordamida o‘tkazilishidan qat’iy
nazar ishlab chiqiladi. Konsepsiya quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi
kerak:
-Mahsulot, mahsulot nomenklaturasi, joylashtirish tizimi. Bu yerda
bozorda siz tavsiya qilayotgan tovar yoki shunga o‘xshash tovar
mavjudmi?
-Tovarning asosiy mohiyati, uzoq muddatga mo‘ljallangan tovar,
qisqa muddatga mo‘ljallangan keng iste’mol tovari, sanoat ehtiyojlari
uchun kerak tayyor qismlar va boshqa xizmatlar.
-Sifatni ta’minlash, tizimli texnikaning zamonaviylik darajasi,
unumdorlik ko‘rsatkichlari, dizayn, narxlar, foydalilik darajasi.
-Potensial iste’molchilar: sanoat korxonalari, savdo, ijtimoiy
buyurtmachilar, individual iste’molchilar, iste’molchilar guruhi.
-Bozorni ta’minlash xarakteristikasi - bozorga kirish va chiqish,
ishlab chiqarish dinamikasiga qarab mahsulotga shakllanayotgan talabni
o‘rganish
-Mahsulotni sotish tizimi (ulgurji va chakana savdo tarmoqlari),
oxirgi iste’molchiga yetkazib berish tizimi, chakana savdo do‘konlari,
ulgurji savdo punktlari.
-Raqobat-raqobat muhiti, asosiy raqobatchilarning bozordagi holati.
Tadqiqot muammosidan kelib chiqqan holda ishchi konsepsiyaning
tarkibi bundan farq qilishi va boshqa masalalar ham yoritilishi mumkin.
Bozor muhitini o‘rganish, marketingning tashqi va ichki muhitini tahlil
qilish, tashqi aloqalarni tahlil qilish masalalari ko‘rilishi mumkin. Har
qanday firma faoliyatiga juda ko‘p omillar ta’sir etganligi uchun,
marketing tizimininig ko‘p subyektlari samarali aloqalarni o‘rnatishi juda
muhim. Shu sababli quyidagi savollarni ham tadqiqot davrida o‘rganish
zarur.
-Iqtisodiyotdagi umumiy holat – iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy,
geografik
-Asosiy tarmoqlarda texnologiyalarning rivojlanganligi
-Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish dasturlari holati – fan,
sog‘liqni saqlash, tashqi muhitni muhofaza qilishning istiqbollari -
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida ularning mahsulotlariga bo‘lgan
talabni baholash
82
-Raqobatchilar va hamkorlar bozorida firma ulushi.
To‘rtinchi bosqich — marketing axborotlarini to‘plash yo‘llari va
usullari asoslanadi. Iqtisodiy tejamli usullardan foydalanish, birlamchi va
ikkilamchi axborotlarni aniqligiga e’tibor qaratiladi. Axborotlar ikki
yo‘nalishga bo‘lingan holda tizimlashtiriladi:
-
firmaning ichki axborotlari tizimi
-
firmani o‘rab turgan tashqi muhit axborotlari tizimi.
Tashqi muhit axborotlari turli manbalardan, ommaviy axborot
nashrlari, statistik qo‘mitalar, raqobatchilarning faoliyati haqidagi
manbalardan olinishi mumkin.
Beshinchi bosqich —axborotni qayta ishlash.Tadqiqot maqsadi va
vazifalaridan kelib chiqqan holda axborotlarni miqdoriy va sifat jihatdan
tahlil ishlari olib boriladi, qayta ishlangan axborot kompyuter dasturlariga
kiritilishi va tahlil qilinishi kerak.
Oltinchi bosqich—yakuniy xulosalarni qilish, tadqiqotni yakunlash,
umumlashtirish. Tadqiqotning bosh maqsadiga yetildimi yoki yo‘qmi,
qo‘shimcha ma’lumotlar kerakmi, tadqiqot yakunlandimi, shu va shu kabi
savollar tahlil qilinadi. Buyurtmachi qo‘ygan maqsadiga erishdimi,
marketing tadqiqotlariga sarflangan xarajatlar tez qoplanadimi, kabi
savollarga xulosa qilinadi. Iste’mol vositalari ishlab chiqaruvchi sanoat
korxonalari marketing tadqiqotlariga 0,30 foiz miqdorida mablag‘ sarf
qilar ekan. Ba’zi hollarda tadqiqot natijalari samarasini aniqlash uchun
anketa savollari tuzib so‘rovnomalar o‘tkaziladi.
Yettinchi bosqich – tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va taqdimot
(prezentatsiya) qilish. Hisobot tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga olishi
kerak:
-Mundarija
-Referat, hisobotning qisqa mazmuni va natijalari
-Masalaning qo‘yilishi va tadqiqot maqsadlarining asoslanishi
-Tadqiqot alohida bo‘limlari natijalari, uslubiy xulosalar, jadvallar,
sxema va grafiklar -Ilovalar.
Taqdimotni samarali o‘tkazish uchun uning ssenariysi tuziladi.
Taqdimot ma’ruzasi, slaydlar, bahs-munozaralar bilan birga boshqa
rasmiy tadbirlar ham o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |