Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Muammolarni  anglab  yetish  –



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   329
Bog'liq
marketing

Muammolarni  anglab  yetish  – 

Xarid  jarayoni  xaridor  tomonidan 

muammolarni yoki ehtiyojni anglab yetishdan, ya’ni ularning hozirgi va 

xohlanayotgan ahvollari orasidagi farqni his qilgandan boshlanadi. Uning 

ehtiyoji  tashqi  yoki  ichki  qo‘zg‘atuvchi  tomonidan  chaqirilgan  bo‘lishi 

mumkin:  birlamchi  ehtiyoj  (ochlik,  tashnalik  va  boshqa  ehtiyojlar) 

o‘zining  oxirgi  bosqichiga  yetgan  va  niyatga  aylangan  bo‘ladi.  Ehtiyoj 

tashqi qo‘zg‘atuvchining tashabbusi ham bo‘lishi mumkin. Non do‘koni 

yonidan o‘tib ketayotgan ayol yangi yopilgan nonning xushbo‘y hidini his 

qiladi va unda ochlik hissi uyg‘onadi. U qo‘shnisining yangi mashinasiga 

qoyil qoladi. Unga Gavayyada dam olish haqidagi reklama roligi yoqadi 

va boshqalar.  

Marketologlar  insonning  u  yoki  bu  ehtiyoji  qanday  holatda  yuzaga 

chiqishni  aniqlashlari  kerak.  Iste’molchilardan  axborot  olib,  ishlab 

chiqaruvchilar  ma’lum  tovar  kategoriyasiga  qiziqish  uyg‘otadigan  eng 

ko‘p  uchraydigan  qo‘zg‘atuvchilarni  aniqlashlari  mumkin.  Ushbu 

ma’lumotlarga  asoslanib,  ular  iste’molchilarda  ma’lum  tovarlarga 

nisbatan qiziqish uyg‘otadigan marketing strategiyani ishlab chiqadilar.  

Ko‘pincha  mahsulotlarga  qiziquvchi  iste’molchi  tovar  haqida 

qo‘shimcha ma’lumot qidira boshlaydi. Bunda qidirishning ikki darajasi 

farqlanadi:  

1.  Nisbatan  sust  izlovchi  iste’molchilarning  qidiruv  kuchlarining 

tovarga  e’tiborini  ortishi.  Bu  bosqichda  iste’molchi  o‘zini  qiziqtirgan 

mahsulotlarga nisbatan ancha ta’sirchan bo‘lib qoladi.  

2.Yanada  jadalroq  izlovchi  iste’molchilarning  axborotlarni  faol 

qidirishi,  deb  nomlanadi.  Iste’molchi  atayin  mos  keluvchi  reklamalarni 

qidiradi, do‘stlariga qo‘ng‘iroq qiladi, tovar haqida iloji boricha ko‘proq 

narsa  bilish  uchun  do‘konlarga  kiradi.  Marketologlar  uchun 

iste’molchilarning  asosiy  axborot  manbayidan  xabardorlik  va  xarid 

haqida qaror qabul qilishi davomida ularning har biriga alohida ta’sir eta 

bilish ulkan ahamiyatga ega. Iste’molchilarning axborot manbalari to‘rt 

guruhga bo‘linadi:  

1. Shaxsiy manbalar: oilasi, do‘stlari, qo‘shnilar, tanishlar.  



 

215 


 

 

 



2.Tijorat  manbalari:  reklama,  savdo  vakillari,  dillerlar,  o‘ramlar, 

ko‘rgazmalar.  

3.

 

Jamoatchilik  manbalari:  ommaviy  axborot  vositalari, 



iste’molchilar klassifikatsiyalarini (tasnifini) o‘rganuvchi tashkilotlar.  

4.

 



Shaxsiy  tajriba:  tanishuv,  ko‘rib  chiqish,  tovardan 

foydalanish.  

Axborot  manbalarining  soni  va  ularning  iste’molchilarga  ta’siri 

tovarning kategoriyasiga va insonning individual o‘ziga xosligiga bog‘liq. 

Umuman tovar haqidagi ma’lumotlarning katta qismini ishlab chiqaruvchi 

foydalangan  tijorat  manbalaridan  olamiz,  biroq  eng  samarali  axborot 

iste’molchining  shaxsiy  manbalaridan  kelib  tushadiganlari  hisoblanadi. 

Har  bir  manba  individning  xarid  haqidagi  qaroriga  o‘zicha  ta’sir 

ko‘rsatadi. Tijorat manbalari axborotlarni faqat tashiydi, shaxsiy manbalar 

esa olingan bilimlarni mustahkamlaydi yoki ularga baho berishga imkon 

beradi.  Misol  uchun,  shifokor  yangi  dorilar  haqida  tijorat  manbalaridan 

biladi, biroq uning narxi borasida u hamkasblariga murojaat qiladi.  

Ishonchli axborotlarni yig‘a borib, iste’molchi tovarning markasi va 

ularning  xossalari  haqida  yangi  ma’lumotlarni  bilib  oladi.  Tabiiyki,  

kompaniya  xabardorlik  yig‘malarida  markalar  ishtirokini  ta’minlashi 

mumkin  bo‘lgan  marketing  strategiyasini  ishlab  chiqishi,  maqsadli 

iste’molchilarni ko‘rib chiqishi va tanlashi lozim. Bundan tashqari ishlab 

chiqaruvchi yana qaysi markalar iste’molchilarning tanlov yig‘malariga 

kirishini  aniqlash  iste’molchilarning  axborot  manbalarini  belgilab, 

ularning nisbiy qimmatligini o‘rganishi kerak, shuningdek, iste’molchilar 

so‘rovnomasini  o‘tkazish  va  ular  marka  haqida  birinchi  marta 

ma’lumotlarga egaligi va turli xil axborot manbalarini qanday baholashini 

aniqlashi zarur. Savollarga javoblar kompaniyalarga maqsadli bozor bilan 

samarali kommunikatsiyalarni saqlab turishga yordam beradi.  

  

Markalarning   



 Xabardorlik  

 Ko‘rib  

      Tanlash             Qaror 

 

to‘liq yig‘masi  



  yig‘masi     

chiqish             yig‘masi            yig‘masi 

 

    


  

  

  



  

  

 



 

 

  



8.4- rasm. Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonida amal qiluvchi markalar 


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish