Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketologlar uchun iste’molchi biznesiga yondashuv



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   329
Bog'liq
marketing

Marketologlar uchun iste’molchi biznesiga yondashuv 

 

 

 

Marketologlar “qanoatlanmagan” iste’molchilarni topib, ular uchun 



alohida  marketing  strategiyasini  ishlab  chiqishni  xohlaydi.  Eng  avvalo, 

potensial iste’molchilarni topish kerak.   

Bozorlar  pul  sarflaydigan  insonlardan  tashkil  topadi!  “Puli  bor” 

insonlar  bozorlarni  yaratadi.  Shuning  uchun  eng  avvalo  ishni  turli 

regionlardagi  aholi  soni,  ularning  daromadi  va  boshqa  demografik 

jihatlarini o‘rganishdan boshlash kerak.   

Xaridor  xulq-atvorining  shakllanishida  boshlang‘ich  ta’sirni 

madaniylik  darajasi  va  uni  tashkil  etuvchi  xususiyatlar  belgilaydi. 

Madaniyat  –  insonning  ma’naviy  yetukligini,  ehtiyojlari  va  atvorining 

vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega. Lekin madaniyat tub ma’noda, 

irqiy va milliy madaniyat bilan birlashgan tarzda uchraydi. Faraz qilaylik, 

yoshlarning individualligi, faolligi, erkinligi va yuqori martabaga bo‘lgan 

intilishi,  yalpi  madaniy  jihatga  ega  bo‘lsa,  milliylik,  tarixiy  ko‘nikma, 

barcha millat yoshlarida o‘zgacha xususiyatlarga ega. Madaniy jihatdan 

xaridorning amaldagi ijtimoiy mavqeyi o‘rni ham muhim ahamiyatga ega. 

Ijtimoiy mavqe yoki o‘rin – xaridorning jamiyat miqyosida tegishli kasb, 

mashg‘ullik  va  qiziqishlari,  fe’l-atvorlariga  ko‘ra  tartibli  tarzda 

shakllangan  guruhlarga  bo‘linishidir.  Ushbu  ijtimoiy  guruhlarga 

ajratishda madaniy saviya, kasb, daromadlar miqdori, odatlar, qadriyatlar 

asosiy farqlanish belgisi bo‘lib hisoblanadi.  

Xaridorlarni  o‘rganishda  nafaqat  daromad  darajalari,  shuningdek, 

kasbi, faoliyat turi, ma’lum ijtimoiy statusning mavjudligi, ma’lumoti va 

yashash joyi ham kiritiladi. Ijtimoiy sinflar vakillari turli xil tovarlar va 

tovar markalarini, shu jumladan, kiyim, uy mebellari, avtomobil kabilarni 

ham qo‘shgan holda tanlab olishda ma’lum umumiy ustunlikka ega.   

 Xaridorning  aniq  tovar  va  savdo  markasini  tanlashiga  madaniy  va 

iste’molchilik  sharoitidan  tashqari  referent  guruhlar,  oila,  rollar  va 

statuslar  kabi  ijtimoiy  omillar  ham  ta’sir  o‘tkazadi.  Marketologlar 

maqsadli  iste’molchilarning  referent  guruhlarini  aniqlashlari,  shu  bilan 

birga  ularning  u  yoki  bu  tovar  yoki  markani  xarid  qilishda  odamlarga 




 

198 


 

 

 



turlicha  ta’sirlarini  unutmasliklari  kerak.

 

Referent  guruhlar  (Shaxsiy 

kontraktda) – individga nisbatan uning qandaydir tabiatiga bevosita yoki 

bilvosita ta’sir etuvchi odamlardan iborat bo‘ladi. Odamga bevosita ta’sir 

ko‘rsatuvchi  guruhlar  tegishlilik  (afzallik)  guruhlari  deb  ataladi.  Ular 

birlamchi  (oila,  do‘stlar,  qo‘shnilar,  ishdagi  hamkasblar,  individning 

a’zolar  bilan  o‘zaro  ta’siri  doimiy  yoki  norasmiy  xarakterga  ega 

bo‘ladigan jamoa) va ikkilamchi (proffesional jamoalar, diniy va kasaba 

uyushmasi birlashmalari asosan, rasmiy asosda tuzilgan: ularning a’zolari 

bilan  odamning  muloqotlari  rasmiy  va  davriy  xarakter  kasb  etadi) 

jamoalarga ajratiladi.   

Referent guruhlar individga hech bo‘lmaganda uch xil rakursda jiddiy 

ta’sir  o‘tkazadilar:  ular  odamning  hayot  tarzi  va  xulq-atvorini 

o‘zgartirishga  ta’sir  etadi;  individning  hayotga  va  o‘ziga  nisbatan 

tasavvurlariga ta’sir ko‘rsatadi. Referent guruhlar ayniqsa, avtomobillar, 

rangli  televizor,  urfdagi  mebel  to‘plamlari  va  kiyimlarining  savdo 

markalarini  tanlashda,  pivo  va  sigaret  sotib  olishda  kuchli  ta’sir 

o‘tkazadilar. Agar tovar ishlab chiqaruvchilar va marka egalari referent 

guruhlarning  kuchli  ta’sirlariga  duch  kelib  qolsalar,  fikrlar  liderlariga 

ta’sir etishning imkoni bo‘lgan metodlarini o‘rnatishlari lozim.   

 Fikr liderlari – norasmiy suhbatda suhbatdoshiga aniq mahsulot yoki 

tovar kategoriyalari bo‘yicha mahsulot yoki axborot beruvchi individlar 

(qaysi markani tanlagan yaxshi yoki qaysi tovardan qanday foydalanish 

kabilarda).  Fikr  liderlari  hamma  ijtimoiy  qatlamlarda  ishtirok  etadi,  har 

bir individ ayrim mahsulotlar sohasida uni doimo sotib oluvchilar sifatida 

yangi  xaridorlar  uchun  fikr  liderlari  bo‘lishi  mumkin.  Marketologlar 

ularning  demografik  va  psixologik  xarakteristikalarini,  ular  afzal 

ko‘radigan  gazeta  va  jurnallarni  o‘rganib,  fikr  liderlarini  aniqlashga 

urinadilar. Ma’lumotlarni tadqiq etish asosida fikr liderlari uchun maxsus 

reklama murojaatlari ishlab chiqiladi. Yoshlar musiqasida eng yangi oqim 

urflar  va  odatlardagi  yangiliklar  shahar  markazlarida  tug‘iladi,  keyin 

shahar atrofidagi o‘smirlar tomonidan o‘zlashtiriladi. “Levi Strauss” kabi 

kiyim ishlab chiqaradigan kompaniyalar  moda ketidan quvuvchi (ularni 

kuzatib boruvchi) yoshlarni o‘ziga jalb qilishga urinadi va shahardagi fikr 

liderlarining  uslubi  va  hayot  tarzini  maqsadga  yo‘naltirilgan  holda 

o‘rganadi. Ushbu kompaniya jinsini kashf etganiga 150 yildan ortiq vaqt 

o‘tdi.  Bugun  amerikalik  o‘smirlar  va  yoshlar  mashhur  dizayn  va 

markadagi kiyimlarni afzal bilganda, Levi Strauss raqobatning qanchalar 




 

199 


 

 

 



og‘ir  va  kuchliligini  his  etdi.  Kompaniya  shahar  hayot  tarzini  afzal 

biluvchi  1524  yoshli  o‘smirlar  va  yoshlar  uchun  «Silvertab»  markali 

kiyimlar seriyasini ishlab chiqdi. Integratsiyalangan marketing dasturi va 

«Silvertab»  obrazi  aynan  mana  shu  guruh  uchun  ishlab  chiqildi. 

20002001-yillarda  dasturda  “xip-xop”  va  “ritm  and  blyuz”  ning  Fredro 

Star kabi yulduzlari, “Black Eyed Peas”, “City High va Progect C and B 

kabilar”  ishtirok  etdi.  Bundan  tashqari  savdo  markasi  bilan  tanishuvni 

oshirish va do‘konga xaridorlarni jalb etish uchun onlayn filmlar, o‘yinlar, 

tanlovlar  va  hokazolardan  foydalanildi.  Ushbu  hamma  tadbirlarning 

samaradorligini  baholash  uchun  marketing  guruhlari  haqiqiy  inspeksiya 

o‘smirlar garderobi bo‘yicha reydlar va ko‘p sonli fokus guruhlar tashkil 

etdilar. Bularning hammasi «Silvertab» ni jinsi markasi miqdori bo‘yicha 

jahonda 5-o‘ringa olib chiqdi.   

Boshqa  kiyim  ishlab  chiqaruvchilar  o‘z  mahsulotlarini  yosh 

guruhlarining boshqa segmentlariga mo‘ljallaganlar.   


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish